1-bob. TEZKORLIK-KUCH SIFATLARIGA DOIR ADABIYOTLAR
TAXLILI
8
Inson harakati qanday mazmunda yoki qanday yo‘nalishda ijro etilmasin
uni pirovard unumdorligi tezlik-kuch sifatlariga bog‘liqdir. Tezlik – bu muayyan
harakat faoliyatining qiska muddatda ijro etilishidir. Kuch – tashqi qarshilikni
yengish yoki mushaklar qiskarishi evaziga ish bajarishi qobiliyatini anglatadi.
Lekin, inson o‘z hayot faoliyati davomida qanday maqsadda harakat qilmasin
tezlik va kuch sifatlari alohida namoyon bo‘lmaydi. Shuning uchun bu sifatlar
birikkan holda tezlik-kuch sifatlari deb nomlanadi.
Tezlik sifatini rivojlantirishga ustunlik berilsa, kuch ham rivojlanadi va
aksincha, kuchni rivojlantirishga urg‘u berilsa, tezlik sifati ham shakllanadi
1
.
Sport o‘yinlari va yakkakurash sport turlarida aksariyat vaziyatlarda ijro
etiladigan harakatlar “portlovchi” kuch asosida amalga oshiriladi. Boshqacha qilib
aytganda qisqa muddat ichida bajarilishi zarur bo‘lgan texnik-taktik malakalar
samaradorligi shu malakalarni qanchalik tez va kuchli ijro etilishiga bog‘liq.
Tezkorlik sifati turli mustaqil harakatlar reaksiyalaridan iborat. Harakat
reaksiyalari hayotda, jumladan sport yoki kasb faoliyatlarida muhim rol o‘ynovchi
sifatlar tarkibiga kirib, oddiy va murakkab ko‘rinishdagi reaksiyalarga bo‘linadi.
Oddiy harakat reaksiyasi – bu biror-bir oldindan ma'lum signalga nisbatan imkoni
boricha tez harakat bilan javob berishdan iborat signalga (sport to‘pponchasidan
o‘q otish ovoziga) tez harakat bilan javob berish yoki har hil rangdagi
lampochkalar yonishiga oddiy harakat reaksiyasi bilan javob berish. Bu oddiy
harakat reaksiyasini muntazam mashq qildirish natijasidagi tezlik, boshqa harakat
reaksiyalariga (murakkab reaksiya, harakatdagi ob'ektga reaksiya, tanlab olish
reaksiyasi) ham ko‘chadi. Lekin, shakklanib borayotgan murakkab reaksiya oddiy
reaksiya tezligini oshirmaydi, ya'ni aksincha ko‘chish ro‘y bermaydi.
Oddiy reaksiya turli mashqlar yordamida shakllantiriladi. Bunda qaytarilish
uslubi, vaqtni xis qilish metodi, har hil rang yoki tovushlarga tez harakat bilan
javob berish uslublaridan fodalaniladi. Murakkab reaksiyalar – harakatlanayotgan
ob'ektga nisbatan javob berish yoki har hil signallar (rang, tovush, harflar va h.)
ichidan keragini farqlab, tanlab olib harakat bilan reaksiya qilish ko‘rinishlarida
1
A.Abdullayev, SH.Honkeldiyev. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. 2006 y. Farg’ona.
9
bo‘lishi mumkin. Masalan: yo‘naltirilgan to‘pni kuzatib, kerak paytda tez reaksiya
bilan javob berish. Murakkab reaksiyalar murakkablashtirilgan mashqlar
yordamida shakllantiriladi. Bunda turli murakkab signallarga javob berish,
harakatlanayotgan ob'ektga kerak paytida javob berish, muayyan signalni tanlab
javob berish mashqlarini qaytarish, qismlarga bo‘lib ijro etish, o‘yin va musobaqa
uslublaridan fodalaniladi.
Signallarni berish sharti, vaqti va vaziyatlarini murakkablashtirish uslubi
ham murakkab reaksiyani shakllantiradi.
Harakat reaksiyasi fiziologik jihatdan quyidagi bir-biriga bog‘liq
jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1. Retseptorlar (analizatorlar) yordamida signalni xis qilish;
2. Retseptor orqali afferent nerv tolalari MNSga yetkazish;
3. MNS da signal mohiyatini tahlil qilish va kerakli qaror qabul qilish;
4. Qabul qilingan qarorni (javobni) afferent nerv tolalari orqali mushaklarga
yetkazish;
5. Mushaklarning qo‘zg‘olishi va kerakli harakat bilan reaksiya berish.
Signalni his qilishdan boshlab, to mushaklarni harakatga kelgan vaqtga
bo‘lgan davr latent davri deb ataladi. Bu davr sport bilan shug‘ullanmaydiganlarda
0,2-0,3 soniyaga teng, shug‘ullanadiganlarda 0,1-0,2 soniyani tashkil etadi. Kuch
statistik va dinamik kuch turlariga bo‘linadi. Statistik kuch o‘z navbatida
qarshilikni (m: og‘irlikni) “yenguvchi, bir holatda “ushlab” turuvchi va
“yengiluvchi” kuchlarga bo‘linadi.
Dinamik kuch – o‘zgaruvchan, ya'ni turli sharoitda bajariladigan kuch va
amartizatsion kuchga bo‘linadi. Dinamik kuch turli yo‘nalish, tezlik va
vaziyatlarda harakatlarda namayon bo‘ladi. Yuqori tezlikda bajariladigan kuch
“portlovchi” kuch deb ham ataladi.
Ushbu kuch turlarini rivojlantirishda quyidagi uslublar qo‘llaniladi:
1. Qaytarish (“imkoni boricha”);
2. Maksimal kuchlanish;
3. Dinamik kuchlanish.
10
Qaytarish uslubi – bu uncha katta bo‘lmagan og‘irlikni charchaguncha
qayta-qayta ko‘tarish.
Maksimal kuchlanish – bu katta og‘irlikni ko‘tarish.
Dinamik kuchlanish – katta bo‘lmagan og‘irliklarni masimal tezlikda
ko‘tarish yoki shunga o‘xshash mashqlarni katta tezlikda bajarishdir.
Kuchni o‘sish darajasi muvofiq mashqlarni muntazam bajarish natijasida
ro‘y beradigan mushak tolalarining yo‘g‘onlashuvi, ularning qisqarish
(taranglashishi) va bo‘shashish imkoniyatlarining taraqqiy etish, elastikligi va
boshqa omillarga bog‘liq.
Ma'lumki, zamonaviy voleybolda o‘yin samaradorligi, texnik-taktik
mahorat, texnik-taktik kombinatsiyalarni tez, unumli va aniq ijro etilishi hamda
pirovard yuqori sport natijasiga erishish muvofq ravishda shakllangan tezlik-kuch
sifatlarsiz amalga oshirilishi o‘ta mushkul ekanligi barcha amaliyotchi trenerlar va
tadqiqotchi olimlar tomonidan e'tirof etib kelingan. Shuning uchun ushbu sifatlarni
maxsus rejalashtiruv xujjatlar asosida shakllantirish va har yoshdagi sportchilarda
shu sifatlarning o‘zgarib borishini nazorat qilish hamda baholash odat tusiga
kirgan. Barcha sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda tezlik-kuch
sifatlarini dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab, toki yuksak mahorat
bosqichigacha o‘ziga xos tartibda va muvofiq sport turi xususiyatiga mos mashqlar
yordamida shakllantirib boriladi.
Voleybol bo‘yicha mavjud ilmiy, uslubiy va o‘quv adabiyotlarida malakali
voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarni, ayniqsa tezlik-kuch sifatlarini
rivojlantirish o‘ta muhim shartlardan biri ekanligi ta'kidlab o‘tilgan
(L.R.Ayrapetyans, 2005) yuksaltirish aksariyat tezkorlik-kuch sifatlariga
bog‘liqdir. Lekin, bu sifatlarni rivojlantirish qaysi yoshdan amalga oshirilishi
kerakligi har bir trener uchun muhimdir. R.A.Piloyan (1991) ni hisoblashicha 8-9
yoshli bolalarda tezkorlik-kuch va chaqqonlik sifatlarining yaxshi o‘sishi, tezkorlik
va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayar ekan. 11-12 yoshli bolalar
mashg‘ulotida tezkorlik-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga urg‘u berish
mumkin ekan. 13-14 yoshda – tezkorlik va chaqqonlik, 14-15 yoshda – tezkorlik
11
va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish maqsadga loyiq deb topilgan. Ushbu fikr
V.F.Bashkirov (1987) va V.P.Filin (1987) lar tomonidan ham ma'qullangan.
Albatta, masalaga bunday yondoshish dogma emas yoki hamma uchun shart
degani emas. Har bir muayyan yosh organizm biologik jihatdan turlicha
rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun har bir vaziyatda muayyan yondoshuv bo‘lishi
kerak va albatta har bir sport turining o‘ziga xos xususiyatini ham e'tiborga olish
lozim.
Yosh futbolchilarni tayyorlash tajribasini atroflicha o‘rganishi natijasida
sport mahoratini samarali shakllantirish jismoniy sifatlarni rivojlanganlikdarajasiga
bog‘liq
ekan.
Futbolchining
tezlik-kuch
sifatlarini
shakllantirishda
ixtisoslashtirilgan mashqlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Z.R.Nurimov (2005) malakali futbolchilarda guruh bo‘lib taktik
harakatlanish malakalarini takomillashtirish masalasiga doir tadqiqot o‘tkazib, bu
borada tezlik-kuch sifatlariga oid ayrim mashqlarga alohida ahamiyat qaratilgan.
Jumladan, Toshkentning “Akademiya” jamoasi futbolchilarida 30 m ga yugurish
4,3 s, 5 karra uzunlikka sakrash – 12,9 m, 7x50 m ga yugurish – 63,9 s. Aynan shu
ko‘rsatkichlar O‘zbekiston chempionati sovrindorlarida 4,2 s; 13,1 m; 60,5 s
natijalariga teng bo‘ldi. E'tiborli joyi shundaki, tezlik-kuch sifatlari yuksak
darajada bo‘lgan futbolchilar taktik harakatlarni unumli – tez ijro etishdi va
aksincha taktik harakatlarni yuqori shiddat bilan aniq ijro etgan futbolchilarda
tezlik-kuch sifatlari ham yuqori darajada rivojlanganligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu fikr
va
tadqiqot
natijalari
R.E.Nurimov,
I.A.Koshbaxtiev
va
G.M.Sergeev
(2005)larning xulosalarida ham o‘z aksini topgan.
R.E.Nurimov (2005) yosh futbolchilarni texnik va taktik tayyorlash
jarayonini chuqur va atroflicha taxlil etib, jismoniy qobiliyatlarini, jumladan tezlik-
kuch sifatlarini texnik-taktik tayyorgarlikka chambarchas bog‘liq ekanligini e'tirof
etgan. Uning fikricha, so‘ngi yillarda zamonaviy futbolchining o‘ta shiddatli
darajaga ko‘tarilishi bugungi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, ayniqsa
ularning tezlik-kuch sifatlari va chaqqonlik yuksak shakllanganligidadir.
12
Shu bilan bir qatorda yosh futbolchilarda tezlik-kuch sifatlarini zo‘rma-
zo‘raki rivojlantirish, o‘ta shiddatli yoki katta og‘irliklar bilan bajariladigan
mashqlarni qo‘llash nafaqat texnik-taktikmahoratini shakllanishiga keskin halaqt
beradi, balki ularni mashg‘ulotlardan bezdirishi mumkin. Bolalar jismoniy
zo‘riqishi, psixologik tushkunlikka tushishi va boshqa ko‘ngilsiz holatlar vujudga
kelishiga sabab bo‘ladi. Mazkur sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar
hajmi va shiddati borgan sari to‘lqinsimon tarzda oshirilib borishi kerak.
Bundan tashqari sport mahorati shakllana borgan sari tezlik-kuchga oid
mashqlar sekin-asta ixtisoslashtirib borilishi darkor.
Ma'lumki, sport o‘yinlarida, ayniqsa voleybolda, sportchi o‘z vazni va
og‘irligi bilan munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun u o‘z kuchidan asosan o‘zining
gavdasi hamda to‘p inersiyasini yengib o‘tish uchun foydalanadi.
Harakatning boshlanishi, tezlanish, to‘xtash, harakat yo‘nalishini
o‘zgartirish, sakrash, to‘pga zarba berish - bu voleybolchidan kuch sifatlarini
namoyon qilishni talab etadigan harakatlar hisoblanadi. Ko‘rinib turibtiki, xamma
hollarda ham u dinamik xususiyatga ega, o‘yin paytida voleybolchilarda tezkor-kuch
sifatlarining - kuch va tezkorlikning kompleks uyg‘unligi namoyon bo‘lishi kuzatiladi.
Voleybolchining tezkor-kuch sifatlari ularning qisqa vaqt ichida qandaydir
kuch qarshiligi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni bajara olish qobiliyati orqali
aniqlanadi. Bunday kuch qarshiliklariga quyidagilar kiradi:
a) sportchining o‘zining tana og‘irligi kuchini yengish (to‘pga oyoq, bosh
bilan, sakrab zarba berish, to‘pni oyoqqa tashlanib yoki sidirib olib qo‘yish,
darvozabonlarning sakrashlari, to‘satdan start olish va o‘yin paytida yo‘nalishni
o‘zgartirish va h.k.
b) to‘pni
zarba berish, to‘pni o‘yinga kiritish bilan bog‘liq;
bo‘lgan kuchni yengib o‘tish;
v) raqibning kuch bilan qarshilik ko‘rsatishda namoyon bo‘ladigan
(yakkama-yakka olishuv) kuchni yengish.
13
Bir qator tadqiqotchilar sportchining tezkor-kuch hamda texnik tayyorgarlik
o‘rtasida uzviy o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini isbotlaganlar. Yu.A.Morozov o‘z
vaqtida eng kuchli futbolchi S.Metrevelining o‘yinini tahlil qilayotib, shuni
aniqlanganki, uning o‘yinini asosi tezkor-kuch harakatlaridan tarkib topgan:
to‘satdan spurt, maksimal tezlikda harakat yo‘nalishini sezdirmasdan o‘zgartirish,
yukoridan kelayotgan to‘plar uchun kurashishda balandga sakrash va h.k.
Futbolchilar tomonidan o‘yin paytida bajariladigan rang-barang harakatlar ulardan
nafaqat bu harakatlarni to‘g‘ri bajarishni, balki har tomonlama jismoniy
rivojlanganlikka birinchi navbatda esa tezkor-kuch tayyorgarligiga ega bo‘lishni
taqozo etadi.
Murakkab texnik usullarni katta tezlikda raqib qarshiligi ostida bajarish
uchun kuchli, epchil, chidamli bo‘lish lozim. Shuning uchun yuqori toifali
sportchilarni tayyorlashda trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida sportchilarning
jismoniy sifatlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratish zarur.
Texnik va taktik usullarning muvafaqqiyatli qo‘llanilishi to‘g‘ridan-to‘gri
ularning bajarilish tezligiga bog‘lik, bo‘lganligi sababli yuqori malakali
sportchining eng zarur sifatlari - bu kuch hamda tezkorlik hisoblanadi Agar
futbolchi o‘z o‘rnidan tez turib chiqib keta olmasa, to‘satdan turila olmasa, to‘p
uchun yetarlicha baland sakray olmasa, unda u yaxshi o‘yin ko‘rsatmaydi.
O‘yinchilar o‘rtasidagi uzaytirilgan o‘yindagi taktik aloqalar,
futbolchilarni
o‘yin shiddatini oshirishga va tezlik bilan manyovr qilish hamda chiziqlarda qulay
taktik aloqalarni ushlab turish uchun zarur tezlikka ega bo‘lishga majbur qiladi.
Zamonaviy futbolda mavjud bo‘lgan yuqori darajadagi manyovr olib borish
yanada aniq xamda uzoqqa beriladigan to‘p oshirishlarni talab etadi. Zamonaviy
futbolda to‘p oshirishlar kuchliroq hamda raqib uchun ko‘pincha kutilmaganda
bajariladi, darvozaga hamla qilganda zarbalarning kuchi muhim darajada oshdi,
tezkorlik juda ko‘tarildi va yana yuqori darajaga oshadi, ya'ni nafaqat "texnik"
futbolchilar, balki yuqori tezlikda texnikani egallagan futbolchilar talab qilinadi.
14
Yuqori
malakali
futbolchilarning
tezkor-kuch
sifatlarining
ba'zi
ko‘rsatkichlari hamda jismoniy tayyorgarlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
aniqlash S.A.Savin va I.M.Asovichlarning tadqiqot maqsadlari edi. O‘yin oldidan
o‘tkazilgan nazorat mashqlaridan foydalanib, mualliflar tezkor-kuch tayyorgarligi
ko‘rsatkichlari hamda to‘pni ushlab turish davomiyligi o‘rtasida bog‘liqlik
mavjudligini aniqlaganlar.
So‘nggi yillarda futbolchilarning o‘yin faoliyatini baholash bilan bog‘lik
bo‘lgan pedagogik kuzatishlarning bir qator yangi shakl hamda uslublari paydo
bo‘ldi.
Pedagogik kuzatishlarning qiymati shundan iboratki, olingan ma'lumotlarni
tahlil qilish asosida futbolchilar trenirovka jarayonini xolisona boshqarish mumkin.
Futbolchilarning o‘yinini baholashga yordam beradigan xolis mezonlarga bo‘lgan
ehtiyoj to‘g‘risida A.Starostin gapirib o‘tgan. Muayyan raqamlarda ifodalangan
bunday mezonlarning mavjudliga futbolchilar tomonidan bajariladagan turli
usullarga xolis baho berishga imkon yaratadi.
Yuqori malakali futbolchilarning o‘yin jarayonidagi harakat, o‘yin va ruhiy
faoliyatini pedagogik kuzatish ma'lumotlari futbolni statistik jihatdan tavsiflashga
imkon beradi.
Nurimov o‘z kuzatishlari asosida shunday xulosaga keladiki, futbolchilar
bitta o‘yin davomida 30 dan 60 martagacha maksimal tezlikda yuguradilar hamda
tez yugurish masofasi 10 m dan 150 m gacha bo‘lishi mumkin.
Muallif pedagogik kuzatishlar orqali chiziqdagi futbolchilar yugurishining
o‘rtacha vaqtini aniqlagan. Markaziy xujumchining o‘rtacha yugurish vaqti 23
min. 37 s. ga teng, qanotdagi xujumchilarniki esa 22 min.0,7 s. ga teng.
Oxirgi yillarda o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
sportchilarning tezkor-kuch tayyorgarliga harakatlanish san'ati bilan bog‘liq
bo‘lgan sport turlarida katta axamiyatga ega. Yuqori malakali gimnastikachilarda
texnik mahorat darajasi umumiy va maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi bilan o‘zaro
bog‘liq (korrelyasiya koeffitsienti 0,53 va 0,65 - 0,73 ga teng).
15
Maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi darajasi sportda yuqori natijalarga
erishishda eng muxim omil xisoblanadi. Muallifning ta'kidlashicha, sprinter
velosipedchining tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishni kuch va tezlikni ma'lum bir
nisbatda o‘zaro bog‘liqlikda, sportchining individual xususiyatlarini xisobga olgan
holda amalga oshirish lozim.
Yuqori malakali sportchilartayyorlashga qaratilgan ko‘p sport trenirovkasi
jarayonini boshqarish samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri pedagogik nazorat,
tayyorgarlik darajasini maqsadga muvofiq testlar yordamida baholash masalalari
bilan bog‘liqdir.
Ushbu jarayonni sifatli samarali tashkil qilish pedagogik nazoratni uslubiy
va texnologik jihatlardan to‘g‘ri o‘tkazish, muayyan sport turi xususiyatiga mos
keluvchi testlarni tanlash, ulardan to‘g‘ri foydalanish, olingan natijalarni aniq
xisoblash va ob'ektiv baholashga asoslanadi.
Tayyorgarlik jarayonini boshqarish uch pog‘onadan iborat bo‘ladi.
- boshqarish ob'ekti va ob'ekt faoliyat ko‘rsatadigan muhit haqida axborot to‘plash;
- yig‘ilgan axborotlarni tahlil qilish;
- qaror qabul qilish va rejalashtirish.
Bu pog‘onalar tugallangan siklni xosil qiladi. U boshqarishning maqsadli
dasturi to‘liq amalga oshirilgunga qadar qayta takrorlanaveradi .
Trenirovka jarayonini samarali boshqarish uchun sportchini yaxshiroq
baholaydigan nazorat testlarini tanlash, bajariladigan trenirovka vazifalari va
mashqlanganlik holatini o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zgarishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni aniqlash zarur.
Xozirgi paytgacha sportchilar tayyorgarligining turli tomonlarini baholash
uchun ko‘pgina testlar ishlab chiqilgan. Ayniqsa, ularning ko‘pchiligi harakat
sifatlari hamda texnik mahoratini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.
16
M.A.Godik va xammualliflarining fikricha testlash muvaffaqiyati kamida
ikkita vazifaning hal etilishiga bog‘liq. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
uchun qanday va qancha testlar tanlab olinishi kerak. Ular testlash o‘tkazilayotgan
sharoitlarni juda muxim deb hisoblaydilar.
Futbolda testlardan muayyan foydalanish to‘g‘risida V.Avanesov ta'kidlab,
testlash vazifalarini ko‘rib chiqadi, testlar bilan yomon ishlash tamoyillarini
aniqlaydi, testlarga bo‘lgan talablarni sanab o‘tadi.
Boshqarish - bu xar bir sportchi uchun optimal rejimdagi o‘quv-trenirovka
jarayoni uslublari, vositalari va uning tashkil qilinishini aniqlashdir. Lekin
pedagogik nazoratsiz trenirovka jarayonini samarali boshqarib bo‘lmaydi.
Pedagogik nazorat futbolchilar tayyorgarligida katta ahamiyatga ega ekanligiga
qaramay, afsuski, to‘liq qo‘llanilmaydi. Yana shunisi achinarliki, so‘ngi yillarda
futbol soxasidagi ilmiy tadqiqotlarda nazorat masalalariga kam ahamiyat
berib kelinmoqda.
Trener amaliy ishida quyidagi turdagi xolatlarni xisobga olishi lozim, ya'ni
turg‘un, joriy va tezkor.
Turg‘un xolat nisbatan uzoq vaqt orasida-bir necha oygacha saqlanadi.
Masalan, ko‘pgina trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida xosil qilinadigan sport
formasi shunday holatga kiradi. Turg‘un holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
trenirovka jarayoni istqbolini rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
Joriy holat - bu trenirovka mashg‘ulotlari seriyalarini bajargan
sportchining xolatidir. Bu vaqtda yuzaga keladigan o‘zgarishlarning chuqurligi
hamda xususiyati joriy xolatni ifodalaydi va keyining trenirovka mashg‘ulotiga
nagruzkani rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tezkor holat shunday holatki, bunday holatga sportchining
organizmi mashqlarning bitta seriyasini bajargandan so‘ng tushadi. Bu bitta mashq
yoki bitta trenirovka mashg‘uloti (undan ortiq emas) davomida sodir bo‘ladigan
organizmdagi o‘zgarishlardir.
17
Bo‘linishning ma'nosi shundan iboratki, uning har birini tahlil qilish uchun
o‘zining nazorat mashqlari kerak bo‘ladi. Demak, uchta turdagi holatni baholash
uchun amaliyotda uchta turdagi nazoratni: bosqichli, joriy va tezkor nazoratni
qo‘llash tavsiya qilinadi.
Bosqichli nazorat eng muhimi hisoblanadi.
Bosqichli nazorat testlar yordamida amalga oshiriladi.
Test - bu insonning aqliy rivojlanishi, iroda sifatlari, harakat qobiliyatlari va
boshqa tomonlarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan standart shakldagi (so‘z orqali
ifodalalangan, rasmlar yoki qandaydir jismoniy mashqlar ko‘rinishidagi) vazifadir.
Lekin, hamma nazorat mashqi ham test bo‘lavermaydi. Har qanday nazorat mashqi
kamida ikkita talabga javob berishi lozim: birinchidan, u ishonchli bo‘lishi kerak.
Ishonchlilik test natijalarining qayta takrorlanish darajasi bilan aniqlanadi,
ya'ni futbolchilarning me'yorlar bo‘yicha natijalari takroriy o‘lchashlarda bir xil
chiqishi lozim, shunda testni ishonchli, deb xisoblash mumkin. Ikkinchidan,
testning eng muhim xususiyati - bu axborotlilikdir. Bu degani shuki, har bir
muayyan test aynan biz baholashni hoxlaetgan sifatni baholashi lozim. Masalan,
agar biz futbolchining tezkorligini baholash uchun qandaydir testdan foydalansak,
shunga ishonchi hosil qilishimiz kerakki, test orqali kuch yoki chidamlilik emas,
balki aynan tezkorlik baholanmoqda.
Har qanday testning axborotliligi va ishonchliligi tekshirilishi lozim. Agar
test bunday tekshiruvdan o‘tmagan bo‘lsa, unda testlash natijalari bizga hyech
qanday axborot bera olmaydi. Bundan tashqari, biz yolg‘on axborotni olishimiz
mumkin, chunki bunda o‘lchash lozim bo‘lgan futbolchi sifatidan tashqari,
hohlagan boshqa narsani baholash mumkin. 100 metrli masofani bosib o‘tish
vaqtiga ko‘ra futbolchining tezkorlik imkoniyatlari to‘g‘risida xulosa chiqarish
mumkin. Biroq o‘yinchilarning musobaqa jarayonidagi harakat faollitini
kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ular 8 m. dan 40-30 m. gacha siltanishlar va
tezlanishlarni amalga oshiradilar. Bu degani shuki, futbolchiga aynan
8,10,15,20,30 m masofalarda yaxshi tezlik kerak. 100 metrga yugurish vaqti
ko‘proq tezkorlik chidamliligi to‘g‘risida ma'lumot beradi.
18
Testning ishonchliligi son jihatdan qayta takrorlash koeffitsientini
hisoblash orqali aniklanishi mumkin. Bunda birinchi ustunda birinchi
urinish yaxshisi bir vaqtning o‘zida ham uzoqlik, ham aniqlik talab
qilinadigan testlarni qo‘llash zarur.
To‘pni oyoq bilan aniq va uzoqqa otib berish testi ham o‘ng, ham chap oeq
orqali bajariladi. Zarbalar bir joyda turgan to‘pga beriladi, koridor
kengligi - 5 m. Koridor kengligi ustunlar va bayroqchalar bilan belgilanadi.
Chaqqonlik nazorat qilish uchun eng qiyin bo‘lgan harakat sifati xisoblanadi.
Bunday vaziyatning eng asosiy sababi - uning ko‘p tomondan o‘lchanishidir.
Ulardan asosiylari quyidagilar:
1. Harakat vazifasining koordinatsion murakkabligi.
2. Vazifaning aniq bajarilishi.
3. Vazifaning tez bajarilishi.
Bundan tashqari, chaqqonlikning o‘lchovlariga diqqatni taqsimlash
va boshqa joyga ko‘chirish (u ko‘rish analizatorlari faoliyatiga bog‘liq
bo‘ladi) qobiliyatini kiritish mumkin. Bunda pereferik ko‘rish kengligi
bilan bir qatorda ko‘rish o‘tkirligi hamda chuqurligi nazarda tutiladi. Masalan,
o‘yin vaziyatlarida taktik vazifalarning hal etilishi periferik ko‘rish kengligiga,
texnik harakatlariing bajarilishi ko‘rish o‘tkirligiga bog‘liq.
Yuqorida qayd etilganadabiyotlar taxlilidan ko‘rinib turibdiki, har bir
jismoniy sifatni namoyon bo‘lishi va uni rivojlanganlik darajasini muayyan
o‘lchov birligi, ya'ni me'yoriy testlar yordamida aniqlanadi. Lekin, muayyan
jismoniy sifatlarning muayyan sportchida namoyon bo‘lishi shu sportchining
funsional imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim, hollarda biror jismoniy sifat
bo‘yicha (masalan tezkorlik) ko‘rsatilgan yaxshi natija katta bioenergiya yoki katta
funksional qiyinchilik evaziga namoyon bo‘lishi mumkin. Ba'zida shu yaxshi natija
kam energiya yoki kam funksional “harakat” evaziga namoyon bo‘lishi mumkin.
Demak, xulosa qilib aytganda har bir jismoniy sifatning o‘ziga hos fiziologik
qiymati mavjuddir.
19
Sport amaliyotida jismoniy imkoniyatlarining fiziologik qiymatini o‘rganish
texnik-taktik mahoratni shakllantiruvchi mashqlarni qo‘llash me'yorini belgilashda
muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |