375
Kurbanova M.X.,
Buxoro davlat universiteti
TURISTIK MAVSUMIYLIKNI YUMSHATISHDA OMMAVIY
TADBIRLARNING ROLI
Turistik faoliyat jahon iqtisodiyoti tarmoqlari orasida jadal sur’atlarda
rivojlanayotgan
sohalardan biridir.
Undan
keladigan
foyda
esa
turistik
destinatsiyalarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik, innovatsion darajada
rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmoqda. Turistik tarmoqning
barqaror rivojlanib
kelishiga qaramay, unda ma’lum bir chegaralanishlar yoki boshqacha aytganda,
faoliyatda to’xtashlar kuzatiladi, bu albatta mavsumiylik muammosi bo’lib
hisoblanadi. Mavsumni yil davomida bir tekis taqsimlashning eng maqbul yo’li esa
ommaviy tarzda uyushtiriladigan tadbirlar bo’lib hisoblanadi.
Mavsumiylik mamlakatga tashrif buyuruvchilar oqimi, ularning sarf-
xarajatlari, turistik diqqatga sazovor joylarning gavjumligi
va boshqa xususiyatlar
bilan belgilanadi [1]. Eng yuqori va yuqori mavsumlarda turistik markazlarning
to’lish koeffitsienti haddan tashqari oshib ketib, narxlar ko’tariladi, bronlashtirish
xizmatlari bir necha oy, hatto yil oldin ko’rsatiladi.
Bu bosqich xalqaro miqyosda
asosan, yozgi va qishki mavsumlarga to’g’ri kelib, ta’til va bayramlar
(maktab/universitet yoki aholi/diniy), bo’sh vaqtning mavjudligi, sport musobaqalari
uyushtirilishi tufayli biron hafta yoki oy davom etadi. Quyi mavsumda esa, aksincha,
tashrif buyuruvchilar soni kamayib, turistik xizmatlar va mehmonxona xizmatlarining
narxlari pasayib ketadi. Bunday davrda marketing tadbirlarini qo’llash, narxni
pasaytirish,
chegirmalar berish, yangi turpaketlar yaratib, turli tadbir va festivallar
uyushtirish qo’l keladi.
Mavsumiylikka siyosat, marketing, boshqaruv darajasida “hal qilinishi lozim”
bo’lgan “muammo” sifatida qaraladi. Barcha davlat va xususiy sektor vakillari
mavsumiylik yuzaga keltiradigan muammolarni yengib o’tish uchun turizmga ko’p
miqdorda sarmoya sarflaydilar. Ikkala sektor orasida ham quyi va yuqori
mavsumlarda talabni rag’batlantrish uchun qo’shimcha qiymat,
mahsulotni
o’zgartirish, narx siyosatini yurgizish kabi marketing strategiyalari ko’p qo’llaniladi.
Bunday strategiyalar ahamiyatli darajada muvaffaqiyat keltirgan, ayniqsa,
kompaniyalar tomonidan butunlay yangi bozorlar egallagan.
Mavsumiylikka turizm sanoatining asosiy muammosi sifatida qaralib, u yuzaga
keltiradigan moliyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni yechish uchun sa’y-
harakatlar qilinmoqda. Shunga qaramay, mavsumiylik turli yo’nalishlarda
saqlanib
qolgan, uni vujudga keltiruvchi omillar to’laqonli aniqlanmaganligi uchun uni
bartaraf qilish hanuzgacha korxonalar oldida turgan yechilishi kerak bo’lgan asosiy
muammo bo’lib qolmoqda. Ushbu turdagi tizimli o’zgarishlar yil, chorak, oy yoki bir
kun ichida ham sodir bo’lishi mumkin. Ularning har biri turizm rivojiga ijobiy yoki
salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Hududni mavsumiylik xususiyatidan xoli qilishning bir necha yondashuvlari
talqin qilingan. Bular quyidagilarni qamrab oladi: asosiy mavsumni uzaytirishga
harakat qilish, qo’shimcha mavsumlar yaratish, bozorni
diversifikatsiya qilish, turli
narx va soliq siyosatini o’tkazish, turli bayramlarni tashkillashtirish, mavsum yo’q
376
davrda ichki turizmni rag’batlantirish, mavsumga aloqador bo’lmagan festival hamda
konferensiyalar uyushtirish.
Turizmda mavsumiylik muammosini bartaraf etishda asosan ikki narsaga
e’tibor qaratmoq lozim. Bular, mavjud turistik mavsumni uzaytirish yoki turistik
faoliyatning yangi mavsumini yaratish. Ushbu yechimlar
quyidagi uch strategiyaga
asoslanadi [2].
Mavsumiylikni yumshatish uchun
birinchi strategiya barcha ob-havo
sharoitlarida qulaylikni yaratish va turli tadbir hamda festivallar tashkil etish orqali
mahsulotni o’zgartirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: