Key words: Children’s folklore, alla, fairy-tale, tongue-twister, riddle, folklore.
Ma’lumki, har bir xalq oʻzining adabiy merosi, ya’ni xalq og‘zaki ijodiga
ega va u oʻsha xalqning urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari hamda adabiy
muhiti nechog‘lik goʻzal, ma’naviyati yuksak ekanligini koʻrsatib beruvchi
adabiy turlardan biri hisoblanadi. Masalan, doston, ertak, qoʻshiq, maqol, matal,
topishmoq, askiya, mif, bolalar folklori va hokazo.
Bu janrlarning har biri oʻzining alohida oʻrniga ega boʻlib, u xalq
ma’naviyatini yuksaltirishda munosib ahamiyat kasb etadi. Ular orasida
bevosita farzandlar ma’naviyatiga daxldori hisoblangan bir janr borki, u
jismoniy tarbiyaga uyg‘unligi bilan ham doimo e’tiborli boʻlib kelgan. Bu –
bolalar folklori. Xoʻsh, uning ma’naviy va jismoniy boʻlinishlarini qay
yoʻnalishlar farqlab turadi. Masalan, allayu ertaklar bolalarning ma’naviy
dunyosini boyitsa, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish kabi oʻyinlar ularning
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
669
jismonan chiniqishlariga sabab boʻlgan. Qolaversa, ular yosh avlodning xalq
rasm-rusumlari va og‘zaki ijodi og‘ushida ulg‘ayishlariga ham munosib hissa
qoʻshgan. Buni juda yaxshi tushungan ota-bobolarimiz esa ularni hatto zamon
pedagogikasi talablari asosida asarlar shakliga keltirib nashr etishgan. Xususan,
bolalar uchun yaratilgan bunday asarlarning tili sodda, mazmuni esa esda
qolarli boʻlishiga alohida e’tibor qaratishgan. Shuningdek, mazkur kitoblar,
albatta, tarbiyaga ahamiyat qaratgani holda, bolalarda xalqiga, vatani, qadriyati
va ajdodlariga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish uchun ham xizmat qilgan.
Bolalar xalq og‘zaki ijodining pedagogika bilan bog‘lanishi alladan
boshlanadi. Bu bejizga emas, chunki bola tug‘ilgan zahoti unga mehr bilan
aytiladigan qoʻshiq alla boʻlib, moʻjizakor hisoblangan ushbu nolalar chaqaloq
ruhiga imon, vataniga muhabbat, xalqiga hurmat, oʻzi tug‘ilgan oilaga izzat
boʻlib quyilishi barobarida unga nisbatan cheksiz mehr tuyg‘usini ham
ifodalagan. Shu bois ham u uzoq oʻtmishdan to bugunga qadar onalar tilidan
tushmaydi.
Onasining erkasi,
Uxlab qolsin, alla-yo.
Boʻlsin inson sarasi,
Obroʻ olsin, alla-yo, alla.
Yuqorida keltirilgan alla parchasiga e’tibor qilsak, unda onaning
farzandiga boʻlgan yuksak mehri, orzu-umidlarini va hatto chaqalog‘ining
kelajagini bashorat qilishigacha anglashimiz mumkin. Ona mehri, ona dardi,
onaning orzu-umidlari jo boʻlgan shu ikki qator satr goʻdak kamolotida
qanchalik ahamiyatli ekanligini hamisha e’tiborga olmog‘imiz darkor. Zero,
bugungi kunda momolarimizdan meros boʻlib qolgan ilohiy qoʻshiq
hisoblanmish alla aytish an’anasi asta-sekin yoʻqolib bormoqda. Bu esa afsuski,
xalq og‘zaki ijodining eng muhim turlaridan birini yoʻqolib ketishiga sabab
boʻlishi mumkin.
Shuningdek, internet manbaasi arxiv.uzda alla haqida qiziqarli
ma’lumotlar berilgan. Ya’ni unda ta’kidlanishicha, “alla” soʻzi L.Z.Budakovning
670
“Turk-tatar soʻzlarining qiyosiy lug‘atida” (1869) “alla” soʻzining chig‘atoycha
ekanligini ta’kidlagan va u dastlab “allala” shaklida boʻlib, boshning orqasi,
ya’ni ensani anglatishi qayd etilgan. Chaqaloq esa beshikka, belanchakka faqat
bosh orqasi – allasi bilan chalqanchasiga yotqiziladi va chaqaloq huddi shu
holatda orom oladi. Aynan shu vazifasidan kelib chiqib, bola nutqida allala soʻzi
alla shakliga oʻzgargan va uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan ekan.
Shu tariqa “alla” soʻzi bolani allalab-ovutib, avaylab uxlatishni anglata borgan.
Bolalar folklorining yana bir janri bu ertaklardir. Zero ertaklar,
mittivoylar dunyoqarashi va tasavvurini boyitishda nihoyatda zarur vosita
hisoblanadi. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti,
kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas
bog‘lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yoʻldosh boʻlib kelishidadir.
Kattalar folkloridan syujeti va tildagi soddaligi bilan ajralib turadigan bu
janrning matnlari ham hajman qisqa boʻladi. Unda ishtirok etadigan
qahramonlar – obrazlar esa koʻpincha hayvonlardan tashkil topadi. Ular
bolalarni ovutish, ayrim yovvoyi va uy hayvonlari, qushlar haqida ma’lumot
berish, bolajonlarning nutqini oʻstirish, uxlashdan oldin tinch-sokin kayfiyatni
hosil qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Chunki bu orqali bolada
ezgulikka intilish shakllanadi. Bundan tashqari, ular koʻp jihatdan xalq
pedagogikasi tamoyillari aks etgan badiiy soʻz namunasi ham hisoblanadi.
Shuningdek, ertaklar bir qator maqsadlarni ham nazarda tutadi. Oʻtmishda
yaratilgan ertaklarda xalqchillik kurashi oʻzining haqqoniy badiiy ifodasini
topgan deb ayta olamiz. Ularda xalqning kelajakka boʻlgan ishonchi, adolatning
adolatsizlik ustidan g‘alabasi, yorug‘likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor
hayotga erishish g‘oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan. Xalq ertaklarida
el-yurtni koʻz qorachig‘iday avaylab saqlovchi ajoyib qahramonlar ulug‘lanadi,
ayollarning haq-huquqlari himoya qilinadi, kishilar xarakteridagi yaramas
odatlar, noma’qul illatlar tanqid ostiga olinadi, mardlik, epchillik, dovyuraklik,
mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, saxiylik g‘oyalari ulug‘lanadi.
671
Yana bir ijod namunasi bu - bolalar qoʻshiqlaridir. Ular koʻpincha
mavsumiy xususiyatlarga ega boʻlib, odatda qoʻl-oyoq harakatlari bilan ijro
etiladi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning aqliy va jismoniy kamolotga
yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. “Boychechak”, “Oftob chiqdi
olamga”, “Oq terakmi koʻk terak?”,“Chittigul”, “Laylak keldi, yoz boʻldi”,
“Yomg‘ir yog‘aloq” kabi oʻnlab qoʻshiqlar koʻproq yil fasllariga, qush va
hayvonlarga bag‘ishlangan boʻlib, bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning
olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan
bogʻliq. Shuningdek, qoʻshiqlarda kuylanayotgan obrazga nisbatan
munosabatlar oʻz badiiy ifodasini topadi.
Tez aytishlar esa bolalar folklori tarkibiga nisbatan keyin qoʻshilgan janr
hisoblanadi va ular bolalarning ayrim tovushlarni talaffuz qilishdagi
kamchiliklarini yoʻqotishiga yordam beradi. Tez aytishni qayta-qayta mashq
qildirish, berilgan matnni osongina diliga, tiliga jo qilibgina qolmay, tinimsiz
takrorlash natijasida bolaning nutqi chiqadi, tili ravon boʻladi. Tez aytish
bolaning tilini ravon, burro qilishdan tashqari, aqliga – aql qoʻshadi, ongini
rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, oʻzini
qurshab olgan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Bu esa bolalar
folklorining farzand tarbiyasida, bolajonlarning komil inson boʻlib
ulg‘ayishidagi yana bir ahamiyatli tomonidir.
Shuningdek, bolalar folkloridagi topishmoqlarning ham ijodkori xaqldir.
Topishmoq oʻz ichiga borliqdagi hamma narsa va hodisalarni, ularning turli-
tuman koʻrinishlarini qamrab oladi. Osmon, koʻk, quyosh, oy, yulduzlar, tabiat
hodisalari, odam va uning a’zolari, hayvonot dunyosi, qushlar, hashoratlar,
daraxt, har turli oʻsimliklar, meva, sabzovotlar, uy-roʻzg‘or buyumlari, mehnat
qurollari, umuman, hamma narsalar haqida koʻplab topishmoqlar yaratilgan.
Topishmoqlar kichkintoylarning fikrlash qobiliyatini oʻstirishga, ularni
muayyan bir fikrni badiiy tusda ifodalashga va ziyraklikka, topqirlikka
oʻrgatadi.
672
Shunday qilib, bolalar folklori namunalari xalqimizning oʻz farzandi
tarbiyasiga, binobarin, xalqi, yurti kelajagiga oʻta mas’uliyat bilan
yondashganini va qanchalar e’tibor bilan qaraganini koʻrsatadi. Bu e’tibor esa
oʻz navbatida ajdodlar xotirasiga ham hurmat tuyg‘usining kuchayishiga sabab
boʻlgan. Bu an’analar, ayniqsa, mustaqillik yillarida yanada keng ommalashdi.
Binobarin, ular ma’naviy merosimizning nodir durdonalari sifatida yana asrlar
osha davom etaveradi. Bunga esa barchamiz birdek hissa qoʻshmog‘imiz kerak!
Do'stlaringiz bilan baham: |