Annotation. The article provides information about the book of Ieronim Megizer
“Institutionum linguae Turcicae libri quatuor”. And also, a thematic classification of some
proverbs has been made.
Keywords: Iaronym Megizer, proverb, Turkic languages.
Ieronim Megizer grammatikasi “Institutinnum linguae Turcicae libri
quatuor” (Turkiy tilning to‘rt kitobdan iborat asosiy qoidalari) turkiy tilning
Yevropada ishlangan ilk chop etilgan grammatikasi bo‘lib, 1612 yilda
Leypsigda nashr qilingan, uning nusxasi Leypsig universitetining
kutubxonasida saqlanadi. Ieronim Megizer (Hieronim Megisero), uning
biografi T.Elsening ta’riflashicha, “Asosli va ko‘p qirrali bilimlarga, boy
∗
Maqola F.SH.Nuriyeva, M.M. Petrova, М.М.Sunggatullinalarning “Особенности перевода тюрко-
латинской грамматики Иеронима Мигизера «Institutionum linguae Turcicae libri quatuor» (1612)
(Российская тюркология. – М.: 2012. №2 (7). С. 92-97.)” maqolasi tarjimasi asosida tayyorlandi.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
917
sayyohlik tajribasiga ega bo‘lgan olimdir” (Elza 1885: 183-185). Ieronim
Megizer 1554-yilda Shtutgartda tug‘ilgan. 1571-1577-yillarda Tyubengenda
o‘qigan, o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, mustaqil mashg‘ulotlar olib borgan. 1582-
yilda Paduya shahrida huquqni o‘rgangan. Ko‘p sayohat qilgan: Italiyada,
Maltada, Angliyada, Gollandiyada bo‘lgan. Shuningdek, tarixni o‘rgangan,
kartografiya va astronomiya bilan shug‘ullangan. 1590-yildan Grasda
ersgersog Karlning tarixnavisi lavozimini egallagan. 1593-1601-yillarda
Klagenfurtdagi protestantlar maktabining direktori bo‘lib ishlagan.
Frankfurtga qaytgandan keyin Leypsig universiteti professori lavozini
egallagan. 1612-yilda unga Avstriyaning Linse shahridagi shahar
kutubxonasida direktor lavozimini taklif qilishgan. Ieronim Megizer 1619-yilda
Linseda vafot etgan.
I.Megizer adabiyotda tarixiy, geografik, falsafiy va she’riy asarlar muallifi
sifatida nom qoldirgan. Biz unga “Marko Poloning sayohatlari” –ilk nemis
nashri uchun, sayohatchilarning Sibir haqidagi hikoyalaridan kompelyatsiyalar
(Alekseev 1968: 75-282) uchun, ilk cho‘ntak yo‘lko‘rsatkichlar, ilk turkiy
grammatika uchun minnatdormiz. U 36 tadan ortiq bir necha martalab nashr
qilingan ijod namunalarini qoldirgan bo‘lib, ular hozirgi vaqtda
kutubxonamizning nodir manbalari sifatida saqlanadi.
Megizer ko‘p tilni bilgan, bu esa uning ko‘p sonli mehnatlarida o‘z
tasdig‘ini topgan: 759 bet hajmli “Barcha tillar xazinasi yoki Ko‘p tilli lug‘at” –
eski va zamonaviy olamning muhim lahjalari qiyosiy lug‘ati. Ushbu lug‘atda
lotincha so‘zlarga muvofiq keluvchi, muallif ixtiyoridagi manbalar qanchalik
imkon bergan bo‘lsa, shuncha turli tillardagi so‘zlar berilgan. Masalan A, Ab
harflari bilan boshlanuvchi lotincha so‘zlar 31 ta, brevis so‘zi 19 ta, cavea
so‘zi13 ta, color so‘zi esa 16 ta tildagi misoli bilan birga beriladi (Alekseev 1968:
55-56).
“Institutinnum linguae Turcicae libri quatuor” grammatikasi lotin
tilidagi grammatikalar namunasi asosida tuzilgan (Kononov 1976: 16). Bizning
davrimizda ushbu ishga berilgan ilk ta’riflar turk olimi A.Dilyacharga (Dılaḉar
918
1970: 197-210), tatarcha chop etilgan kitob tarixiga bag‘ishlangan tadqiqotlar
muallifi, tatar olimi A.Karimuldinga (Karimuldin 2002: 42-46), Tatar
folklorshunosi X.Mahmudovga (Mahmudov 2002: 175-178), nemis olimi
Shtaynga (Stein 1984: 55-104) mansub.
Umumiy hajmi 340 sahifani tashkil etgan grammatika aniq tuzilishga
ega. “Institutinnum linguae Turcicae libri quatuor”ning kirish qismi titul
varag‘i, ish qismlarining kengaytirilgan mazmuni va bag‘ishlov murojaatidan
iborat (Megisero 1612: 12-26). Murojaatnoma eski rasmiy uslub qoidalariga
ko‘ra ancha mufassal bo‘lib, “Bag‘ishlov”ni hamda mazkur ishning zarurligi va
dolzarbligi asosini o‘z ichiga oladi. Ishning bu qismi nafaqat tilshunoslar, balki
Yevropaning XV-XVII asrlardagi tarixini o‘rganuvchi olimlarda ham qiziqish
uyg‘otadi, chunki ayrim tarixiy voqealarning aniq sanalarini saqlaydi. Muallif
tillar ham jang qilishi va hayotni asrab qolishi mumkinligi ta’kidlaydi.
Grammatik materialni o‘rganish o‘sha davrda tillarning qiyosi bo‘yicha
tadqiqotlar boshlanganligini ko‘rsatadi. Lotin grammatikasidagidek birinchi
bo‘lim tovush tizimini ifodalaydi, ikkinchi bo‘limda esa so‘z turkumlari ko‘rib
chiqiladi.
“De Orthographia Turc-Arabica” (Megisero 1612: 27-77) nomli birinchi
bo‘lim fonetikaga bag‘ishlanadi, arab-turkiy alifbosining umumiy
xarakteristikasi beriladi. 31 harfdan iborat bo‘lgan alifbo nomlari bilan
ta’riflanadi, so‘zdagi o‘rniga muvofiq variantlari ko‘rsatiladi, lotin grafikasi
orqali harflarning tovush ma’nolari aniqlashtiriladi, shuningdek, arab shrifti
namunalari keltirib o‘tiladi. Muallif arab alifbosining turkiy fonetikaga
moslashishini mulohaza qiladi, arab alifbosida mavjud bo‘lmagan harflarni
alohida ko‘rib chiqadi va qo‘shimcha belgilarni ishlatadi. Lotin tilida mavjud
bo‘lmagan, turkiy tildagi sirg‘aluvchi tovushlarni belgilashda harf
birikmalaridan foydalanadi, masalan, fch, dfch, tfch.
Grammatika matnida “harf va tovush” munosabati masalasi, lotin
grafikasining turkiy til o‘ziga xosliklarini ifodalash uchun moslashishi
kuzatiladi. Masalan, ayrim so‘zlarning yozilishida variativlik: seumek, seufmek,
919
sevmek “sevmoq”; tschachsir, tschakfchir “etig”; baschka, baschkaia “boshqa”;
abret, affaret, avurat “ayol” va boshq.; “s” s tovushining ifodalanishidagi turli-
tumanlik kuzatiladi. Nazarimizda, bu axborot beruvchilar dialektidagi ortiqcha
talaffuzning in’ikosidir. Turkiy tillarga xos bo‘lgan til oldi chuqur unlilarni
berish uchun I.Megizer quyidagi usullarni qo‘llaydi: {ü} ko‘p hollarda “u” harfi
yordamida (hurmet “hurmat”, iurekli “yurakli”), kam hollarda “ü” yordamida
beriladi (elirlük “hayot”, eutlelük “avliyolik”); {ö} asosan {o} yoki {io} orqali
ifodalanadi (dort “to‘rt”, giog “osmon”) va boshqalar.
Undoshlarning hosil bo‘lishiga katta ahamiyat beriladi. Muallif
undoshlarni quyidagicha tasniflaydi: labial, labli va o‘rta undoshlar. Shuni ham
qayd qilish joizki, I.Megizer tomonidan qator undoshlar bilan boshlanuvchi so‘z
boshiga qo‘shimcha unli tovush qo‘shilishi o‘rinli qayd qilinadi, masalan:
fcendere, ifcendere. Bularning barchasi I.Megizerning nozik lisoniy idroki va
uning kitobxonga turkiy til talaffuzini nisbatan to‘liq va aniq ifodalashga
xohishi borligidan dalolat beradi.
Bo‘lim fasllarida arab kalligrafiyasini va bog‘lanishli nutq mashqlari
xususiyatlarini qayta ishlash maqsadida Qur’on matnidan namunalar, arab
yozuvidagi maqol va matallar, ularning lotin tilidagi transkripsiyasi va
tarjimasi keltirilgan. I.Megizer turkiy nutqni to‘g‘ri va erkin o‘zlashtirish uchun
amaliyotning muhimligini ta’kidlaydi.
“Isagoges Grammatica Turcica” (Megisero 1612:79-181) nomli ikkinchi
bo‘limda quyidagi so‘z turkumlari va grammatik kategoriyalar batafsil
izohlangan: ot, son, olmosh, fe’l, sifatdosh, ravish, ko‘makchilar, bog‘lovchilar,
undov so‘zlar. So‘z turkumlarining lotin grammatikasi namunasi bo‘yicha
umumiy ta’riflari berilmagan, ot, sifat va olmosh otlar tarkibida ko‘rib chiqiladi,
jins kategoriyasi tilga olinadi (generis). I.Megizerning qayd qilishicha, jins
grammatik kategoriyasi va so‘zlarning moslashishi ushbu tamoyil bo‘yicha
turkiylarga xos emas, son va kelishiklarda o‘zgarish esa lotin tili bilan muayyan
o‘xshashlikka ega (Megisero 1612:79-89). Faqat turkiy tillarga xos bo‘lgan
egalik kategoriyasi alohida qiziqishni uyg‘otadi. Megizer nafaqat ushbu o‘ziga
920
xos kategoriyaga e’tibor qaratdi, balki uni ancha to‘g‘ri talqin qildi ham. Biroq
egalik olmoshini alohida guruh qilib ajratdi. (Megisero 1612:96-106). Turkiy
tillarga nisbatan qo‘llaniluvchi terminologiya hali shakllanmaganligi uchun
qo‘shimchalarni belgilash uchun I.Megizer “chastitsa (parcha, yuklama)” va
“slovso (so‘zcha)” terminlarini ishlatadi. Tatar tiliga tarjima qilinganda ular
zamonaviy terminlar bilan almashtirildi.
Turkiy tillardagi eng murakkab so‘z turkumlaridan biri bo‘lgan fe’l
ta’rifiga alohida o‘rin ajratiladi (Megisero 1612:106-159). Xususan, son, shaxs,
tuslanish, zamon, nisbat, inkor va tasdiq shakllari ajratilgan. I.Megizer fe’l
asosini tadqiq qiladi, uni ajratish qoidasini keltirib o‘tadi. Shaxs fe’llari (balki
fe’l shaxslari nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin) orasida indicativus,
imperativus, subiunctivus fe’llari ko‘rib chiqiladi. Ehtimol sub’yunktiv deganda
muallif lotin tilidagi qo‘shimcha maylni nazarda tutib, to‘rtta zamondagi
tuslanishni keltirib o‘tadi. Biroq, turkiy tilda bu kabi turli zamonli tuslanish
mavjud emas. Tatar tiliga tarjima qilish jarayonida muallif fikrlarini berish
bilan cheklandik, shuning uchun ayrim o‘rinlarda tarjima formal xarakterga
ega bo‘lishi mumkin.
Fe’lning shaxssiz shakllaridan faqat sifatdosh va infinitiv ajratiladi,
ravishdoshga muvofiq keluvchi shakllar esa infinitivus paradigmasiga
kiritilgan.
Ushbu bo‘limda shu kabi bo‘linishlarga ega ravishlar ro‘yxati beriladi va
muallif ba’zan mazkur so‘z turkumini juda keng izohlaydi. Bu yerda
ko‘makchilar, bog‘lovchilar va undovlar illustrativ materialni jalb qilgan holda
ko‘rib chiqilmaydi.
Tabiiyki, muallif fikrlarida biz qo‘shilmaydigan o‘rinlar ham bor. Shu
o‘rinda qayd etish joizki, bu yevropaliklarning turkiy til haqidagi dastlabki
ishlardan biri. Qolaversa, o‘sha davr tilshunoslarida mavjud steriotiplarga
qaramasdan I.Megizer turkiy tilning fundamental asoslarini va uning o‘ziga
xosligini ochib berishga muvaffaq bo‘lgan.
921
Uchinchi bo‘limda majmuaviy material, turli mashqlar, Xristian dining
asosiy holatlari, bir qismi turkiy asosga ega bo‘lgan, bir qismi esa turkiy tilga
lotin tilidan tarjima qilingan maqol va matallar keltirilgan. Poliglot sifatida
I.Megizer fikrlardagi o‘xshashlikni yaqqolroq yetkazib berishni xohlagan,
shuning uchun mazmunan o‘zaro yaqin bo‘lgan tillar: turkiy, arab, forsiy, lotin,
nemis, italyan tillaridan maqollar kiritgan.
Uchinchi bo‘limdagi materiallarni tatar va rus tillariga tarjima qilish
jarayonida muallif matnini saqlashga harakat qildik. Ammo ish jarayonida bir
qadar murakkabliklarga duch keldik. Megizer tomonidan maqollarning turkiy
qismi bir variantda, ayrim o‘rinlarda esa ularning arab va fors tillaridagi
ekvivalentlari keltirib o‘tiladi. Lotin tilidagi qismida turkiy maqollar
mazmunini yetkazishning turli usullarini ko‘rishimiz mumkin. Ko‘p hollarda
lotin, nemis va italyan tillaridagi ekvivalenti qo‘llanilgan. Muallif turkiy
tillardagi maqollarning ekvivalentini topa olmagan paytda maqollarni lotin
yoki nemis tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilgan. Ayrim o‘rinlarda, u bunday
tarjimani qo‘shimcha izoh bilan bergan (masalan: № 5, 37, 190 va hokazo).
Muallif tomonidan tarjima ekvivalentlari qo‘llanilgan o‘rinlarda turkiy
maqollarni so‘zma-so‘z tarjima qilish kerakmi, yoki muallif tomonidan berilgan
Yevropa tillaridan olingan ekvivalentlarni asos sifatida olish kerakmi, degan
mulohazalar paydo bo‘ldi. Tatar tiliga tarjima qilish jarayonida turkiy tildagi
maqollarni asos sifatida olishga urindik, ularning leksik va mazmuniy
yetkazilishini ta’minlash bilan cheklandik. Rus tiliga tarjima qilganda esa biz
boshqa usullardan foydalandik. Ko‘p o‘rinlarda muammoga duch kelmadik,
negaki tarjimalar juda yaqin edi, turkiy va lotin tilidagi maqollar ayrim leksik
tafovvutlarni hisobga olmaganda o‘zaro mos kelar edi. Muqaddas kitoblardan
yoki mashhur antik mualliflardan hikmatlar berilganda lotin tilidagi variantni
afzal ko‘rdik (masalan: № 7, 13, 61, 88, 187 va boshq.). Qolaversa, bu
frazeologik birliklarni turli tizimga oid tillarga tarjima qilishning ma’qul
usullaridan biri (istalgan ikki tilli lug‘atga qarang). Ayrim holatlarda so‘zma-
so‘z turkiy tarjimadan foydalandik (№ 184, 188, 189, 193 va boshq.).
922
Oxirgi (to‘rtinchi) bo‘lim “Dictionarium Latino-Turcicum et Turcico-
Latinum” (Megisero 1612: 228-338) ikkita lug‘atdan iborat: lotincha-turkiycha
(2560 so‘z) va turkiycha-lotincha (2440 so‘z). Bizning ishda lug‘atning faqat
turkcha-lotincha, lotincha-turkcha qismi keltirilgan va tatar hamda rus tillariga
tarjima qilingan.
Lug‘at mazmuni rang-barang bo‘lib, hayotning deyarli barcha jabhalarini
qamrab oladi. Lug‘atning asosiy qismini nisbatan faol qo‘llaniluvchi tushuncha,
hodisa va predmetlarning nomlari tashkil qiladi. Bundan tashqari, juda ko‘p
atoqli otlar keltirilgan. Atoqli otlar qatorining aksariyat qismi erkaklarning
ismi. Bunda Bibliyadagi matnlar yoki siyosiy, tarixiy voqealar bilan bog‘liq
ismlar keltirilgan (Avraam-Abram-Ibragim, Aleksanr-Iskander, Mariya va
boshq.). Geografik nomlar alohida guruhni tashkil etadi. Toponimika o‘zining
rang-barangligida berilgan. Aholi punktlari, suv ob’ektlari, relef xususiyatlari,
siyosiy-boshqaruv birliklari nomlari kitob yozilgan davr yoki uzoq bo‘lmagan
o‘tmish, tarix bilan bog‘liq voqealar bilan aloqador.
Lug‘atda ilmiy material ham mavjud bo‘lib, asosan ular tibbiy nomlar,
shuningdek o‘simlik yoki hayvonot olamiga taalluqli. Harbiy leksika lug‘atda
ancha keng ifodalangan: harbiy bo‘linmalar, harbiy lager inshootlari, qurol-
yarog‘lar nomlari, ot anjom-aslahalari (abzal), oshxona buyumlarini nomlovchi
so‘zlar.
Savdo-sotiq va boshqaruv faoliyatiga dahldor leksika juda qiziq. Oziq-
ovqat mahsulotlari, noz-ne’matlar, ichimliklar, jumladan turkiy taomlarning
nomlari berilgan (masalan: palov, sharbat, qatiq).
Lug‘at tarkibi hech ham nazariy qismdagi material illustrasiyasi bilan
cheklanmaydi. Lug‘at leksik materialining kengligi, grammatik qismdagi ayrim
metodik xarakterdagi izohlar, materiallarni berish xarakteri, ancha erkin ifoda
uslubi, boy sinonimika Megizer turkiy tili grammatikasi o‘zining aniqligi va
grammatik ravshanligi bilan bir qatorda, mustaqil o‘rgatuvchi qirralarini ham
ifodalaydi. Bu ishning qimmatini sira pasaytirmaydi, aksincha, nafaqat
923
umumadabiy til leksikasiga doir material, balki so‘zlashuv nutqini aks
ettiruvchi, undov xarakteridagi kundalik ifodalar bilan o‘ziga jalb qiladi.
Grammatika, shuningdek maqollar lug‘ati turkiy tilni o‘rganuvchilar
uchun qimmatili material bo‘lib, uning turli insonlar tomonidan qo‘llanilishi
uchun istiqbolni ochib berdi.
Lug‘at tarkibi ancha sodda. Lug‘at maqolasi ikkita ustundan iborat:
birinchi ustun –turkiy so‘zlar, ikkinchi ustun –lotincha so‘zlar. I.Megizer
nashrining ayrim o‘rinlarida texnik kamchiliklar uchraydi: bir ustunchadagi
so‘zlar ikkinchi ustunchada ham berilib qolgan. Masalan: turkiy materialdagi
fe’lning va otning qo‘shimcha shakllarini ko‘rsatib beriladi. Odatda, so‘zlar
bitta tarjima bilan berilgan va ular har doim ham so‘z ma’nosini to‘g‘ri
tushunish uchun kifoya qilmagan. Megizerning o‘zi ham buni qayd etib o‘tadi
va so‘zning faqat asosiy ma’nosini olganligini ta’kidlaydi: “Ushbu turkiy tilni
hatto yuzaki bilgan holatda ham juda katta foyda va qulayliklar yuz beradi. Bu
tildagi so‘zning faqat asosiy ma’nosi o‘zlashtirilsa ham, ishonamanki, ma’no
to‘liq tushuniladi. Sen Muhtaramga bu yaxshi ma’lum, shuning uchun
tushuntirish uchun ko‘p so‘z ishlatishning hojati yo‘q. Inson hayotining barcha
jabhalarida, hatto, tinch zamonda ham, urush vaqtida ham, uyda ham, harbiy
yurishda ham barcha joyda chet tillarini bilish, xususan bizning asrda ham
turkiy tilni bilish va tushunish ajoyib, faxrli, maqtovga loyiqdir” (Megizer
2012:15-16). Maqollarga batafsil izohlar berilgan bo‘lsa, lug‘atda lotincha qism
sxematik tarzda, ko‘rsatmalarsiz beriladi.
Bu o‘rinda shunday taxminni ilgari surish mumkinki, lotin tilini biladigan
insonlar uchun bu kabi ko‘rsatmalar ortiqcha edi. O‘sha davrning esa deyarli
har bir ziyoli insoni lotin tilini bilgan. Turkiy qismda qo‘shimcha ma’lumot
keltiriladi. Masalan, fe’llarda nafaqat infinitiv, balki aniqlik maylidagi birinchi
shaxs shakli ham beriladi. Lotin qismida esa bir o‘rinlarda infinitiv, boshqa
o‘rinlarda esa hozirgi zamonning birinchi shaxs shakli beriladi. Bu
tarjimalarimizda ham aks etdi: tatarcha tarjima turkiy qismdagi so‘zni
yetkazishga asoslangan, ruscha tarjima esa lotin tilidagi qismga asoslangan.
924
Do'stlaringiz bilan baham: |