Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

ko'rsatkichlarining umumiy ro'yxati (ijobiy va salbiy) beriladi. 
3. So'ngra turli xulq-atvor turlarini tavsiflaydigan muayyan faoliyat turlariga 
nisbatan xulq-atvor turlarining reyting baholari yaratiladi: kutilganidan juda 
kutilmaganicha. 
4. Shundan so'ng, tanlangan tarozi besh ballik shkala bo'yicha baholanadi. B 
(+1) kutilganidan yuqori bo'lgan (+2) kutilgan natijadan, C (0) kutgandan ko'ra, D (-
1) kutilganidan past, E (-2) esa qoniqarli emas. 
5. Ishlab chiqarilgan xatti-harakatlar modeli Kompaniya xodimlari 
samaradorligini baholash uchun ishlatiladi. 
"Umumjahon standartlar" usuli. "Umumjahon standartlar" usuli ishonchliligi 
va ishonchliligining yuqori darajasini saqlab turishda xodimlarning samaradorligini 
baholashning eng sodda va eng arzon usuli hisoblanadi. Umumiy ishlash standartlari 
har qanday kasbiy faoliyatning uchta asosiy parametrlari asosida ishlab chiqilgan: 
1. vazifalar va mas'uliyatlar doirasi; 
2. vazifalar va funktsiyalarni bajarish muddati; 


257 
3. Funktsiyalar va vazifalarni bajarish sifati. 
Hodisaning normasi, odatda, ish tavsifida belgilangan xodimning rasmiy 
vazifalarini qamrab oladi. Bundan tashqari, topshiriqni bajarishning uchta darajasi - 
eng kam ish haqi vazifalari va ustunlik vazifalari jihatidan ajratiladi.
Umumjahon standartlari uslubining o'ziga xos xususiyati, uni qo'llash ish 
topshiriqlarini bajarish vaqti, ishlarning mazmuni va xodimning funktsional vazifalari 
bilan bog'liq emas. Bu unga qulay va ayni vaqtda samarali baholash vositasini beradi. 
Amonovа D.B., o’qituvchi,
Buxoro davlat universiteti 
O’ZBEKISTONNING TURIZM TARAQQIYOTIDA EKOLOGIK 
TURIZMNING O’RNI 
 
Bugungi kunda O’zbekistonda turizm keng rivojlanib borayotgan yo’nalish 
bo’lib, iqtisodiyotimizning rivojlanishida, aholi bandligini ta’minlashda, xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishda va aholi daromadlarini oshirishga keng turtki 
bo’lmoqda. O’zbekistonning milliy urf-odatlari, qadriyatlari, ko’hna va tarixiy 
obidalari, betakror va jozibali arxitekturalari va milliy liboslari xorijlik mehmonlarni 
o’ziga jalb etmasdan qo’ymaydi. Har bir viloyatining milliy liboslari, taomlari, 
arxitekturasi va milliy hunarmandchilik ishlari bir-birini takrorlamasligi tashrif 
buyuruvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Bu esa, mamlakatimiz turistik salohiyatini 
yanada oshirishga xizmat qiladi. Turistik oqimning ko’payishiga sabab bo’ladi. 
Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari o’zbekistonning asosiy turizm 
markazlarini tashkil etadi. O’zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik mehmonlarning 
ko’pchiligi o’z sayyohatlarining ekologik jihatlari bilan qiziqishadi. Mamlakatning 
ekologiyasi, etnografiyasi va geografiyasi, tabiiy hududlari: bog’lar, tog’lar, cho’llari, 
o’rmonlari va daryolari bilan ham qiziqishadi va bu hududlarga ekskursiya qilishadi. 
O’zbekistonning maxsus qo’riqxonalarda saqlanayotgan (xongul, oq dumli burgut, 
dilband lolasi) kabi endemik turlari sayyohlar qiziqishini yanada oshiradi. Atrof-
muhitni va o’zbekistonning flora va faunasini muhofaza qilish o’zbekistonda 
ekoturizmni rivojlanishida va turistik oqimni ko’payishida keng rol o’ynaydi. 
Mamlakatimizda so’ngi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish, mavjud biologik 
turlarni saqlab qolish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2001–
2005 yillarda G’arbiy Tyan-Shanning biologik turlarini asrash bo’yicha xalqaro 
bank– GEF loyihalari va xalqaro loyiha– Europe Aid loyihasi amalda oshirildi.[2] Bu 
loyihalar atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, mahalliy aholini turizmga 
jalb qilish orqali qo’shimcha daromad orttirish bilan bevosita bog’langan.
Bu esa, mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan aholi ko’proq yagona moddiy 
manba sifatida natural xo’jalikka suyanadi va shuning uchun ham chorvachilik va 
dehqonchilikni jadal rivojlantiradi. Mahalliy jamoaga muqobil faoliyat sifatida turizm 
bilan, ya‘ni, mahalliy flora va faunaga, landshaftga, xalq tarixi va madaniyatiga 
qiziqqan xorijiy va mahalliy sayyohatchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko’rsatish 
taklif etadi. Bu soha mavsumiy bo’lsa ham, aniq reja asosida, uddaburonlik bilan olib 
borilsa, mavsumni cho’zish, daromadni esa yil mobaynida bir xil olish mumkin. 
Aholi turarjoy, ovqatlantirish, transport, odatlar va hunarlarini namoyish qilish, 


258 
gidlik, himoya va xavfsizlik xizmatlarini ko’rsatadi.[1] mamlakatimizdagi ayrim 
ekologik muommolar o’zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik mehmonlarimizga 
ba’zi noqulayliklarni tug’diradi, bu esa yurtimizda turizm rivojlanishida salbiy omil 
bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, turistik salohiyati bo’yicha yuqori o’rinni egallagan 
buxoro viloyati o’zining ko’hna tarixiy obidalari, miniaturalari, milliy liboslari bilan 
turistlarni o’ziga jalb etadi, ammo, ayrim ekologik muommolari bilan turistlarga 
ayrim noqulayliklarni tug’diradi. Masalan, ichimlik suvi, qurg’oqchiligini misol 
keltirish mumkin. 
Atrof-muhit tozaligi va mintaqaviy ekologik muommolarni hal etish 
turizm rivojlanishida, turistlar oqimini oshirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, atrof–muhit buzilsa va noqulay ekologik sharoitlarga chet ellik turistlar 
kelmay qo’yadi, bu esa mahalliy aholining daromadlariga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. 
Masalan, buxoro viloyatida ekologik muommolarni , ya’ni aholini toza ichimlik suvi 
bilan ta’minlash, sho’rga, garmselga va qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar bilan 
boyitish orqali viloyat iqlimini yumshatish va kislorod balansini ko’paytirish buxoro 
viloyati turistik salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu esa aholini 
dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlari bilan boyitadi, tuproq unumdorligini 
oshiradi. Natijada viloyatda turistik oqim oshadi, mahalliy aholi boshqa hududlardan 
keltirib emas, balki, o’zi yetishtirgan sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan turistlarni 
ta‘minlaydi, ya‘ni, yordamchi xo’jalik (aholi uy-joy tomorqasidagi bo’sh yerlarga 
ekilgan sabzavot mahsulotlari) ham daromad keltira boshlaydi. Aholi imkoniyati 
darajasida hunarmandchilik kasblarini, dehqonchilik, chorvachilikni tiklaydi. Bu 
aholiga katta daromad keltiradi va aholidan katta investetsiya talab qilmaydi. 
Tabiatdan tartibsiz, aniq rejasiz foydalanish esa, mamlakat uchun katta zararlarni 
olib kelishi mumkin. Shuning uchun respublikamizda bu sohaga borasida muhim 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. qarorlar qabul qilinmoqda. Masalan, Atrof-
muhitga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan 191 ta subyekt faoliyatini to’xtatib qo’yilishi 
natijasida tabiatni ifloslantiruvchi 50 tonna moddalarning atrof-muhitni zararlanishini 
oldi olindi.[3] Tabiatga salbiy ta‘sir ko’rsatadigan har qanday sanoat, qishloq 
xo’jaligi va boshqa korxonalar qurish taqiqlandi.
Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishga oid bir qancha qarorlar qabul 
qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 aprelda 
O'zbekiston Respublikasi 2006–2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini 
rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ–325-sonli. qarorni
amalga tatbiq qilish hamda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasida ekologik turizmni 
rivojlantirish kontseptsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari‖ni ishlab chiqdi. 
[2] Respublikada ekoturizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan zarur chora-
tadbirlar, ya’ni atrof-muhit muhofazasi va mehmonlarga noqulaylik tug’diruvchi 
ayrim ekologik muammolarni bartaraf etish choralari ko’rilganda O’zbekiston 
Respublikasi ekologik turizmi taraqqiy etgan mamlakatlar qatorida o’rin egallashida 
muhim ahamiyatga ega.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish