332
KIMYO FANINI O’QITISHDA TABIIY FANLAR BILAN FANLARARO
BOG’LANISHNI AMALGA OSHIRISH
S.M .O’rmonov., U.G’. Abdullayeva,
Farg’ona davlat universiteti.
Jamiyat taraqqiyotining xar-bir bosqichi ta’lim tizimi oldiga o’zining ijtimoiy
buyurtmalarini qo’yadi. Mustaqillik yillarida ishlab chiqarish korxonalarida qo’l
kuchi
bilan
bajariladigan
ishlarning
kamayishi,
mexanizmlarning
murakkablashuvi,shuningdek, qishloq xo’jaligi, dexqonchilik va chorvachilikka yangi
texnologiyalarning joriy etilishi o’sib kelayotgan yosh avlodning fan asoslarini
chuqur o’zlashtirishi bilan bir qatorda, ularda faol aqliy
faoliyat va xar tomonlama
rivojlantirishni talab etmoqda.
Tabiiy fanlarning rivojlanishi, fanlar o’rtasida differensiatsiya va integratsiya
jarayonlarining vujudga kelishi obyektiv qonuniyatlar sifatida tabiiy fanlar bo’lgan
kimyo, biologiya va fizika fanlari o’rtasida fanlararo bog’lanishni amalga oshirishni
talab etmoqda.
O’quv dasturlarga tabiiy fanlarning o’zaro aloqadorligi masalalarining
kiritilishi o’quvchilar tomonidan, fizik, kimyoviy, biologik tushunchalarni
o’zlashtirish jarayonlarini osonlashtiradi, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish
imkoniyatini beradi. Shu jixatdan fanlararo bog’lanishni
qanday amalga oshirish
yo’llarini bevosita yangi pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirishni
o’rganish, tabiiy fanlarni chuqur o’qitishda aloxida axamiyatga molikdir.
Ma’lumki, kimyo, biologiya va fizika , qishloq xo’jaligining nazariy asoslari
bo’lib, energiya, xom ashyo va materiallarning xilma xillashuvi o’zgarishi,
jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishiga zamin yaratadi.
Kimyo fani biologiyaning rivojlanishiga salmoqli xissa qo’shgan, jumladan,
xujayraning kimyoviy tarkibi, ya’ni anorganik va organik moddalarni aniqlash, oqsil,
uglevod, lipidlarning o’ziga
xos xususiyatlari, tarkibi, molekulyar tuzilishi,
tabiatining aniqlanishi, ularning xujayrada bajaradigan funksiyalarini aniqlash,
modda va energiyaning saqlanish qonuni esa, xujayrada modda va energiya
almashinuvini tadqiq etishga zamin yaratadi.
Fanlar rivojidagi qo’lga kiritilgan yutuqlarning moxiyati va axamiyati umumiy
o’rta ta’lim maktablarining o’quvchilariga tushunarli darajada yoritilishi ularning xar
tomonlama kamol topishi, kelgusidagi mustaqil xayotda
va ongli ravishda kasb
tanlshda muxim o’rin tutadi. Bu kimyo, biologiya va fizika soxasida erishilgan
yutuqlarni to’g’ridan to’g’ri maktab dasturiga kiritish kerak, degan xulosaga olib
kelmasligi kerak. Ularning mazmuni muayyan darajada qiyin va keng ko’lamli
bo’lib, ularni xatto oliy o’quv yurti talabalari xam o’zlashtirishda qiyinchilik xis
qilishadi. Shu sababli, maktab o’quv dasturiga xozirgi
zamon didaktikasining
tushunarlilik prinsipi talablari asosida tanlangan fan asoslari bo’yicha ilmiy farazlar,
tushunchalar, qonunlar, nazariya va olamni tadqiq etish metodlarini kiritish lozim.
O’qituvchi tomonidan fanlararo bog’lanish muvafaqiyatli amalga oshirilganda,
organic olamning yaxlitligi, materiya va xarakat shakllarining birligi aniq misollar
bilan dalillanganda o’quvchilar ushbu masalalarni tub moxiyatini anglashi mumkin.
333
Kimyoni o’qitishda o’rganilayotgan mavzuni mazmun va manbaiga ko’ra
fanlararo bog’lanishning quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
1.Kimyo fani tarmoqlari ichidagi fanlararo bog’lanish.
2.Tabiiy-matematika fanlar bilan fanlararo bog’lanish.
3.ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan fanlararo bog’lanish.
Adabiyotlar taxlili, o’qitishda fanlararo bog’lanishning umumiy didaktik
asoslarini ishlab chiqish, ularni tasniflash borasida juda ko’p tadqiqotlar olib
borilganligini ko’rsatdi.
Jumladan,
M.N.Skatkin,
K.P.Koroleva,
N.M.Cherkez-Zadelar
o’z
tadqiqotlarida fanlararo bog’lanishni amalga oshirish xaqidagi
nazariyalarni bayon
etganlar.
Yuqoridagi olimlarning tadqiqotlarida fanlararo bog’lanishning mantiqiy
yo’nalishi, tabiiy fanlarning o’quv dasturida bo’limlar, mavzular o’zaro mantiqiy
bog’lanishlar asosida tuzilishi, o’quvchilar ularni o’zlashtirishda mantiqiy
jarayonlarni bajarishi lozimligini qayd etgan. Mantiqiy bog’lanishlarga taqqoslash,
sabab-oqibat bog’lanishlari, induksiya,
deduksiya, taxlil, sintez,umumlashtirishlar
kiritilgan.
Yuqorida qayd etilgan fikrlar asosida fanlararo bog’lanish tasnifi bo’yicha
umumiy yechimga kelinmaganligini ko’rsatdi.
Noorganik kimyodan bilimlarni chuqur egallash o’quvchilarning boshqa fanlar
bo’yicha olingan bilim va o’quvchilardan kimyo o’qitishda qanchalik foydalana
olishga, yani fanlararo bog’lanishning qay darajada amalga oshirishga bog’liq.
Anorganik kimyo kursidagi “Atom tuzilishi”, “Yonish” mavzulari o’tilganda
Fizika kursidagi “Nurlanish” turlari,”Yorug’lik manbalari”, “Spektrlarda energiya
taqsimoti”,”Nurlanish
spektrlarining
turlari”,
“Spektral
analiz”,”Yutish
spektrlari”,”Infraqizil va ultrabinafsha nurlar” va “Rentgen nurlari”ga oid mavzular
eslatiladi.
Olimlarning fikricha, umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan tabiiy
fanlar kimyo,biologiya va fizika o’z mazmunida tabiatdagi obyektiv bog’lanishlarni
aks ettirishi zarur. Xar bir tabiiy fan o’z mazmuniga tabiatdagi o’zaro
aloqadorlik,uzviylikka muvofiq xolda o’rganilsa, o’quvchilarda tabiat va uning
rivojlanishi, tabiatda sodir bo’ladigan
jarayonlar, biosfera, moddalarning davra
bo’ylab aylanishi, bir so’z bilan aytganda, tabiat dialektikasini yaxlit o’rganish
imkoni vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: