1. AmirShojaei – Translation of Idioms and Fixed Expressions: Strategies and Difficulties –
June 2012.
4.https://www.translationjournal.net/July-2018/cultural-problems-in-translation.html
5.https://lighthouseonline.com/blog-en/the-many-difficulties-of-simultaneous-interpreting
7.https://www.lexiconusa.com/Simultaneous.html?msclkid=a11fab189dd2152f3e54f684f9
679
ID-020-30-TAR002
Dilsora Ashrapova,
Dilsora Paritdinova
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabalari
BADIIY TARJIMADA ADEKVATLIK MUAMMOLARI
(MARK TVENNING “TOM SOYERNING BOSHIDAN
KECHIRGANLARI” ASARI MISOLIDA)
Annotatsiya. Mazkur maqolada Amerika yozuvchisi Mark Tvenning “Tom Soyerning
boshidan kechirganlari “romanining oʻzbekchaga oʻgirilgan tarjimasidagi adekvatlik
muammolari yoritilgan. Shuningdek, tarjimada adekvatlik muammolarini bartaraf etish
yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar: “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, badiiy tarjima, Ilyos Muslim,
muqobil leksema.
Annotation. This article describes adequate problems from Uzbek language
translation in the example “Adventures of Tom Sawyer “written by American writer Mark
Twain. Moreover, there are some suggestions and advice about how to eliminate adequate
problems in translation.
Keywords: “Adventures of Tom Sawyer”, Ilyos Muslim, alternative word, literary
translation.
Kirish qism
Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan
kechirganlari” asari nafaqat G‘arbda , balki butun Sharqda ham million-million
kitobxonlar tomonidan sevib oʻqiladi. Adib mazkur asarida yosh, oʻta qiziqqon
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
680
va shoʻx, chigal toʻsiqlardan ham qiynalmay oʻta oladigan, og‘ir va murakkab
vaziyatlarda ham oʻzini boshqara oladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida
hikoya qiladi. Adib qahramonini tanlashda bir qancha qiyinchiliklarga duch
kelgan. Uning oʻzi bu haqda: “Tom Soyer hayotda mavjud timsoldir.
Qahramonning boshidan kechirganlari “Tom Soyer” ismi kabi jaranglashiga
olib keldi va shu sababdan ham men bu ismni tanladim” [1, 7-bet], - deb
ta’kidlaydi.
Mazkur asar 2015-yil nashri boʻyicha 20 000 tirajda Moskvada
“Приключения Тома Сойера” nomi ostida ingliz tilidan K.Chukovskogo,
N.Daruzes, M.Bekker, B.Gribanova va V.Galdyayeva tomonidan rus tiliga
tarjima qilingan. Asar nafaqat rus tiliga, balki oʻzbek tiliga ham mahorat bilan
tarjima qilingan. Ushbu asar “Tom Soyerning boshidan kechirganlari ”[3] nomi
ostida tarjimon Ilyos Muslim tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan.
“Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi tomonidan 2014-yil 5000
nusxada chop etilgan. Mutarjim Ilyos Muslim asarga yaxshi yondasha olgan.
Ushbu tarjima asarida koʻpgina oʻrinlarda tarjimon qator ijodiy yutuqlarga
erishgan boʻlsa-da, shu bilan bir qatorda soʻz qoʻllash mahorati bilan bog‘liq
ba‘zi kamchiliklarga yoʻl qoʻygan. Ular original va tarjima matni qiyosida
tarjimadagi ba‘zi nuqsonlarda koʻzga tashlanadi. Ushbu maqolada ulardan ba‘zi
qaydlarni keltirib oʻtamiz.” [3]
Do'stlaringiz bilan baham: