O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

E vitamini (tokoferol) 
 
Bu  vitamin  ko‘payish  vitamini  deb  ham  yuritiladi,  chunki  uning  tanada 
yetarli bo‘lishi erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining faoliyat ko‘rsatishida ijobiy 
ahamiyat kasb etadi. Tokofero so‘zi  (“tokos” – avlod, urug‘, “ferro” – qornida 
olib  yurmoq)  bola,  avlod  paydo  bo‘lishi,  tug‘ulishi  ma'nosini  anglatadi.  E 
vitamini  faqat  o‘simliklarda  uchraydi,  hayvon  tanasida  u  sintezlanmaydi. 
Hayvonlarni  sintetik  yo‘li  bilan  tayyorlangan  oziq  moddalar  bilan  boqish 
natijasida ular o‘sib rivojlansada, nasl qoldirish xususiyatini yo‘qotadi. Ulardagi 
bu  nuqsonni  yo‘qotish  uchun  ishlatiladigan  yashil  yaproqlar,  ayniqsa  don 
murtagi hamda yong‘oqlardan ajratib olingan maxsus omil ye vitamini nomini 
olgan.  Bu  vitamin  haroratga  (170 
0
C  qizdirilsa  ham  yo‘qolmaydi),  kislota 
ta'siriga  ancha  chidamli,  lekin  ultrabinafsha  nurlari  ta'sirida  tez  parchalanib 
ketadi va oson oksidlanadi.  
E  vitamini  pushtsizlik  yoki  farzandsizlikni  davolashda  ancha  foydali 
darmondori,  shuning  uchun  ham  uzoq  vaqtlar  u  faqat  insonning  ko‘payishi 
bilan  bog‘liq  xastaliklarni  davolashda  qo‘llaniladi  degan  fikr  ham  bo‘lgan. 
Hozirgi  kunda  ham  xalq  orasida  ye  vitamini  jinsiy  imkoniyatlarni 
kuchaytiruvchi  vosita  degan  tushuncha  keng  tarqalgan.  Bu  fikrning  asosi  bor 
albatta,  lekin  tokoferol  yuqoridagi  vazifadan  tashqari  vujudning yana  boshqa 
faoliyatlarida  ham  ishtirok  etadi.  Masalan,  bu  vitamin  qon  tomirlarini  ivigan 
qon  quyqalaridan  tozalaydi,  yurak  mushaklari  faoliyatini  yaxshilaydi,  nafas 
qisish  va  qandli  diabet  kasalligiga  yordam  qiladi,  hujayra  qobig‘i  turg‘unligini 
ta'minlaydi, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarining oldini oladi va hokoza. 
E  vitaminining  yurak  qon  tomirlari  kasalliklarida  naf  berishini  kanadalik 
olim  Vilfred  Shute  o‘z  ustida  olib  borgan  tajribalarida  isbotladi.  Kundalik 
ovqatida  tokoferolli  mahsulotlardan  ko‘p  ishlatgani  uchun  80  yoshida  ham  u 
50 yoshlik odamdek ko‘rinishga va hattixarakatga ega bo‘lgan. ye vitaminining 
eng  muhim  xususiyatlaridan  biri  shundaki,  ular  o‘simlik  yog‘larida  mavjud 


160 
 
bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan oksidlanib hosil bo‘ladigan salomatlik uchun zararli 
erkin  radikallarni  zararsinlantirishga  xizmat  qiladi.  Erkin  radikallar  hujayra 
qobig‘i  orqali  uning  ichiga  kirib  biokimyoviy  jarayonlarning  buzilishiga  olib 
keladi.  Bu  holat  vujud  uchun  bir  qator  xavfli  kasalliklarning  kelib  chiqishiga 
sabab  bo‘ladi.  E  vitaminning  manbalari  haqidagi  ma’lumot  13-jadvalda 
berilgan. 
 
14-jadval 
 E vitaminining manbalari (100 g da mg hisobida) 
Mahsulot nomi 
Tokoferol miqdori 
2nav bug‘doy unidan qilingan non 
Grechka yormasi 
Qaymoq 
Pishloq 
Mayonez 
Sabzi 
Qalampir 
Ismaloq 
O‘rik 
Shaftoli 
Olma 
Chakanda (oblepixa) 
Na'matak 
Yong‘oq 
Mol jigari 
Tovuq tuxumi 
3,30 
6,65 
0,16 
0,34 
32,0 
0,63 
0,67 
2,50 
0,95 
1,50 
0,63 
10,30 
1,71 
23,0 
1,38 
2,0 
 
Tokoferolning yetarli bo‘lishi ana shu radikallarning hujayra qobig‘i orqali 
ichkariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.  
 
Tokoferol  tarkibida  ko‘p  bo‘lgan  mahsulotlar  mayonez,  yong‘oq  hamda 
chakanda (oblepixa) dir. Lekin bu mahsulotlar hamma yerda va hammaga ham 
yetarli bo‘lavermaydi. 
Vujudni E vitamini  bilan yetarli  darajada ta'minlab turishning eng oson, 
arzon  yo‘li  bug‘doy  donini  undirib,  uning  oq  maysasini  iste'mol  qilishdir. 
Bug‘doy  o‘rnida  boshqa  donlar  yoki  donlar  aralashmasidan  ham  foydalansa 
ham bo‘ladi. 


161 
 
Donlar  una  boshlaganida  ularning  oziq  modda  sifatidagi  to‘yimlilik  va 
foydalilik  darajasi  oshadi,  ularda  inson  uchun  zarur  bo‘lgan  aminokislotalar 
hosil  bo‘lib,  eng  muhimi,  ularning  bir-biriga  nisbati  salomatlik  uchun  eng 
maqbul  holatda  bo‘ladi.  Aynan  shu  aminokislotalardan  tanada  to‘la  qiymatli 
oqsillar sintezlanadi. Shu boisdan bunday taomni doimiy suratda iste'mol qilib 
turish  koni  foyda.  Ayniqsa,  tanada  umumiy  darmonsizlik  paydo  bo‘lganida 
xomilador va emizikli onalar uchun u bebadal oziq modda hisoblanadi. 
Endi  unib  chiqayotgan  turli  xil  o‘simliklar,  masalan,  kartoshka,  piyoz, 
sholg‘om  va  boshqalarning  tarkibida  ko‘pgina  vitaminlar  (E,  A,  B,  va  C)  va 
boshqa  biologik  faol  moddalar  mavjud  bo‘lib,  ular  salomatlik  uchun  ko‘p 
foydalidir. 
ye  vitamini  yana  bug‘doy  va  boshqa  donlarning  kepagida  ham  ko‘p 
bo‘ladi. Kepagi to‘liq ajratib olingan, oliy nav unlarda bu vitamin bo‘lmaydi. 
Tokoferol  tanada  zahira  holida  unga  boy  mahsulotlarni  iste'mol  qilib 
turish yog‘ to‘qimalarida to‘planadi.  
 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish