250
QUTBLI INDIKATORLARNI GIDROFOB ORMOSIL QATLAMGA
BIRIKTIRISH
Isaqulova M.N., Nasimov A.M., Sunnatov X.
Samarqand davlat universiteti
Materiallar kimyosining muhim bir bo’limi ORMOSIL materiallarga qaratilgan
va bunday materiallar laboratoriya miqyosidan sanoat miqyosiga o’tib bormoqda.
Ma’lumotlar n-propil-TriMOS konsentrasiyasi TEOSda ortishi bilan piranin
fluoressensiyasi doimiy o’zgarishini ko’rsatadi [1-2].
Fluoressensiya spektroskopiyasi geterogen muhitni o’rganish
uchun muqobil
usul hisoblanadi. Zol-gel qatlamning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish uchun
dopant biriktirilgan qatlamlar fluoressensiya spektroskopiyasi yordamida tadqiq
qilinadi [3].
Ushbu ishda zol-gel usulida ORMOSIL membranalarga biriktirilgan
indikatorning fotokimyoviy xossalarini o’rganish natijalari keltirilgan. Shuningdek
ORMOSIL membranalarining amaliy ahamiyati bo’yicha
ham atroflicha xulosalar
olindi.
Optik usullarda indikator ion juftini gidrofob qatlamga biriktirish uchun
piranin-ion jufti dastlab lipofil holga keltirilib, so’ngra biriktirilishi kerak edi. n-
propil TriMOS – TEOS gibrid zol-gelga dastlab 1,8∙10
-5
mol TOABr moddasi 15 μl
dixlormetan ishtirokida eritib, 5,87∙10
-6
mol piranin indikatori 0,01N NaOH
eritmasining 1 ml miqdorida qo’shildi. Aralashma indikator organik qatlamga to’la
o’tguncha davom ettiriladi. Hosil bo’lgan organik qatlam ekstraksiya qilinadi va bir
necha marta distillangan suvda yuvildi. Organik aralashma ion jufti 1 soat davomida
600 aylanish/daqiqa tezlikda aralashtirildi.
Shundan so’ng piranin va CTAON ion-jufti hosil qilindi. Mol nisbati 1:3
bo’lgan piranin va CTABr tarozida tortib olindi. CTABr dixlormetanda eritilib, to’la
eriguncha aralashtirildi. Xuddi shunday piranin 0,01N NaOH eritmasida eritildi.
Bunda eritmalar nisbati 1:2 atrofida bo’lishi kerak. Bu ikki eritmalar og’zi yopiq
idishda indikator organik qatlamga to’la o’tguncha
magnitli aralashtirgichda
aralashtirildi. Organik qatlam ekstraksiya qilib ajratib olindi va bir necha marta
distillangan suvda yuvildi. So’ngra vakuumda haydalganda sarg’ish-oq rangli PTS
(CTA)
3
ion-jufti hosil bo’ladi. Bu ion juftidan navbatdagi jarayonlar asosida zol-gel
aralashmasi hosil qilindi. n-propil TriMOS – TEOS gibrid zol-gel 40 minut
aralashtirilgandan keyin 5,87∙10
-7
mol PTS (CTA)
3
ion-jufti qo’shildi.
Aralashma
yana 20 minut davomida 600 aylanish/daqiqa tezlikda aralashtirildi.
Suv turli zol-gel kompozitlar tayyorlashda muhim rol tutadi va uning ichki
muhiti tabiatiga ta’sir qiladi.
R = 32 nisbatda olingan yupqa filmlar yuqori
shaffoflikka ega. Etanolda piranin spektrida ko’k sohaga siljish kuzatildi. Piranin
saqlagan yupqa filmning spektroskopik o’lchashlar natijalari uning ichki muhitida
suvdan tashqari prekursor erituvchisi sifatida ishlatilgan
etanolga ham kuchli
darajarada bog’liqligini tasdiqlaydi.
Sof TEOSga asoslangan sistemalarda protonlashmagan shakl (515 nm) ustunlik
qiladi (1-rasm). Shunga qaramasdan-propil-TriMOS konsentrasiyasining ortishi
251
protonlashgan shaklga sekin-asta o’tishni ta’minlaydi. 80% (mol) n-propil-TriMOS
va 20% TEOSli qoplamalarda piraninning faqatgina ko’k sohadagi (410 nm)
protonlashgan shaklga muvofiq keladigan spektri mavjud bo’ladi. Bu natija piranin
biriktirilayotgan muhit qutblilikdan qutbsizlikka o’tayotganligini ko’rsatadi. Qutbli
qoplamalarda piraninning protonlashmagan shakliga
mos keladigan yashil rang
ustunlik qiladi va bu qo’shni qutblangan silanol guruhlarining ta’siri orqali
tushuntiriladi. Boshqa tomondan protonlashgan shaklga mos keladigan ko’k spektr
kuchsiz proton akseptorligi xususiyatiga ega gidrolizlanmaydigan organik guruhlar
bilan o’ralganligini ko’rsatadi.
1-rasm. Bromtimol ko’kining zol-gel qatlamdagi yutilish spektri
.
Shuningdek, 20 mol% n-propil-TriMOS va 80%
TEOSdan iborat, 50 mol% n-
propil-TriMOS va 50mol% TEOSdan iborat qoplamalarda intensivlikning oshishi
g’ovaklikda qutblilik pasayishi bilan tushuntiriladi. Yana 80 mol% n-propil-TriMOS
va 20% TEOSdan iborat qatlamda intensivlik yana pasayadi.
Dastlab tayyorlangan materiallar xona sharoitida quritilganligi uchun unda
etanolning konsentrasiyasi yuqoriligi saqlanadi. Natijada ularning fluoressent
spektrlarida protonlashmagan shaklning ham ta’siri kuchli sezildi.
Tayyorlanadigan ORMOSIL qatlam amalda optik va katalitik maqsadlar uchun
rejalashtirlayotganligi uchun ba’zi zol-gel reaksiyalari indikator ishtirokida amalga
oshirildi. Bunday kompozision qatlamlarda indikator o’z
fotokimyoviy xossalarini
yaxshi saqlab qolishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: