2-amaliy mashg’ulot 961-20 guruh talabasi Bekchanov Munis Mavzu: Ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlarni mantiqiy boshqarish. Rezervli nusxalash va tiklash siyosati
Ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlarni mantiqiy boshqarish
Foydalanuvchilar muvaffaqiyatli autentifikatsiyadan o‘tgandan keyingi avtorizatsiya jarayoni juda muhim hisoblanadi, chunki ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlarni boshqarish tizimdagi axborotni va tizimning o‘zini himoyalashning muhim elementi hisoblanadi. Himoyalangan ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlar cheklangan bo‘lishi hamda faqat va faqat ruxsati mavjud foydalanuvchilarning undan foydalanishga ruxsati bo‘lishi lozim.