Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1. Аванесова Г.А., Воронкова Л.П., Маслов В.И., Фролов А.И. Туризм,
гостеприимство, сервис: Словарь-справочник/ Т.86., - М.: Аспект Пресс,
2002.-2002.-367с. ISBN 5-7567-02660.
2. Артёмова Е.Н., Козлова В.А. Основы гостеприимства и туризма М.2005г.
3. Christine Lee, Sue Bergin-Seers, Graeme Galloway, Barry O' Mahoney and
Adela McMurray. Seasonality in the tourism industry: impacts and strategies.
Australia. 2008. pp. 3-4.
Axrorova N.U., talaba,
Buxoro davlat universiteti
O’ZBEKISTONDA YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
Jannatmakon ona yurtimiz o’z istiqloliga ega bo’lgach, barcha sohalar qatorida
turizm sohasiga ham e’tibor qaratish va uni rivojlantirishga bel bog’ladi. Hozirgi
kunda butun dunyo mamlakatlarida o’zining serdaromadliligi, shuningdek, istiqbolli
soha sifatida namoyon bo’lgan mehmondo’stlik va turizm sanoati kun sayin
rivojlanib bormoqda. Buning isboti sifatida hozirda dunyoda neft va gaz,
avtomobilsozlik sohalaridan keyinda uchinchi o’rinni turizm industriyasi
egallamoqda. Turizm sanoatining davlatlar YaIM dagi ulushi ham yil sayin oshib
bormoqda. Mehmondo’stlik va turizmning bu tarzda rivojlanishi esa iqtisodiyotning
boshqa muhim tarmoqlari hisoblanmish transport, infratuzilma, oziq-ovqat sanoati,
aloqa, savdo-sotiq kabi sohalarning rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Ona diyorimizga
turistlarni jalb qiladigan asosiy manba bu – bir-biridan go’zal, tarixiy obidalar
joylashgan, Buyuk Ipak yo’lining chorrahasidan o’rin olgan navqiron va ko’p yillik
tarixga ega shaharlarimiz – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz,
Toshkentdir. Bu shaharlarga tashrif buyurgan turistlar umuman o’zga olamga,
Sharqona ertaklarga tushib qolgandek bo’lishadi. Aynan mana shu xislatlar turistlarni
jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu turistik regionlarni rivojlantirish,
ulardagi infratuzilmani yaxshilash, dunyo andozalariga tenglashtirish, transport
tizimini yaxshilash, xizmat ko’rsatishni yangi bosqichga olib chiqish asosiy vazifa
387
bo’lib hisoblanadi. Bu kabi ishlarni amalga oshirishda avvalo xorij tajribasi va
mintaqaning o’ziga xos potensialidan to’g’ri foydalanish, marketingni to’g’ri yo’lga
qo’yish, menejmentning zamonaviy konsepsiyalaridan oqilona foydalanilsa,
mintaqada turizmni rivojlanishi shuncha oson kechadi. E’tiborga molikki,
mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq to hozirga qadar zamon
talablariga javob beradigan sayyohlik infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish
borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o’zining ijobiy natijalarini berib
kelmoqda. Buning isboti sifatida quyidagi raqamlarga nazar solsak:
2016-yilning o’zida turizm va sayohatning YaIMdagi ulushi 3,1%ni,
ya’ni 6,203 milliard so’m;
O’zbekiston bo’ylab mazkur sohada faoliyat olib borayotgan jami
xodimlar soni 445 000 nafar;
Tashrif eksporti esa umumiy eksportlarning 1,4%ini, ya’ni 614,1milliard
so’m;
Mazkur sohaga kiritilgan investitsiya hajmi 2,1%ni, ya’ni 1,008 milliard
so’mni tashkil etadi. [1]
Mamlakatimiz bo’ylab ko’plab tur-sayohatlar tashkil etilgan bo’lishiga
qaramay, bugungi kunda esa turizm va sayohatning yangi yo’nalishi – yoshlar
turizmini rivojlantirish va bu borada qo’llanishi zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish muhim vazifalardan biri bo’lib yuzaga kelmoqda. Yoshlar turizmi – bu
odatdagi turizm turlaridan farqli ravishda yoshlarning ta’lim maqsadida, boshqa
madaniyatlarni o’rganishga bo’lgan qiziqishi, hayotiy sarguzashtlarga bo’lgan
ishtiyoqi natijasida yuzaga keladigan turizm yo’nalishlaridan biridir.
So’nggi yillarda Yevropa va boshqa rivojlangan mamlakatlarda yoshlar
turizmining keng miqyosda rivojlanganligiga guvoh bo’lish mumkin. Turizm va
mehmondo’stlik sanoatida aynan yoshlarning sayohati uchun yaratilgan shart-
sharoitlar, imkoniyatlar mazkur yo’nalishning gullab-yashnashiga sabab bo’lmoqda.
2010-yilga qadar dunyo bo’ylab sayohat qiladigan 940million xalqaro turistlarning
20%ini yoshlar tashkil etgani ahamiyatga molik. [2] Butunjahon turistik tashkilot
tomonidan yoshlar turizmi global tus olib, shiddat bilan rivojlanadi va 2020-yilga
qadar xalqaro yoshlar sayohati yiliga 300 milliondan oshadi deya baholanmoqda. [3]
Bu esa turizm sohasida yoshlarning ahamiyati oshishiga olib kelmoqda.
Respublikamizda sayyohlikning bugungi kundagi holatining tahlili shuni
ko’rsatadiki, uning noyob salohiyat va imkoniyatlaridan g’oyatda kam
foydalanilmoqda. Mamlakatimiz turizmi uchun rivojlantirilishi kerak bo’lgan
yo’nalishlardan biri bu yoshlar turizmi hisoblanib, mazkur yo’nalishni turli sohalar
orqali keng tarqalishiga imkon va qulayliklar yaratish muhim vazifalardan biridir.
Yoshlar turizmi endi rivojlanayotgan turistik yo’nalishlardan biri bo’lishiga
qaramasdan, bu yo’nalish uchun mamlakatimizda ko’plab resurslar mavjud. Biroq,
avvalambor, asosiy vazifa - quyidagi savollarni aniqlashtirib olish zarur:
Yoshlar turizmining qanday turlari mavjud va O’zbekistonda aynan
qaysi turlarini qo’llash maqsadga muvofiq?
Yoshlarni, shu jumladan, talabalarni sayohatga chiqishiga qarshilik
qiluvchi to’siqlar nimalardan iborat?
388
Xalqaro va ichki yoshlar sayohatini rivojlantirish uchun nimalar qilish
kerak?
Yoshlar turizmi orqali O’zbekiston imidjini qanday oshirish mumkin?
Bugungi kunda sayyohlik sohasida yoshlar turizmining bir qancha turlarini, shu
jumladan, ta’lim borasidagi turizm, ko’ngilli yoshlar turizmi, ish va sayohat,
madaniyatlar almashinuvi, dam olish, sport, sarguzasht va ekstremal turizm hamda
backpacker turlarini kuzatishimiz mumkin. Shu o’rinda aytish muhimki, yuqorida
keltirilgan yoshlar sayohati turlarining barini O’zbekistonda rivojlantirish, uning
ahamiyatini oshirish kutilganidan-da ko’proq iqtisodiy samara berishi shak-
shubhasiz. Ayniqsa, ta’limga oid turlar o’zbek yoshlarini qiziqtirmasdan qo’ymaydi.
O’zbekiston va qo’shni mamlakatlarimiz bo’ylab ta’limga oid, madaniyatlar
almashinuvi, bilimlarni oshirishga qaratilgan turlarni joriy etish muhimdir. Xorijiy
mamlakatlar bilan talabalarni almashtirishni yo’lga qo’yish, shubhasizdirki, bilimini
sayohat orqali mukammallashtirishni maqsad qilib olgan yoshlar uchun ayni
muddaodir.
Psixologik jihatdan ma’lumki, boshqalardan ko’ra yoshlar qatlamida sayohat
qilish istagi kuchli bo’ladi. Biroq mazkur qatlam uchun sayohatga chiqishga bo’lgan
eng katta to’siq bu – moliyaviy tomondan yetishmovchilikdir. Aniqki, 18-30 yosh
davrida sayohat uchun yetarlicha vaqt bo’lsa-da, biroq moddiy kamchilik asosiy
muammoni keltirib chiqadi. Agar hukumatimiz tomonidan yoshlarning sayohat
qilishini, turistik xizmatlardan foydalanishini qo’llagan holda muddatli maxsus bank
kreditlari kabi imtiyozlarning yaratilishi nafaqat o’zbek yoshlarining turist sifatida
namoyon bo’ladi, balki xorijiy yoshlarning mamlakatimiz bo’ylab sayohat qilishlari
imkoniyati yuzaga keladi. Turoperatorlar ham yoshlar segmenti xususiyatlariga mos
bo’lgan maxsus sayohatlarni imtiyoz va chegirmalar bilan tashkillashtirishlari ham
maqsadga muvofiq.
Yoshlarimizni mamlakatimiz bo’ylab sayohatini qo’llab-quvvatlashga ularning
yoshiga mos holda ekstremal turlarni, ya’ni parashyutdan sakrash, aeroplanlarda
uchish kabi turlarni kengaytirish orqali erishish mumkin. Xalqaro miqyosda esa
xalqaro yoshlar festivali singari festivallar tashkillashtirish, xorijiy yosh sayyohlarni
yurtimizga jalb etish maqsadida turistik turmahsulotlar xilma-xilligiga erishish talab
etiladi. Buning uchun esa O’zbekistonning turistik salohiyatini ochib bera oladigan
turli video-roliklarning xorijiy telekanallar orqali namoyish etilishi, potensial
sayyohlarning o’z sayohatini tashkillashtira olishida beminnat yordam bera oladigan
va aniq, to’g’ri ma’lumot bilan ta’minlay oladigan sifatli veb-saytning yaratilishi
imkoniyat va qulayliklarni yanada oshiradi.
Jahon iqtisodiyotida O’zbekiston turizmi ahamiyatini oshirishda, eng avvalo,
rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish va malakali kadrlar yetkazib berish
birinchi masala hisoblanadi. Tarmoqni iqtisodiy rivojlanishida mutaxassislar yetakchi
rol o’ynaydi. Shuning uchun ham sayyohlik sohasi bo’yicha yosh iqtidorli
mutaxassislarni tayyorlash, ularni bozor iqtisodiyoti tufayli yuzaga keladigan
muammolarni hal qilishga jalb etish va shu orqali O’zbekistonni xalqaro va ichki
sayyohlikni rivojlangan mamlakatga aylantirish shu kunning muhim vazifasidir. Shu
bois,
turizm
sohasida
tahsil
olayotgan
talabalarni
turizmi
rivojlangan
mamlakatlarning mazkur soha borasidagi tajribalarini o’rganish maqsadida xorijga
389
muddatli o’qishga yuborish va amaliyotlarni o’tash singari imkoniyatlar yaratish
maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, sayyohlik tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlaridan biri
sifatida namoyon bo’lib, jahon iqtisodiyotida eng yirik, yuqori daromad keltiruvchi,
mamlakatga valyuta mablag’larini keltiruvchi jadal rivojlanib borayotgan sohalardan
biri bo’lib sanaladi. Mamlakat nufuzini hech narsa turizm sohasichalik tanita
olmaydi, zeroki, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov sayyohlik borasida: “Sayyohlik
bu dunyoni bilish, shu bilan birga jahon bozoriga chiqish vositasidir” [4] deya
ta’kidlagan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |