263
turli omillarning o`zaro ta`sirlashuviga sabab bo`lishi barchamizga birdek ma`lum,
albatta[2].
Shu o`rinda, yosh mutaxassislarimiz ko`pchiligi filologiya yoki qisman tarix
yo`nalishi mutaxassislari ekanligi bio-geografik bilimlarni turizm sohasining tegishli
qismida etishmayotganini ko`rsatadi. Gidlar sayyohlarga sifatli xizmat ko`rsatishlari
uchun nafaqat tarixiy obektlarimiz haqida, balki, yo`l davomida ular talabiga binoan
turli ma`lumotlar, masalan, o`zbek milliy urf-odatlari, to`y mfrosimlari, aholi milliy
tarkibi, ularning o`ziga xos jixatlari, Ozbekistonning viloyatlari, ularning go`zal
tabiatining o`ziga xosligi va mehmon do`stligi bilan ajralib turishi, iqtisodiyotining
rivojlanishi va unda etakchi viloyatlar, ulardagi yangi qurilgan va qurilayotgan bino,
inshoot va korxonalar, milliy kiyimlarimiz, bayramlarimiz va boshqa yutiqlarimiz
to`g`risida ma`lumot berib borishlariga to`g`ri keladi. Hozirda esa bunday
mutaxassislar soni ancha kamchilikni tashkil etib, ular o`z ustida qo`shimcha ishlash
evaziga o`z faoliyatlarini olib bormoqda.
Chunki, tilshunoslik, tarix, biologiya, geografiya, o`lka madaniyati haqida
to`liq bilimga ega bo`lish katta vaqt talab etib, nafaqat, o`z ustida ishlash, balki
shunday ta`lim sohalarining mavjud bo`lishini talab etmoqda. Ko`p hollarda tashrif
buyrgan sayohning O`zbekiston tarixi hamda madaniyati haqidagina bilimga ega
bo`lib qaytishi kuzatilmoqda. O`zbekistonga o`xshash yosh mustaqil, jahonga tanilib
borayotgan mamlakatlar uchun eng katta rolni reklama roliklari, ko`rgazmalardan
ham ko`ra ko`proq sayyohlar o`ynashini hisobga olsak, ularga faqat tarixiy
ma`lumotlargina emas, tabiiy va iqtisodiy-geografik, o`lkashunoslik ma`lumotlarini
berish, yurtimizning eng diqqatga sazovor maskanlarini, erishayotgan yutuqlarimizni
ko`rsata bilish va shu orqali yurtimizni xorijga tanitishimiz, kelgusida ularning yana
qaytib kelishini yoki hamyurtlariga O`zbekistonga bo`lgan qiziqishiniuyg`ota
olishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday kompleks ma`lumotlarni tarix va
xorijiy tilni yaxshi o`zlashtirgan biolog bera oladi, turizm sohasida ularning o`z o`rni
bor. Biologlar o`lkani, joy xususiyatlarini yaxshi biladi, voqea-hodisalarni bir-biri
bilan bog`lay oladi. Chunki, turizm har qanday mamlakat uchun kam xarajat bilan
katta daromadni qo`lga kirituvchi soha bo`lganligi sababli rivojlangan davlatlarda
ham mazkur sohaga e`tibor bilan qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: