374
ekanligini namoyon etadi. Yurtimiz viloyatlaridan tashrif buyurgan san’atkorlar,
qiziqchilar milliy qo’shiqlarimizni kuylab askiya-payrovlar, sahnalar tashkil etib
sayyohlarni yanada jalb etadilar. Milliy raqslar ijrosi ham tantanaga o’zgacha ruh va
tarovat baxsh etadi. E’tiborli jihati shundaki, yildan yilga “Ipak va ziravorlar”
festivalining mavqei yuksalmoqda. Boisi, nafaqat vatan-dosh hunarmandlar, balki
xorijiy mamlakatlardan ham hunarmandlar o’z mahsu-lotlarining ko’rgazmasini
tashkil etishadi, ipak mahsulotlari, ziravorlar, giyohlardan tayyorlangan shifobaxsh
dori-darmonlar ko’rgazmasi o’tkaziladi.
Bundan tashqari, o’tgan yili amaliy va tasviriy san’atni rivojlantirish
maqsadida Buxoro rassomlik, zargarlik, zardo’zlik, mis-kandakorlik, temirchilik,
gilamchilik maktablari, G’ijduvon kulolchilik maktablari ustalarining mahorat
darslari tashkil etilgan edi. Bu ham avloddan avlodga o’tib kelayotgan milliy
hunarmandchiligimizning muqaddas qadriyat sifatidagi ahamiyatini ko’rsatadi. “Ipak
va ziravorlar” festivali tarix va zamonaviy davrni uyg’unlashtiruvchi hamda
tutashtiruvchi, ko’hna zaminizning qadriyatu-an’analarini gavdalantiruvchi yirik
xalqaro ijtimoiy bayram hisoblanadi. Zamonaviy, mustahkam rastalararo jilolanib
turuvchi milliy matolar-u liboslar, milliy taomlar, san’atkorlarning milliy raqs-u
ashulalar ijrosi, folklor namunalari asosida namoyish etiluvchi sahnalar har bir
sayyoh qalbida bir umrlik cheksiz ta’surot qoldira oladi. Yuksak badiiy san’at
namunalari, mahsulotlarning bejirimligi mamlakatimiz ustalarining beqiyos
mahoratidan darak beradi. Ommaviy axborot vositalari orqali sayyohlarning festival
ta’surotlariga guvoh bo’lganmiz. Quvonarlisi, har bir xorijlik mehmonlarning
ko’tarinki kayfiyati, hayrat to’la qalb bilan ipak shoyi matolardan tortib, palovimizga
nisbatan bildirgan iliq fikrlari bizni shodlantiradi. Ushbu tantana milliy
qadriyatlarimiz singdirilgan zamonaviy festival sifatida xalqimizning tarixi, boy
madaniy merosini dunyoga taratadi, turli millat vakillarini birlashtiradi, osoyishta
zaminimiz, musaffo osmonimizda yashovchi xalqimizning mehmondo’stligi,
vatanparvarligini namoyon etadi.
Qadimiy an’analarning zamonaviy ruhda aks etishi, milliy sport o’yinlari,
polvonlarning kurashlari, xalq o’yinlari, oshpazlar ko’rik-tanlovi, barcha barchasi
yurtdoshlarimiz va xorijlik sayyohlar yuragida olam-olam quvonch, hayrat, ta’surot
baxsh etadi. Joriy yilning 25–27 may kunlari rejalashtirilayotgan navbatdagi “Ipak
va ziravorlar” festivaliga ham yuksak darajada tayyorgarlik ko’rilmoqda. Har
yilgidan yanada tantanavor bo’lishi kutilayotgan tadbirimizga xorijlik
mehmonlarimizning aynan festival uchun tashrif buyurishlari har bir o’zbek vakili
qalbiga faxr bag’ishlaydi, mana shunday milliyligimiz aks etgan, muqaddas
qadriyatlarimiz qadrlanadigan tantanalar o’tkazilar ekan, o’zbek degan nomni butun
dunyo taniydi va tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: