References
1. Fathy A. Osman. Senior interpreter/translator, IMF, Washington, DC
2. In other words - a course book on translation. Mona Baker, London and New York,
1992.
3. 14. www.worldtranslationservice.com
4. 15. www.translateweb.org
5. 16. www.monabaker.trans.com
6. 17. www.chicagopress.com
956
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
ID-020-30-X011
Xurshida Rizayeva
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-kurs talabasi
TARJIMA JARAYONIDA OʻZBEK VA INGLIZ TILLARI
GRAMMATIKASINING INTERFERENSIYA HODISASI
QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya. Ushbu maqola interferensiya hodisasi nima ekanligini chuqurroq
o‘rganish, uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash, o‘zbek va ingliz tillaridagi grammatik
interferensiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda tarjima jarayonida
interferensiya hodisasining o’rni nechog’lik muhim ekanligi yoritilgan.
Kalit so‘zlar: interferensiya, grammatika.
Annotation. This article deals with an in-depth study of what an interference
phenomenon is, identifies its causes, explores the specifics of grammatical interventions in
Uzbek and English languages, and the importance of the interference phenomenon in the
translation process.
Key words: interference, grammar.
Interferensiya-bir tilning boshqa tilga ta’siridir. Interferensiya hodisasi
ikki tilda birday gaplasha oladigan insonlar nutqida ko‘proq kuzatiladi. Ular o‘z
nutqida chet tili orqali suhbat qurayotganlarida o‘z ona tilisining ta’siri
natijasida ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Bundan tashqari hozirgi kunda
interferensiya hodisasi tarjima jarayonida ham kuzatilib, bu hodisa tarjima
natijasiga putur yetkazmoqda. Interferensiya hodisasi til o‘rganish jarayonida
957
ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. “Interferensiya” atamasi aslida lotin
tilidan olingan bo‘lib, “inter-ichki, o‘zaro mos yoki o‘rtasida”, “ferio-teginaman
yoki olib yurish” kabi ma’nolarni bildiradi”. Interferensiya hodisasi haqida
ko‘plab olimlar izlanish olib borishgan va o‘z tushunchalarini atroflicha
izohlashga uringanlar. “E. Xaugen nazariyasi, tushunchasi bo‘yicha
interferensiya qisman lingvistik muvofiqlik deb qaraladi”.
4
Interferensiya
hodisasi ko‘pincha chet tilini endigina o‘rganayotgan kishilar nutqida
kuzatiladi. Ular tarjimani so‘zma-so‘z qilib qo‘yishlari mumkin. Ana shu holatda
interferensiya hodisasi ro‘y berishi mumkin. Tarjimada semantic muammolar,
gap qurilishi va gap bo‘laklarining joylashishida xatoliklar vujudga kelishi
mumkin. Bu o‘ziga yarasha qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Eng katta
qiyinchliklardan biri yozuv bilan bog‘liq. Chet tilini endigina o‘rganayotgan
odam o‘zining fikrlarini aniq, to‘g‘ri, to‘liq ifoda eta olmaydi. Chunki, u hali
o‘zlashtirayotgan tilidagi barcha yozuv qoidalari va standartlarini mukammal
bilmagan bo‘ladi. Hozirgi kungacha ham talabalar, tilni yaxshi bilgan kishilar
ham o‘z fikrlarini boshqa tilda aniq ifoda etib berishda qiyinchiliklarga duch
kelishadi. Ayrim vaqtlarda o‘z fikrini ifoda etishda madaniyatning ham ta’siri
bo‘lib, boshqa yo‘l bilan, boshqacha ma’no berib qo‘yishlari mumkin.
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillari
qiyoslashning ba’zi umumiy metodologik masalalarini ko‘rib chiqilgan. Ingliz
va o‘zbek tillari qardosh emasligi va turli strukturada bo‘lgani uchun ham
qardosh bo‘lmagan tillarni qiyoslash masalalarigagina to‘xtalgan. Har xil
yaruslardagi darajalarni ifoda etish uchun metodikaga nisbiy tipologiyaning
xulosalari darkordir. Chunki, qiyoslanayotgan tillarning birida ma’lum
darajaning bo‘lishi, ikkinchisida esa mazkur darajaning bo‘lmasligi ham
mumkin”.
5
Masalan, ingliz tilidagi perfect, aniqlik, noaniqlik va boshqa
mustaqil darajaga ajratiladi, o‘zbek tilida esa ularni ifodalash uchun maxsus
grammatik shakllar mavjud emas. Xuddi shuningdek o‘zbek tilida predlog
4
http:/www.wikipedia.org//interferensiya
5
MasharipovaG. O‘zbekistondachog’ishtirmatilshunoslikningtaraqqiyoti.Filol.fan.nomz…diss. - T.,
2012- B.10.
958
tushunchasi mavjud emas, ulardan foydalanishda turli usullar qo‘llaniladi.
Masalan, agar ingliz tilidagi in predlogiga o‘zbek tilida ichida so‘zi to‘g‘ri kelsa,
bu o‘zbek tilidagi ichida so‘zi predlog degani emas. Yoki o‘zbek tilida oltita
kelishik bor, bu ingliz tilida ham oltita kelishik shaklini izlash kerak degan
ma’noni anglatmaydi. “Biror daraja qiyoslanayotgan tillarning birida bo‘lib,
birida bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, hozirgi ingliz tili uchun perfect
darajasi, ya’ni biror oppozitsiyasi perfect-non-perfect xos bo‘lib, bu darajaning
ma’nolarini o‘zbek tilida turli qurilmalar ishtirokida anglatish mumkin bo‘lsa
ham, bu til uchun xos emasdir”.
6
Nisbat mustaqil daraja sifatida hozirgi o‘zbek
va ingliz tillarida ham bor. Nisbat darajasini hozirgi o‘zbek tilida qiyoslash
anchagina qiyin, chunki o‘zbek va ingliz tillari turli tizimga taalluqlidir.
“Hozirgi ingliz vao‘zbek tillarida nisbat darajasi turli shakllarda
ifodalanadi. Mazkur daraja yasalishining asosiy usullarini, fe’llarning leksik-
gramatik tasnifni aniqlash va bayon etish metodikasi ifodalanishida ham,
mazmunda ham metodika uchun katta ahamiyatga ega. Turli tizimda bo‘lishiga
qaramay, ingliz va o‘zbektillarining o‘ziga xos struktura xususiyatlari borligi
kauzativ fe’llarni qiyoslab o‘rganish borasida amaliy ahamiyat kasb etadi”.
7
Ona tili bilan qiyoslab o‘rganiladigan chet tili o‘rtasidagi farq qiluvchi
xususiyatlarning chalkashtirilishi interferensiya deyiladi. Interferensiya
jarayoni tillararo aloqa va bilingvizm (ikki tillilik) bilan chambarchas bog‘liq.
“Ikki yoki undan ortiq til tizimlarini qiyosiy o‘rganish fonologiya, leksika
va grammatika tizimlarining differensial xususiyatlarini aniqlash hamda chet
tili o‘qitishga ona tilidan foydalanish yoki foydalanmaslikni aniqlash uchun
interferensiya o‘rganiladi”.
8
“Demak, interferensiya nazariy jihatdan
o‘rganilganda tipologik izomorfizm va allomorfizm aniqlanadi, amaliy jihatdan
o‘rganish esa chet til tizimiga ona tili tizimining ta’sirida til o‘rganishning
dastlabki bosqichida paydo bo‘gan xolatlarni bartaraf etishga yordam beradi”.
9
6
MasharipovaG. O‘zbekistondachog’ishtirmatilshunoslikningtaraqqiyoti.Filol.fan.nomz…diss. - T.,
2012-B. 12.
7
O‘sha bet
8
Qo‘shoqova S. Fe’lning to‘ldiruvchilik sintaktik vazifasi.dok…diss. - T., 2016. –B.16.
9
O‘sha bet
959
Chet tilini ona tili zaminida o‘qitilganida interferensiyaning ijobiy va salbiy
tomoni bo‘lishi mumkin. Interferensiyaning ijobiy tomoni shundaki,
o‘quvchilarning ona tili sohasidagi bilim va malakalari to‘g‘ri analizga
asoslanadi.O‘quvchilar analizdan so‘z shakllari, qurilma va gaplar tuzilishlari,
talaffuzni o‘rganishda artikulyatsiya holatini qiyoslashlari mumkin. “Ona
tilidagi struktural modellar chet tilida ham xuddi shunday modellar yasashga
imkon beradi”.
10
Interferensiyaning salbiy tomoni, chet tili o‘qitish jarayonida, shu til
tizimiga ona tili tizimining salbiy ta’sir etishidir.
V. Komissarov “ Tarjima nazariyasida interferensiya muammosi” nomli
ishida tarjimadagi har qanday interferensiyani inobatga olish lozim, garchi uni
o‘rganishni istamasak-da, u eng keraklilardan biridir, deb ta’kidlab o‘tgan
11
. V.
Rozensviyning fikriga ko‘ra, interferensiya deganda ikki tilda muloqot
qilayotgan vaqtida ikki tilning qoida va normalarini buzishga aytiladi. G.
Vishnevskoyning tadqiqotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda aloqa almashish
maqsadida turli millatga ya’ni turli tilda gaplashadigan kishi bo‘lish muammo
bo‘lmay qoldi
12
. Ayniqsa, hozirgi kunda ingliz tili barcha tillar orasida eng
birinchi xalqaro til sifatida odimlab bormoqda. Dunyoning deyarli barcha
burchagida ingliz tilini tushunishadi, bu tilda bemalol gaplasha olishadi. Shu
sababdan ham har bir inson o‘z oldiga ingliz tilini o‘rganishni maqsad qilib
qo‘ymoqda. Shuning uchun ham interferensiya jarayoni ingliz tilida juda ko‘p
uchraydi. Albatta, boshqa tillarda ham xuddi ingliz tilida bo‘lgani kabi
interferensiya hodisasi mavjud. Tarjimon malakasi qaysi darajada bo‘lsa,
interferensiya hodisasi ham shunga munosib tarzda yuz beradi. Masalan,
endigina tarjima sohasi bilan shug‘illanishni boshlagan kishilarda, ko‘p
hollarda, grammatik interferensiya hodisasi kuzatiladi. Bundan tashqari,
so‘zlarni matnga mos qilib to‘g‘ri tanlay olmaslik natijasida leksik
10
Qo‘shoqova S. Fe’lning to‘ldiruvchilik sintaktik vazifasi.dok…diss. - T., 2016. –B. 20.
11
hppt:/www.wikepidiya/org//interferensiya/
12
hppt:/www.wikepidiya/org//interferensiya/
960
interferensiya hodisasi ham ko‘p uchrab turadi. Tarjima sohasi bilan
shug‘illanaverishgrammatik ko‘nikmalarni ancha o‘rganib olgandan so‘ng,
yangi so‘zlarni o‘rganish jarayonida ko‘proq fonetik interferensiya jarayoni
kuzatiladi. Albatta, bu paytda fonetik intereferensiyabilan bir qatorda
grammatik interferensiya hodisasi ham yuzaga kelaveradi.Yana tarjima
jarayonidagi qisman qiyoslash metodikasiga chuqurroq to‘xtalib o‘tamiz.
Qisman qiyoslash metodiga muayyan grammatik darajani ifoda etishda
aniqlanadigan ma’lum o‘xshash bo‘lmagan hodisalar kiradi
13
. Masalan: ot
darajasi har ikkala til tizimiga oid bo‘lsa ham, bu tillar strukturasining
geterogen (har xil)ligi munosabati bilan har ikkala tilning faqat bittasigagina
xos bo‘lgan bir qancha xususiyatdir.
1.
Aniqlovchining otdan oldin kelishi va otni olmosh, sifat,
sonturkumlari orqali aniqlanishi ingliz va o‘zbek tillari tizimiga xos
xususiyatdir.
Masalan:
This book
Bu kitob;
His book
uning kitobi;
Some books
bir qancha kitob.
Artiklning ingliz tilida bo‘lib, o‘zbek tilida yo‘qligi esa farq qiluvchi
xususiyatdir.
a book – the book
an apple – the apple
Aniqlik va noaniqlik ma’nosi mazmun jixatdan har ikkala til uchun xos,
ammo bu ma’no maxsus markerlar bilan ifodalanmaganligi uchun o‘zbek
tilining ifodalanishida mustaqil daraja sifatida ajratilmaydi.
Aniqlik darajasini ifoda etishda qo‘llanadigan leksik-grammatik birliklar
asosiy muvofiqlashuvchi birliklar hisoblanadi. Ular olmosh, son, so‘z yasovchi
va shakl yasovchi morfemalar va boshqa vositalardir, masalan:
Give me the book lying on the table.
13
MasharipovaG. O‘zbekistondachog’ishtirmatilshunoslikningtaraqqiyoti.diss.- T., 2012. b- 21.
961
Menga stolustidagi (ustida turgan) kitobni bering
14
.
Bu misoldagi aniq artikl o‘zbek tilida qo‘shimcha leksik – grammatik
aniqlik markeridagi vositasida ifoda etilgan. Bunda ona tili interferensiyasi
bo‘lishi mumkin emas.
1.
Maxsus katigorial affiksal morfemaning borligi har ikki til tizimiga
taalluqli: a) ingliz tilida asosan ko‘plik son fleksiyasi –s, -es bo‘lib, qator boshqa
usullar ham mavjud. Masalan: man-men ox-oxen datum-data.
O‘zbek tilida grammatik ko‘plik ma’no asosan lar qo‘shimchasi
yordamida ifoda etiladi. b)o‘zbek tilida qaratqich kelishigi morfemasi
ishlatiladi chegaralanadi. O‘zbek tilidagi kelishik tizimi ingliz tili kelishik
tizimiga ta’sir etadi. Shu sababli ingliz tilidagi turdosh otni o‘quvchilar
qaratqich kelishigida qo‘llaganlarida interferensiya holati ro‘y beradi. Shaxs
darajasi ham qisman o‘xshash bo‘lgan interferensiyali hollarga kiradi. O‘zbek
tilida «men keldim»o‘rniga «keldim», «sen kelding»o‘rniga «kelding» deyish
mumkin
15
. Ammo ingliz tilida bunday deb bo‘lmaydi, chunki shaxs
qo‘shimchalari yo‘q. Ona tili ta’sirida o‘zbek o‘quvchilari o‘z nutqida fe’ldan
oldin olmoshni tushirib qoldirishlari mumkin: I cameo‘rniga came. Egalik
olmoshlari ingliz tilida ham, o‘zbek tilida ham bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida
ma’lum tafavvut bor, chunonchi: ingliz tilidagi bog‘langan (conjoint) egalik
olmoshlari shakllari o‘zbek tilidagi qaratqich kelishigidagi kishilik
olmoshlariga, mustaqil (absolute) egalik olmoshlari o‘zbek tilidagi egalik
olmoshlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, my, your, his, herkabilar ingliz tilida egalik
olmoshlari bo‘lsa, o‘zbek tilida ularga mos keluvchi mening, sening, uning kabi
olmoshlar kishilik olmoshlaridir.
3)ingliz tilida otlar oldidan yordamchi so‘zlar (predloglar) ning
qo‘llanilishi ingliz tilidagi ot turkumiga xos xususiyatlardan biridir, chunki,
ingliz tilida otlar fleksiyaga boy emas. Ba’zi ingliz predloglari o‘zaro
ma’nodoshdir. Chunonchi, o‘zbek tilidagi jo‘nalish kelishigi N+ga ingliz tilidagi
14
O‘sha betda
15
MasharipovaG. O‘zbekistondachog’ishtirmatilshunoslikningtaraqqiyoti.diss.- T., 2012. b- 23.
962
to+N, into+N, on+N, towards+N, at+Nstrukturalariga muvofiq keladi. Bu esa
o‘quvchilar predlog tanlashlarida xato qilishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradigan xollardan biri ingliz tilidagi from+N
predlogi birikmasi
o‘zbek tilidagi N+danshakliga ba’zan muvofiq kelishi yoki aksincha bo‘lishi
mumkindir. O‘quvchilar ko‘pinchaI asked him strukturasi o‘rniga I asked from him
tarzida predlogni noo‘rin qo‘llashadi
16
.
4) ona tilining interferensiyasi tarjimada so‘z tartibini noto‘g‘ri
qo‘llashga ham sababchi bo‘ladi. Ma’lumki, ingliz tilidagi turg‘un so‘z tartibi eng
asosiy grammatik belgilardan hisoblanadi. O‘zbek tilida esakelishik tizimining
taraqqiy etganligi so‘z tartibini turg‘un qo‘llashni qisman taqozo etmaydi.
O‘zbek tilida so‘z tartibining nisbatan erkinligi ingliz tilidagi turg‘un so‘z
tartibining buzilishiga olib keladi. Masalan: The cat ate the mouse- Mushuk
sichqonni yedi.
Ingliz tilida so‘z tartibi o‘zgarsa, mazmun ham o‘zgaradi: The mouse ate
the cat- sichqon mushukni yedi.Ingliz tilidagi turg‘un gap tartibi anglatadigan
fikrni o‘zbek tilida so‘zlar o‘rtasidagi aloqani o‘zgartiradigan maxsus
grammatik belgilar vositasida anglatsa bo‘ladi. Tarjima jarayonida ingliz
vao‘zbek tillari grammatikasining taqqoslab o‘rganish yaqindagina boshlangan
bo‘lib, hozirgi kunda bu ikki til tizimini mufassal taqqoslash uchun mavjud
manba yetarli emas. Shu sababli ikkala til tizimining universal taksonomiyasini
yaratish uchun avval ish metodining ma’lum mezonini yaratish, grammatik
yarus o‘lchov birliklarini tanlab, grammatik darajalarni ifodalashda ulardan
foydalanish yo‘llarini o‘rganish va ularni tipologik tatbiq qilishni bilib olish
shart. Shunday qilib, turli til tizimlarini taqqoslashda tillar tizimlarini
umumlashtirish va qiyoslash ko‘zda tutiladi. J. Bo‘ronov ikkita tilning
chog‘ishtirma- tipologik tadqiqini turli til xodisalarini mushtarak yoki
farqliligini aniqlash va tizimlash yo‘lidagi dastlabki qadam, deb hisoblash
16
O‘sha bet
963
mumkin, deb to‘g‘ri qayd qiladi
17
.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, ushbu maqolani yozish
jarayonida chuqur izlanish olib borishga to‘g‘ri keldi, chunki o‘zbek
tarjimashunosligida bu mavzu hali to‘liqligicha, batafsil yoritilmagan edi.
Interferensiya hodisasi shunday hodisaki, tarjima bor ekan u ham mavjud.
Interferensiya hodisasini butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi. Faqatgina uning oldini
olish va interferensiya hodisasini sodir etmaslikka harakat qilishimiz mumkin.
Ammo zamon o‘zgarib rivojlangani sari interferensiya hodisasi ham yangilanib,
rivojlanib boraveradi va uning yangidan yangi turlari paydo bo‘lish ehtimoli
katta. Interferensiya hodisasining oldini olishning yo‘li tilni o‘sha muhit
doirasida o‘rganishdir. Albatta bu holat interferensiya hodisasini to‘laligicha
bartaraf etmaydi, hech bo‘lmaganda bu hodisaning kam holatlarda kuzatilish
ehtimolini keltirib chiqaradi. Ushbu ilmiy maqolani yozish mobaynida quyida
keltirilgan bir qator natija va xulosalarga erishildi:
1. Grammatik interferensiyaning tarjimaga hamda tilshunoslikka
ko‘rsatadigan ta’siri atroflicha o‘rganib chiqildi;
2. Grammatik interferensiya muammolarini bartaraf etish uchun
birinchi navbatda interferensiya tushunchasi, uning mohiyati, kelib chiqish
sabablariga oydinlik kiritish talab etiladi. Shu sababdan ham, ushbu maqolada
interferensiya hodisasiga kengroq to‘xtalish, uning turlariga aniqlik kiritishga
alohida e’tibor berildi;
3. Interferensiya hodisasi ikki va undan ortiq tilda so‘zlashuvchilar
nutqida hamda tarjima jarayonida paydo bo‘ladigan til normalarining buzilish
holati bo‘lganligi sababli ushbu hodisani o‘rganish jarayonida tarjima va
tilshunoslik sohasi aloqada bo‘lgan holatda o‘rganildi;
4. Grammatik interferensiya hodisasi bartaraf etilmagan taqdirda,
anglashilayotgan mazmunga putur yetishda davom etadi;
17
MasharipovaG. O‘zbekistondachog’ishtirmatilshunoslikningtaraqqiyoti.diss.- T., 2012. b- 25.
964
Mazkur ilmiy maqola grammatik interferensiya muammosiga ma’lum
qadar yechim topish maqsadida ushbu hodisaga uchrashi mumkin bo‘lgan
holatlarni tuzilishi hamda keng ommaga havola etish zaruratining mavjudligini
namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |