yashirin ruhiyati, fe’l-atvori, umuman, o‘zlikni anglatish g‘oyalari aks etadi.
966
ta’madir. Butun vujudi bilan intizomli yozuvchi bo‘lgani vajidan u inson
tuyg‘ularining ich-ichiga kirib bora oladi va ularni ko‘rsatib beradi. Uning
chaqib oladigan tabiati xurofotlardan va hamoqotlardan nafratlanardi, kamdan
kam yozuvchilarda odamlik, hamdardlikni topish mumkin, u har narsani
bilishga qiziqadigan, nazarkarda odam edi. Bularning bari unga hayotni to‘g‘ri
aks ettirishga yordam berdi.[3, 390] Ayniqsa, uning shafqatsiz realizm aks
etgan ''Azizim'' romanida cheksiz idrok egasi bo‘lgan insonning ayrim illat va
qusurlari ro‘yi-rost ko‘rsatiladi. Ushbu romani orqali yozuvchi o‘sha davr
siyosatdonlarining va ularning qo’lidagi qog‘irchoqqa aylangan
jurnalistlarning hayotini, mamlakatda sodir bo’layotgan jaholat va
adolatsizlikning qurboniga aylangan shaxslar, razolatning ichki dunyosini
to‘laqonli ochib bergan. Bu asar 1975-yili o'zbek tiliga Ibrohim G‘ofurov
tomonidan tarjima qilingan bo‘lib, ko‘p o‘tmay o‘zbek kitobxonlarining ham
sevimli kitobiga aylanib ulgurdi.
XIX asr boshlarida Fransiya o‘z mustamlakalarini kengaytirish yo‘lida
bosqinchilik urushlarini olib boradi. Bu jarayondan ham o‘z manfaatini
ko'zlagan yuqori tabaqa vakillari - dvoryan va zodagonlar katta daromad olish
maqsadida hech qanday xunrezlikdan qaytishmaydi. Asar bosh qahramoni
qishloq qahvaxonachisining o‘g‘li Jorj Dyurua aynan shu ''Firibgarlar to‘dasiga''
dadil kirib boradi. Ushbu kiborlar jamiyatida esa faqatgina pastkash va razil
kimsalargina g'olib bo'la olardilar. Inson amali donga o‘xshaydi: o‘sib-unib,
hosilga kirishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.[5, 150] Romanda Jorj Dyurua ham
o‘sha donni yorib chiqqan va endigina kurtak yozayotgan yosh bir niholdek
asar davomida ''gurkirab'' o‘sib, yuqori amal pillapoyasini zabt etadi.
Shuningdek, maqsadga erishish dastagi sifatida ayollardan foydalanadi. U
Afrikada harbiy bo‘lib xizmat qilgan va mustamlaka xalqlarini kamsitish, qo‘lga
o‘lja kiritish ko‘zlangan harakatlarda qatnashadi. Albatta, bu omillar uning fe’l-
atvorida qo‘pol shaxsiyatparastlikni shakllantirishga xizmat qilgan. Oqibatda,
qay yo‘l bilan bo‘lsa-da, davlat orttirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bu
yigit Parij jamiyatining elita qatlami ichida o‘z omadini sinab ko‘rmoqchi
967
bo‘ladi. Bu qatlamning eng baland nuqtasidagi kuch-qudrat esa, erkaklardan
ko‘ra ko‘proq ularning rafiqalari qo‘lida bo‘ladi.Yigit o‘z niyati yo‘lida avval
qaysi xonimni yo‘ldan ozdirishi ''zarurligi''ni darhol anglab yetadi va
firibgarona sarguzashtlarini boshlaydi. Biroq odam bolasi elektr simi emaski,
birini musbat, birini manfiy desang[4, 334]. Ya’ni dunyoda mutlaq yaxshi yoki
mutlaq yomon odam bo’lmaydi. Dyurua ham gigant Moliya nahanglaridan
razillik va firibgarlikni o'rganib olib, o'zi ham yirik tovlamachilardan biriga
aylangan bo‘lsa-da, uning olg‘irligi, uddaburonligi va ziyrak zakovatiga tan
berish kerak. Negaki, Dyurua uzoqni oldindan ko‘ra biladi va har qanday qaltis
vaziyatlardan ham bosiqlik bilan chiqib keta oladi. Asardagi De Marel xonim,
Janob Volter va Volter xonim, Szyuanna, Larosh Mate, Janob Vodrek, Roza
xonim, shuningdek, janob Foreste singari obrazlar esa shubhasiz, Dyuruaning
kamol topishida poydevor vazifasini o‘taydi. “Fransuz hayoti” gazetasining
“siyosiy bo'limi” rahbari ayyor Janob Forestening Dyuruaga qarata aytgan gapi
go‘yoki uning tuban shaxsiyatiga ishora qiladi: “ – Gapimga ishon, o‘zingni
bilag‘on qilib ko‘rsatishdan oson ish yo’q. Hamma gap o‘zingning nodonligingni
boshqalarga oshkor qilib qo‘ymasligingda. Odamlarning hammasi – g‘irt omi va
ahmoq, hech birining to‘nkadan farqi yo‘q”.
Sen birovning yomon qilig'idan kulsang-rohatlanib kulma, achinib, izza
bo‘lib kul. Zotan, achinib, izza bo‘lib kulishning o‘zi-qayg‘u-hasratdir.[3, 275]
To‘g‘ri, asar boshida kitobxonda Dyurua obraziga nisbatan nafrat uyg‘onishi,
zaharxanda kulgu qo‘zg‘alishi mumkin.[3, 275] Lekin Dyuruaning illatlaridan
xulosa chiqarib, fazilatlaridan topqirlikni, qat'iyatlilikni, o‘z maqsadi yo‘lida
hech narsadan qaytmaslikni o‘rnak olish mumkin. Zero, badiy adabiyotning
ham, yozuvchining ham maqsadi shundadir. Qo‘shimcha sifatida asar
qahramonlari tilidan aytilgan fikr-mulohazalar o‘sha davr muhitining
nechog‘lik qahramonlar ongiga ta’sirini ko’rsatib, insonni chuqur mushohada
qilishga va asar mazmun mohiyatini teran anglashga ko‘maklashadi.
“- Ha, muhabbat umrning birdan-bir quvonchi, biroq har xil talablar
qoyaverib, biz uni rasvo qilamiz”. Asar bosh qahramonlaridan biri De Marel
968
honim tamonidan aytilgan ushbu so‘zlar ham muhabbatning ilohiy tuyg‘u
ekanligi ammo uning kamol topishi insonning sa’y-harakatlariga nechog‘lik
bog‘liq ekani ko‘rsatib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: