Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet554/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

Аннотация. В статье анализируется художественная ценность “Devonu lugʻotit-

turk” и его роль в узбекской лингвистике и литературе. Кроме того, изучается значение 

этой работы в лексикографии и этимологии слов в узбекском языке. 

Ключевые  слова:  словарь,  этимология,  транскрипция,  перевод,  девон,  садж, 

пословица, песня, морфология.

 

 

 

 



“Devonu  lugʻotit-turk”  (“Turkiy  soʻzlar  devoni”)  —  Mahmud 

Koshgʻariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72). Bu asarda 11-

a. ning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan 

turkiy  urugʻ  va  qabilalar,  ularning  ijtimoiy  ahvoli,  tili,  tarixi,  bu  hududning 

geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib 

qoldirilgan.  “Devonu  lugʻotit-turk”  ning  qoʻlyozmasi  1914-y. Turkiyaning 

Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qoʻlyozma Istanbulda saqlanadi. 



 

926 


Bu  nusxa  «Devonu  lugʻotit-turk»  yozilganidan  salkam  200  yil  keyin,  ya’ni 

Mahmud  Koshgʻariyning  oʻz  qoʻli  bilan  yozilgan  nusxadan  1266-yilda  kotib 

Muhammad  ibn  Abu  Bakr  ibn  Fotihal-Soviy al-Damashqiy  tomonidan 

koʻchirilgan. 

  

“Devonu  lugʻotit-turk”  arab  tilida  yozilgan,  8  mingdan  ortiq  turkiy 



soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish maqsadida arabcha harakatlar (harflardagi ost-

ust  ishoralar)dan  foydalanilgan.  Bunda,  albatta,  muallif  ancha  qiyinchilikka 

uchragan,  chunki  arabcha  harf  va  alif,  vov,  yo)  ishoralari  bilan  turkiy 

tovushlarni berib boʻlmas edi. Turkiy tildagi choʻziq va qisqa unlilar, yumshoq 

va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshgʻariy maxsus belgilar (harakatlar)ni 

qoʻllaydi yoki soʻz boshidagi choʻziqlikni ikki alif bilan koʻrsatadi yoki ikki xil 

talaffuz qilinadigan soʻzlarga 2 xil ishora qoʻyadi: azuqluq, eritmak soʻzlaridagi 

Z” va “R” harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qoʻygan, demak, bu 

soʻzlar oʻsha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq — azuqluq, eritmak — 

erutmak kabi. Arabcha harf b-n koʻrsatish mumkin boʻlmagan turkiy talaffuzni 

«Devonu  lugʻotit-turk»da  izohlab,  ta’riflab  oʻtgan.  “Devonu  lugʻotit-turk”da, 

avvalo,  otlar,  soʻng  fe’llar  izohlanadi.  Soʻzlar  tartibi  ularning  tarkibidagi 

harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan. 

V. V. Bartold «Devonu lugʻotit-turk»dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini 

sharqshunos  S.  Volin  koʻrsatib  oʻtgan.  Tilshunos  olim  V.  I.  Belyaev  “Devonu 

lugʻotit-turk” haqida shunday yozadi: “Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho 

berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni 

shaxsan  kuzatishga  asoslangan…  Muallif  bergan  ma’lumotlar…  arxeologik 

kashfiyotlar  bu  ma’lumotlarning  aksariyatini  isbot  etmoqda”.  Nemis 

sharqshunosi  K.  Brokkelman  “Devonu  lugʻotit-turk”  asarini  1928-yili nemis 

tiliga  tarjima  qildi.  “Devonu  lugʻotit-turk”  qoʻlyozmasining  fotonusxasi 

Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan 

(3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. “Devonu lugʻotit-

turk” ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957-y. amalga oshirildi. “Devonu 

lugʻotit-turk”  ikkinchi  boʻlib  oʻzbek  tiliga  tarjima  qilinib,  muhim  izoh  va 




 

927 


tafsirlari bilan 1960—63 y. lari Toshkentda “Fan” nashriyotida 3 jildda chop 

etilgan. 

Qoraxoniylar davlati hukm surgan toʻrt asr mobaynida Markaziy Osiyo 

xalqlari nisbatan tinch-osuda va farovon yashadi. Buning oqibatida barqaror 

vaziyat  hukm  surib,  ilm-fan  va  madaniyatning  ravnaq  topishi  uchun 

imkoniyatlar  vujudga  keldi.  Natijada  ulugʻ  ajdodlarimiz  -  faylasuflar, 

tarixchilar, astronomlar, shoirlar samarali ijod qilishdi. Turkiy olimlar arab va 

fors  tillarini,  binobarin,  Gʻarb  ijodkorlarining  yunon  tilidan  arabchaga 

oʻgirilgan  asarlarini  mukammal  bilishgan  va  turkiy  islom  madaniyatini 

yaratishda ulardan foydalanishgan. 

Qoraxoniylar  davri  yuqori  darajali  madaniyatdan  buyuk  Firdavsiyning 

“Shohnoma” dostoni bilan qiyoslanishi mumkin boʻlgan Yusuf Xos Hojibning 

"Qutadgʻu  bilig”  (“Saodatga  eltuvchi  bilim”)  -  falsafiy-didaktik  dostoni  va 

Mahmud  Qoshgʻariyning  “Devoni  lugʻatit  turk”  asari  chinakamiga  guvohlik 

beradi. Buyuk tilshunos olim Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻatit turk” 

asari  Qoraxoniylar  davrining  noyob  durdonasi  hisoblanadi.  U  oʻlmas  obida 

sirasiga  kiradi  va  oʻzida  davr  tili,  adabiyoti,  tibbiyoti,  tarixi,  geografiyasi, 

etnografiyasi, hunarmandchiligi va astronomiyasi haqidagi bilimlarni qamrab 

olgan. 

“Devoni  lugʻatit  turk”dagi  geografiyaga  oid  ma'lumotlar  gʻoyat  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Sababiki,  asarida  turkiy  xalqlar  joylashgan  hududlar 

ta'rifini  keltirgan  va  u  muallif  dunyodagi  eng  qadimiy  turkiy  xarita  muallifi 

hisoblanadi.  Ushbu  xarita  XI  asrdagi  Osiyoning  eng  qadimiy  va  ahamiyatli 

xaritasi  boʻlib,  unda  geometrik  aniq  shakllarda  togʻlar,  koʻllar  va  daryolar 

koʻrsatilgan, eng muhim shaharlar va qabilalar qayd etilgan. Yer yumaloq ekani 

haqidagi qarashlar qadimdan paydo boʻlganini bilasiz. Mahmud Qoshgʻariy bu 

boradagi fikrlarni ilmiy asosda rivojlantirgan. Yer yumaloqligini tasdiqlovchi u 

yaratgan  xarita  oʻz  davri  uchun  gʻoyatda  qadrli  hisoblanadi.  Vaholanki, 

Yevropada XVI asrdagina Kopernik (1473-1543) Mahmud Qoshgʻariy haqligini 

-  yer  yumaloqligi,  oʻz  oʻqi  atrofida  aylanishini  isbotlab  berdi.  Mahmud 




 

928 


Qoshgʻariy Qoraxoniylar davlati hukmdori Yusup Qodirxonning evarasi edi. Bu 

haqdagi xabar “Devoni lugʻatit turk”da uchraydi.  

Qoraxoniylar  davrida  turkiy  tildagi  adabiyot  jadal  taraqqiy  etdi.  Mahmud 

Qoshgʻariy turkiy tillar shevalarini tadqiq qiluvchi asari orqali mumtoz turkiy 

adabiyot va she'riyat, xalq ogʻzaki ijodi ravnaqi uchun zamin hozirladi, turkiy 

xalqlar  adabiy  tilini  ishlab  chiqdi,  unga  sayqal  berdi.  Natijada  turkiy 

she'riyatning  asosiy  janrlari  shakllandi,  rivojlangan  she'riy  leksikaga  ega 

istioralar tizimi va nutq vositalari tugʻildi. Mahmud Qoshgʻariy jahonda turkiy 

tilning ijtimoiy lingvistikasi asoschisi, deb tan olinishi bejiz emas. 

Yanada muhimi shundaki, “Devoni lugʻatit turk” asarida oʻsha davrning ilgʻor 

kishilarini oʻylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks ettirgan 

fikrlar  va  gʻoyalar  jamlangan,  shaxs  va  jamiyatning  yanada  ijtimoiylashuvi 

yoʻllari  belgilab  berilgan.  Koʻp  bosqichli  falsafiy-axloqiy  muammolar, 

binobarin,  boylik  va  bilimning  oʻzaro  bogʻliqligi  haqidagi  fikrlar  chuqur 

ifodalangan. 

Boshqacha  aytganda,  ilk  oʻrta  asrlar  olimi  va  ijtimoiy  faylasufining 

qarashlari  olam,  xalq  taqdiri,  inson,  madaniyat,  ijtimoiy  adolat  toʻgʻrisidagi 

mushohadalarga yoʻgʻrilgan edi. 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish