Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet555/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   551   552   553   554   555   556   557   558   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Bilim va boylik goʻyoki atirgul va nargis kabi 

Gullamaydi gar tursalar yonma yon. 

Kimdaki boylik bisyor, uning bilimi yoʻqdir, 

Kimdaki bilim boʻlsa - boyligi yoʻq hisobi. 

Qadimiy  turkiy  she'riyatda  tilga  olingan  ushbu  muammo  -  bilim va 

boylikning bir-biriga zidligi toʻgʻrisidagi tushuncha oʻsha davr uchun dolzarb 

ahamiyatga  ega  boʻlgan.  Bu  masala  sharhi  oʻrta  asrlardagi  koʻplab  shoirlar, 

olimlar,  mutafakkirlar  merosida  uchraydi.  Ayni  paytda  u  turkiy  til  va 

adabiyotining asoschisi - Mahmud Qoshgʻariy asarlarida alohida oʻrin egallaydi. 

Mahmud  Qoshgʻariy  voqelikni  jonli  boʻ  yoklarda  aks  ettiradi,  unumli  hayot 

kechirish,  insofli  boʻlish,  ilm  egallash,  barcha  quvonchlardan  bahramand 

boʻlishga da'vat etadi. "Devonu lugʻatit turk" nihoyatda yuksak tarixiy va badiiy 



 

929 


ahamiyatga  ega,  ayni  paytda  u  turkiy  xalqlar  va  umuman  turkiy  olamning 

ijtimoiy-ma'naviy hayotiga kuchli ta'sir koʻrsatdi. 

Tarixiy  va  tarixiy-adabiy  manbalarda  Mahmud  Qoshgʻariy  hayoti  haqida 

nihoyatda kam ma'lumot saqlanib qolgan. Ma'lumki, u 1008-yilning boshida 

Qoshgʻar shahri yaqinidagi Opal qishlogʻida tugʻilgan. 1105-yilda 97 yoshida 

olamdan  oʻtgach,  Opalda  dafn  etilgan.  Maqbarasi  Muqaddas  ustoz  sagʻanasi, 

deya  nom  olgan  boʻlib,  unga  behisob  ziyoratchilar  tashrif  buyurishadi  va 

mutafakkir xoki oldida bosh egishadi.  

 

Koshg‘ariy asari, o‘zi ta’kidlashicha, “… oldin hech kim tuzmagan va hech 



kimga  ma’lum  bo‘lmagan  alohida  bir  tartibda”  tuzilgan.  Unda  ko‘p 

shevashunoslikka  oid  qiyosiy  qoidalar,  grammatik,  morfologik,  leksik, 

semantik  alomatlar  ko‘rsatilgan.  Asar  foydalanuvchilarga  osonlik  tug‘dirish 

uchun  sodda  yozilgan.  Unda  qadim  turk  alifbosi,  fonetik  qonuniyatlar  va 

orfografik  qoidalar  puxta  tushuntirib  berilgan.  Lug‘atda  turkiy  so‘z  tuzilishi 

an’analari, jumladan so‘z tartibi, fe’l shakllari, so‘z etimologiyasiga oid fikrlar 

bayon  etilgan.  Muallif  ko‘rsatishicha,  kitob  bo‘limdan,  muqaddima  va 

xulosadan iborat. Har bir bo‘limda ot-ism so‘zlar, fe’llar qulaylik uchun alohida 

ajratib  berilgan.  Asarda  7500  dan  oshiq  turkiy  so‘z  va  iboralar  izohlangan. 

“Devonu  lug‘atit  turk”  ham  adabiy  til,  ham  asosiy  turkiy  shevalarni  qamrab 

olgan bo‘lib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati o‘rtacha adabiy tildagi 

10–12 so‘zga, shevaga oid bir so‘zga to‘g‘ri keladi,  ya’ni umumturkiy adabiy 

tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat o‘sha davr islom mintaqasida turkiy 

adabiy  til  qancha  keng  tarqalgani  va  mustahkam  mavqega  ega  bo‘lganini 

tasdiqlovchi qat’iy dalildir. 

Lug‘atda  yuzlab  kishi  ismlari,  shahar  va  qishloq,  o‘lka  nomlari,  daryo, 

tog‘,  yaylov,  vodiy,  dara,  yo‘l,  dovon,  ko‘l,  soy  kabi  geografik  atamalar,  turli 

qabila,  urug‘,  elat,  sayyora,  yulduzlar,  fasllar  tilga  olinadi.  Asarga  Mahmud 

Qoshg‘ariy tuzgan dunyo xaritasi, dunyoning doira shaklidagi tasviri ham ilova 

qilingan.  Uning  markazida  Markaziy  Osiyo  joylashgan.  XI  asr  geografiya 




 

930 


ilmining  namunasi  bo‘lmish  bu  xarita  Qoshg‘ariyning  qomusiy  olimligining 

dalilidir. 

Mahmud  Qoshgʻariy  butun  Sharqqa  mashhur  boʻlgan  Soʻngra 

madrasasida tahsil olib uni taxminan 1055-yilda tamomladi. Soʻngra oʻqishini 

Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, 

huquqshunoslik,  tarix,  ilohiyot,  matematika,  astronomiya,  tibbiyot  fanlarini 

puxta  oʻzlashtirdi.  Turkiy  tildan  tashqari  arab  va  fors  tillarini  mukammal 

egalladi, ularning grammatikasidan xabardor boʻldi va haqiqiy qomusiy bilim 

sohibiga  aylandi.  "Devonu  lugʻatit  turk"  asarini  yaratish  uchun  Mahmud 

Qoshgʻariy turkiy qabilalar yashaydigan koʻplab shaharlar va qishloqlarni kezib 

chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057-yildan 1071-yilgacha) safari davomida keng 

koʻlamli tarixiy materiallarni toʻpladi. Buyuk olim oʻz kitobida 6800 dan ziyod 

turkiy  soʻzni  guruhlashtirdi,  (110  hudud,  koʻl  va  daryo,  40  elat  va  qabila 

nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she’r, 262 ta maqol va 

matal oʻrin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qoʻllagan 875 ta soʻz, 60 ta maqol 

va matal biron-bir oʻzgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan. 

Ushbu  asar  ilk  filologik  tadqiqot  va  turkiy  soʻzlar  etimologiyasi 

keltirilgan birinchi  qiyosiy  lugʻatdir.  Ayni  paytda  bu  asarni  faqat  lugʻat  deb 

hisoblash  notoʻgʻri,  unda  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  xalq  ogʻzaki  ijodi 

namunalariga xos koʻplab noyob ma'lumotlarni kuzatamiz. 

Kirish soʻzida Mahmud Qoshgʻariy shunday yozadi: “Men Falak turkiylar 

zaminida davlat yaratganini koʻrdim. Falak bu xalqlarni “turkiy” deya atadi va 

ularni  davlat  boshqaruviga  qoʻydi.  Hukmdorlar  turkiylar  edi  va  hokimiyat 

ularning qoʻlida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar oʻz hukmdorlarining 

adolatli  ishlarini  qoʻllab-quvvatlardi,  ular  bilan  yonma-yon  kurashar  edi  va 

turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylardan saqlanish uchun 

har bir oqil kishi ularga ergashmoqqa intilardi. Turkiylar qoʻllab-quvvatlashlari 

uchun ularning tilida soʻzlamoq kerak”. Ushbu fikrlar XI asrda tashkil topgan 

Qoraxoniylar  davlati  toʻgʻrisida  aytilgan  edi.  Chindan  ham  “Devonu  lugʻatit 



 

931 


turk” qomusiy asardir. U turkiy islomiy madaniyatni yanada boyitib, yuksak 

pogʻonaga koʻtardi. 

Mahmud Qoshgʻariy qonun va tartibga rioya qilishga da’vat etish bilan birga 

hayotni bebaho ne'mat sifatida qadrlashni uqtirdi, qayta-qayta ilmni ulugʻladi. 

Bir  soʻz  bilan  aytganda  “Devonu  lugʻatit  turk”  butun  ma'naviy  badiiy 

xususiyatlari bilan betakror obidaga, turkiy xalqlar tarixi toʻgʻrisidagi dostonga 

aylandi. 

Asar  bosh  gʻoyasi  bitta  falsafiy  fikrga  yoʻnaltirilgan.  Olim  yurtni  ulugʻlash, 

turkiy  xalqlarni  birlashtirish,  ijtimoiy  adolat  tamoyillarini  qaror  toptirish 

muhimligini ta'kidlaydi. 700 sahifadan iborat "Devoni lugʻatit turk" asari jahon 

madaniyati va ilm-fani  rivojiga  ulkan  hissa  qoʻshgan  xisoblanadi. 

Qoʻlyozmaning yagona va eng qadimgi nusxasi 1226-yilga oid boʻlib, Turkiya 

Milliy kutubxonasida saqlanadi. Mahmud Qoshgʻariy shuni isbotladiki, turkiy 

tilning  ahamiyati  arab  tilinikidan  kam  emas.  Til  va  adabiyotning  qadimiy 

obidasi – “Devonu lugʻatit turk” yaratilganidan buyon  oʻn asrdan oshiq vaqt 

oʻtdi. U hamon turkiy xalqlar tarixini oʻrganishda betakror manba hisoblanadi. 

Buyuk olim, turkiy leksikograf, grammatist va dialektolog Mahmud Qoshgʻariy 

nomi  turkiy  xalqlar  tarixiga  qiziquvchi  barcha  insonlar  uchun  qadrlidir. 

Koʻramizki,  Mahmud  Qoshgʻariy  oʻz  davridan  oʻzib  ketgan  qomusiy  bilim  va 

iqtidorga  ega  inson  boʻlgan,  dunyoda  oʻxshashi  yoʻq  nodir  lugʻat  yaratgan. 

Zamonaviy  turkologiyani  bu  asarsiz  tasavvur  etish  mushkul.  Oʻziga  xos 

xususiyati shu bilan izohlanadiki, u birinchi tarixiy-qiyosiy tadqiqotdir. Jahon 

kitobxonlari  hamon  bu  asarga  katta  qiziqish  bilan  qarashadi.  Uning  toʻliq 

tarjimasi Turkiyada amalga oshirilgan. Ayni paytda asar ingliz, nemis, frantsuz, 

uygʻur,  qozoq,  ozarbayjon,  turkman,  oʻzbek  va  rus  tillariga  oʻgirilgan. 

Materiallarining koʻp qismi Germaniyada bosilgan qadimiy turk tillari lugʻatida 

foydalanilgan.  Oʻtgan  asrda  chop  etilgan  “Qadimiy  turkiy  lugʻat”  asari  katta 

shuhrat qozongan boʻlib, unga “Devonu lugʻatit turk” asari asos boʻlib xizmat 

qilgan. Oʻzbekistonda Mahmud Qoshgʻariyning ijodiy merosi mufassal oʻrganib 

kelinmoqda. Xususan, Respublika Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti 




 

932 


olimlari  "Devonu  lugʻatit  turk"  asariga  tayangan  holda  quyidagi  qimmatli 

ma’lumotlarni toʻplashdi: 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   551   552   553   554   555   556   557   558   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish