334
AROMATIK UGLEVODARODLAR MAVZUSINI OʻQITISHDA
“ZINAMA-ZINA” TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Ataniyazov O.N., Razzaqberdiyev N.N. Polvonov X.K., Eshchanov E.U.
Urganch Davlat universiteti
Respublikamizning hozirgi ta’lim
tizimi pedagoglar oldiga, yoshlarimizning
har tamonlama barkamol va ma’nan yetuk qilib tarbiyalashda ularning bilim va
koʻnikmalarini oshirish, mustaqil izlanishlar olib borishlari
va fanga oid bilimlarini
yanada mustahkamlashalarini maqsadli ravishda rivojlantirish vazifalarini qoʻyadi.
Ana shu vazifalarni hal etishda pedagogik ta’lim texnologiyalari yetakchi
oʻrinlarda turadi. Shuning uchun ham pedagogik ta’lim texnologiyalari koʻproq
talabaning fikrlash qobiliyatining ortishini, uning nazariy va amaliy bilimlarining
shakllanishini ta’minlaydi. Didaktikaning barcha
yutuqlarini istisno qilmay, balki
ulardan foydalangan holda ta’lim texnologiyalari ilmiy bilim va tushunchalarni,
dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning pedagogik
faolligini har tomonlama
rivojlantirish vositasi boʻlib qoladi.
Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo” fanini oʻqitish jarayonida yangi
innovatsion ta’lim texnologiyalarni amalda qoʻllash bugungi kunning dolzarb
masalaridan biri hisoblanadi. Albatta, kimyo fanlari tizimida “Organik kimyo”
fanining oʻziga xos oʻrni boʻlib, uni oʻrganish muhim ahmiyat kasb etadi. “Organik
kimyo” fanining bir qismi boʻlgan aromatik uglevodorodlarga tegishli moddalarning
fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilish sohasi bilan ham juda muhim ahamiyatga ega
ekanligi, ularni chuqur oʻrganish va tadqiq qilish muhim masalalardan biri ekanligini
koʻrsatadi. Organik kimyo fanida “Aromatik uglevadorodlar” mavzusini oʻqitishda
“Zinama-zina” ta’lim texnologiyasini qoʻllab, oʻtilayotgan mashgʻulotga ajratilgan
vaqtdan samarali foydalanish mumkin. Bu texnologiya oʻquvchilar
bilan bir guruh
ichida yakka holda yoki ularni kichik guruhlarga ajratgan holda yozma ravishda
oʻtkaziladi va taqdimot qilinadi. Ushbu texnologiyadan amaliy va seminar dars
mashgʻuloti davomida foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• Talabalarni ajtilgan kichik mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik
guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta boʻlgani ma’qul);
• Talabalar mashgʻulotning maqsadi va vazifasi hamda oʻtkazilish tartibi bilan
tanishtiriladi. Har bir guruhga qogʻozning chap qismida kichik mavzu yozuvi
boʻlgan varaqlar tarqatiladi;
• Har bir guruh a’zolari tarqatma materialda yozilgan
kichik mavzular bilan
tanishishlarini va shu mavzu asosida oʻzlarining nazariy bilimlarini jamoa
bilan birgalikda fikrlashib, qogʻozdagi boʻsh joyga yozib chiqish vazifasi
beriladi
va vaqt belgilanadi;
• Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma
(yoki rasm, yoki chizma) koʻrinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari
kichik mavzu boʻyicha imkon boricha toʻlaroq ma’lumot berishlari kerak
boʻladi;
335
• Tarqatma materiallar toʻldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi.
Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta,
auditoriya doskasiga mantiqan ketma-ket (zinama-zina shaklida) ilinadi;
Oʻqituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib,
guruhlarnni berilgan topshiriqlar boʻyicha vazifani qay
darajada bajarganliklarini
tahlil qilib yakuniy xulosa chiqaradi va ularni baholaydi.
Aromatik uglevodorodlar mavzusini “Zinama-zina” ta’lim texnologiyasini
qoʻllab oʻqitishda kichik guruh talabalariga quyidagi kichik mavzulardan berish taklif
qilinadi:
1. Aromatik uglevodorodlarning nomlanishi va izomeriyasi.
2. Arenlarning kashf etilish tarixi va klassifikatsiyasi.
3. Aromatik uglevodorodlarning tabiatda uchrashi va olinish usullari.
4. Arenlarning tuzilishi, aromatiklikligi va fizikaviy xossalari.
5. Arenlarda elektrofil almashinish reaksiyalari mexanizmi.
6. Arenlarda nukleofil almashinish reaksiyalari mexanizmi.
7. Aromatik yadroda radikal va yon zanjirda almashinish reaksiyalari.
8. Kelishilgan va kelishilmagan orientasiya qoidalari.
9. Arenlarning muhim vakillarining ishlatilishi va amaliy ahamiyati.
Ushbu kichik mavzular “Zinama–zina” ta’lim texnologiyasi metodida quyidagi
grafik koʻrinishida keltiriladi:
“Zinama–zina” ta’lim texnologiyasi talabalarni oʻtilgan shuningdek, endi
oʻtilishi rejalashtirilgan mavzu boʻyicha yakka hamda kichik jamoa boʻlib, fikrlash,
dastlabki oʻzlashtirilgan nazariy
bilimlarni yodga tushirib, jamlangan fikrlarni
umumlashtira bilish va bu bilimlarni yozma, rasm, chizma ko’rinishlarida ifodalay
olishga oʻrgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: