O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

D vitamini (kalsiferol) 
 
Bu  vitamin  tanada  ma'danli  moddalardan  kalsiy,  fosfor  almashinuvida 
ishtirok  etib,  uning  yetarli  bo‘lishi  iste'mol  taomlari  tarkibidagi  aynan  shu 
unsurlarning ingichka ichak orqali qonga so‘rilishini yaxshilaydi va buyraklarda 
birlamchi siydikdan fosforning qayta qonga o‘tishini rag‘batlantiradi. Shu bois 
40  –  50  yoshlardan  keyin  kalsiferolning  taqchilligi  skelet  suyaklari 
mustahkamligini  kamaytiradi,  ular  g‘ovak  bo‘lib,  suyaklarda  og‘riq  paydo 


158 
 
bo‘ladi.  Bu  xastalik  odatda  quyosh  nuridan  kam  bahramand  bo‘ladiganlarda 
teztez  uchraydi.  Bunday  paytlarda  tez  –  tez  quyoshda  toblanish  va  kalsiferol 
preparatidan qabul qilish yaxshi  naf beradi. Lekin uni me'yoridan oshiq  qabul 
qilish bilan tanani zaharlab qo‘yish ham mumkin. Shuning uchun D vitaminini 
qabul qilishda albatta vrach bilan maslahatlashish kerak. 
Gap  shundaki,  suyak  to‘qimalari  ham  tanadagi  boshqa  to‘qimalar  kabi 
yangilanib  turadi.  D  vitamini  yetishmasligidan  qonda  kalsiy  miqdorining 
kamayishi yangi suyak hujayralari shakllanishida kalsiy ulushini kamaytiradi va 
g‘ovak bo‘lib qoladi.  
Yosh  bolalarda  D  vitamininig  yetishmasligi  ular  suyagining  bo‘shashib 
ketishiga  –  raxit  kasalligiga  olib  keladi.  Ushbu  holat  bola  oyoq  suyaklarining 
tana og‘irligiga bardosh bera olmasdan qiyshayib qolishi bilan harakterlanadi. 
Suyaklarning bo‘shashidan ko‘krak qafasi, uning shakli tovuq ko‘krak qafasiga 
o‘xshash  bo‘lib  qoladi.  Bunday  bolalar  yuqumli  kasalliklarga  chidamsiz,  lanj 
bo‘lib,  ularda  mushaklar  tonusi  ancha  pasayadi.  D  vitamini  yetishmasligining 
o‘z  vaqtida  oldi  olinmasa,  ulg‘aygan  sari  ushbu  holat  bola  asab  tizimi 
takomillashib  borishiga  salbiy  ta'sir  ko‘rsatadi  va  parishonxotirlik  yuzaga 
keladi.  Bola  yomon  uxlaydi,  injiqlashib,  ko‘p  terlaydi,  qo‘zg‘aluvchanligi 
oshadi. 
Kalsiferol  haroratga  chidamli  bo‘lib,  oziqovqatlarni  pishirishda 
parchalanib ketmaydi. Bu vitaminning qolganlaridan farqi shundaki, u boshqa 
vitaminlar  ko‘p  bo‘ladigan  o‘simlik  mahsulotlari,  sabzavotlar  va  mevalarda 
juda kam uchraydi. Asosiy manbai baliq yog‘i, o‘simlik moylari, sariyog‘, tuxum 
sarig‘i  hamda  dengizdan  olinadigan  ozuqa  mahsulotlari  hisoblanadi.  Lekin 
ushbu mahsulotlar bilan bu vitaminni salomatlik uchun yetarli darajada qabul 
qilish  qiyin.  Eng  yaxshisi,  ta'kidlaganimizdek  quyosh  nuridan  foydalanib 
vujudda  uning  tegishli  miqdorda  sintezlanishiga  erishish  kerak.  Shuni  ham 
esdan  chiqarmaslik  kerakki,  quyoshda  uzoq  muddatli  badanni  qoraytirish 
kalsiferol  hosil  bo‘lishini  kamaytirib  yuboradi  va  tanada  unga  nisbatan 
taqchillik  paydo  bo‘ladi.  Badanni  uqalash  kalsiferol  hosil  bo‘lishini 
yengillashtiradi.  D  vitamini  teri  ajralmasi  tarkibida  bo‘lganligi  uchun  tanani 
me'yoridan ortiq darajada sovunlab yuvish uni kamaytirib yuboradi. Albatta bu 
o‘rinda teri gigienasi shartlarini buzmaslik kerak. 
 
D vitamini nuqtai nazaridan quyosh nuriga “to‘ymaslik” havosi tutun va 
chang  bilan  ifloslangan  katta  shaharlarda  ayniqsa  ko‘p  uchraydi.  Lekin 
bolalarning, ba'zan katta yoshdagi kishilarning ham quyoshga toblanishi lozim 


159 
 
bo‘lib  qolsa,  ushbu  muolajani  ertalab  soat  10
00
  gacha  va  kunning  ikkinchi 
yarmida 17
00
 dan keyin o‘tkazishni esdan chiqarmaslik kerak. Chunki soat 10
00 
dan  17
00 
gacha  bo‘lgan  vaqt  ichida  quyoshda  qorayish  zararli  oqibatlarga  olib 
kelishi mumkin.  
Yosh  bolalarda  taqchillik  bo‘lmaslik  uchun  ularda  qishda  maxsus 
ultrabinafsha nurli vannalar, kerak bo‘lganda baliq yog‘i tavsiya qilinadi. 
  

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish