262
2. Мукминова Р.Г. Очеркипо истории ремесла в
Самарканде и Бухаре в
XIX- XX веке. Ташкент 1976
Rashidov N.E., Elmurodov U.N., Elmurodova N.N.
O`zbekiston Respublikasi Buxoro shahri
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA BIOLOGLARNING O`RNI
Hozirgi vaqtda respublikamizda turizm sohasida sezilarli darajada siljishlar
yuz bermoqda, turizm infrastrukturasini rivojlantirishga alohida ahamiyat
qaratilmoqda. Mazkur sohadan davlat buydjetiga tushayotgan daromadlar ko`payib,
faoliyat yuritayotgan turfirmalar va agentliklar soni ortmoqda. Shuningdek,
turistlarga xizmat ko`rsatuvchi mehmonxonalarning xizmat ko`rsatish sifati va soni
bo`yicha ijobiy korsatkichlarga erishayotgani, turli ko`ngilochar joylar,
dam olish
maskanlari barpo etilayotgani quvonarli hol, albatta. Bu borada avvalo, sayyohlik
firmalari va agentliklari tomonidan xorijda reklama ishlari olib borilishi, turli xalqaro
sayyohlik ko`rgazmalarida yurtimiz sayyohlik firmalari hamda agentliklarining faol
ishtirok rtishi chet el aholisi-ning qiziqishini yanada oshishiga sabab bo`ladi. Ularni
jalb etishdan tashqari, hozirda mavjud sayyohlar oqimini qoniqtiradigan darajada
xizmat ko`rsanilishi, yurtiga qaytgan sayyohlar tomonidan hamyurtlariga ham bu
haqda turli ma`lumotlar va tavsiyalar berilishi orqali
tashqi turizmni yanada
rivojlantirish, sayyohlar oqimini yanada ko`paytirish mumkinligi jahonning turizm
sohasida tadqiqotlar olib borilayotgan marketing va menejment xizmatlarida ham eng
asosiy yo`nalish sifatida tavsiya etilgan. Bunda nafaqat sayyohlik firmalari hamda
agentliklari tomonidan ko`rsatilgan xizmatlarga, balki, mamlakatimiz ichida ham
yuqori darajada xizmatlarning ko`rsatilishi, ayniqsa, ekskursiya davomida
ekskursavod va gidlarning o`zini tutishi, bilim darajasi, odob-axloqi hamda har
tomonlama xalqaro standartlarga
javob bera olishi, yuqori kvalifikatsiyaga ega
ekanligi ham alohida ahamiyat kasb etadi [1].
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda sayyohlarga
ma`lumot beruvchi fsosiy mutaxassislar oily ta`lim muassasalari diplomlariga ega
bo`lib, ular shu bilan birga, turli treninglar va malaka oshiruvchi tadbirlarda faol
ishtirok etib turishi shart etib belgilangan. Bu ularning doimo har qanday sharoit va
vaziyatda tayyor turishlari, shu bilan birgalikda,
ularning maxsus bilimga ega
bo`lishlari, maxsus ruxsatnomaga ega bo`lmagan boshqa yo`nalish mutaxassislaridan
foydalanish darajasining keskin kamayishigaolib keladi. Shu orqali bir tomondan
ham ish mavsumiy bo`lsada qo`shimcha ish o`rinlari yaratilishi, ikkinchi tomondan
sifatli xizmat ko`rsatilishiga erishish mumkin.
Biror hudud yoki mamlakat haqida to`la ma`lumot bera olish uchun nafaqat
shu mamlakatning tarixi, uning tarixiy obidalari, balki, tarixiy-geografik rivojlanishi,
joylashuvida o`simlikliklar dunyosida doriborlik xusisiyatiga ega bo`lgan, tarkibida
efir moylari, alkaloidlari, monasaxaridlari, turli xil rang beruvchi va inson sog`ligi
uchun ehg muhum bo`lgan vitaminlarga boy bo`lgan turlarining ko`pligi,
hayvonot
olamining rang barangligi, uning turli-tuman obektlari joylashuvida bio-geografik
o`rinning muhumligi, bu joylashuv uning tarixiy taraqqiyoti, turli rivojlanish davrida
263
turli omillarning o`zaro ta`sirlashuviga sabab bo`lishi barchamizga birdek ma`lum,
albatta[2].
Shu o`rinda, yosh mutaxassislarimiz ko`pchiligi filologiya yoki qisman tarix
yo`nalishi mutaxassislari ekanligi bio-geografik bilimlarni turizm sohasining tegishli
qismida etishmayotganini ko`rsatadi. Gidlar sayyohlarga sifatli xizmat ko`rsatishlari
uchun nafaqat tarixiy obektlarimiz haqida, balki, yo`l davomida ular talabiga binoan
turli ma`lumotlar, masalan, o`zbek milliy urf-odatlari, to`y mfrosimlari, aholi milliy
tarkibi, ularning o`ziga xos jixatlari,
Ozbekistonning viloyatlari, ularning go`zal
tabiatining o`ziga xosligi va mehmon do`stligi bilan ajralib turishi, iqtisodiyotining
rivojlanishi va unda etakchi viloyatlar, ulardagi yangi qurilgan va qurilayotgan bino,
inshoot va korxonalar, milliy kiyimlarimiz, bayramlarimiz va boshqa yutiqlarimiz
to`g`risida ma`lumot berib borishlariga to`g`ri keladi. Hozirda esa bunday
mutaxassislar soni ancha kamchilikni tashkil etib, ular o`z ustida qo`shimcha ishlash
evaziga o`z faoliyatlarini olib bormoqda.
Chunki, tilshunoslik, tarix,
biologiya, geografiya, o`lka madaniyati haqida
to`liq bilimga ega bo`lish katta vaqt talab etib, nafaqat, o`z ustida ishlash, balki
shunday ta`lim sohalarining mavjud bo`lishini talab etmoqda. Ko`p hollarda tashrif
buyrgan sayohning O`zbekiston tarixi hamda madaniyati haqidagina bilimga ega
bo`lib qaytishi kuzatilmoqda. O`zbekistonga o`xshash yosh mustaqil, jahonga tanilib
borayotgan mamlakatlar uchun eng
katta rolni reklama roliklari, ko`rgazmalardan
ham ko`ra ko`proq sayyohlar o`ynashini hisobga olsak, ularga faqat tarixiy
ma`lumotlargina emas, tabiiy va iqtisodiy-geografik, o`lkashunoslik ma`lumotlarini
berish, yurtimizning eng diqqatga sazovor maskanlarini, erishayotgan yutuqlarimizni
ko`rsata bilish va shu orqali yurtimizni xorijga tanitishimiz, kelgusida ularning yana
qaytib kelishini yoki hamyurtlariga O`zbekistonga bo`lgan qiziqishiniuyg`ota
olishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday kompleks ma`lumotlarni tarix va
xorijiy tilni yaxshi o`zlashtirgan biolog bera oladi, turizm sohasida ularning o`z o`rni
bor. Biologlar o`lkani, joy xususiyatlarini yaxshi biladi, voqea-hodisalarni bir-biri
bilan bog`lay oladi. Chunki, turizm har qanday mamlakat uchun kam xarajat bilan
katta daromadni qo`lga kirituvchi soha bo`lganligi sababli
rivojlangan davlatlarda
ham mazkur sohaga e`tibor bilan qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: