Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

T/r 

Qofiya turlari 

Qoʻllanishi 

Foizi 

Radif  

Mujarrad 

36 

50 

10 

Murdaf 


27 

37,5 




 

649 


Muqayyad 



6,9 



Muassas 




5,5 

 –  

 

Jami 

72 bayt 

  

Yuqoridagi  jadvalga  koʻra  mujarrad  va  murdaf  qofiyalar  dostonning 



hamd qismida katta hajmini egallaydi. Aynan mujarrad qofiya turi orqali shoir 

dostonga  tanlangan  vaznni  yuzaga  chiqarishga  muvaffaq  boʻladi.  Dostonda 

mahzuf  va  maqsur  ruknlar  almashinib  kelishi  tabiiy,  ular  hech  qanday 

g‘ayritabiiylik kasb etmaydi.  

Dostondagi  qofiya  turlarini  boshidan  oxirigacha  koʻzdan 

kechirganimizda  ham  mujarrad  va  murdaf  qofiya  turlari  qoʻllanilish  oʻrniga 

koʻra  katta  hajmni  egallashini  kuzatamiz.  Buning  sababi  sifatida  aytishimiz 

kerakki, qofiyalanuvchi soʻzlar oʻz-oʻzidan vazn bilan birgalikda uyg‘unlik kasb 

etgan.  Shoirning  ruhiy  holati,  ifodalamoqchi  boʻlgan  mazmun-mohiyati 

bevosita ushbu qofiya turi orqali yuzaga kelgan.  

Shuningdek,  dostonda  keltirilgan  misralarda  mujarrad  qofiyaning 

qoʻllanilishi baytlarning shakily goʻzalligiga  ham  xizmat  qilgan.  Lekin  biz 

baytlarning shakily goʻzalligigina shoir mahoratidan deb ayta olmaymiz, negaki 

Navoiy  ijodidagi  qofiya  nazmning  ham  shakily,  ham  ma’naviy  tomoni  bilan 

mutanosibdir. Doston va uning boblari mazmuni qofiyaga emas, balki qofiya 

ularga boʻysunadi.  Baytlarni  qofiya  emas,  baytlar  qofiyani  vujudga  keltiradi. 

Ular bir-biri bilan uyg’unlik kasb etadi.  

Muqayyad  va  muassas  qofiyalarning  qoʻllanilish  oʻrinlari  murdaf  va 

mujarrad qofiya turlariga nisbatan oz miqdorni tashkil etayotganiga qaramay, 

ularning  ham  dostondagi  boshqa  bir  xususiyatlarni  ochishdagi  oʻrni  oʻziga 

xosdir.  Mujarrad  va  murdaf  qofiya  turlari  birgalikda  har  bir  boblarda  katta 

hajmga  ega,  ammo  qolgan  ikki  qofiya  boblardagi  ayrim  oʻrinlarda  baytga 

ulug’vorlik, ma’lum ma’noda esa ta’kidlab koʻrsatiluvchi holatlarni ifodalashda 

foydalanilgan.  

Mazkur  qofiya  turining  qoʻllanilish  oʻrniga  e’tibor  qaratsak,  ularni 

koʻproq,  hamd,  munojot  boblarida  boshqalariga  qaraganda  koʻproq  hajmda 




 

650 


ekanligini  kuzatamiz.  Bundan  shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  lirik 

qahramonning ichki tuyg‘ulari, oʻzining yaratguvchi oldidagi ojizliklari, unga 

aytar  munojotlari  aynan  mana  shu  ohang,  mana  shu  qofiya  turlarini  talab 

qilgan.  Shoir  iztiroblarini,  qalb  tug‘yonlarini  bevosita  muassas  qofiya  turida 

koʻproq yoritib berish uchun foydalanilgan. 

Shuningdek,  qofiya  tizimini  oʻrganish  davomida  dostondagi  ayrim 

baytlar bizning ham e’tiborimizni tortdi. Quyida ulardan bir namuna keltirib 

oʻtamiz: 



Gul uzra sunbuli ochmoq ajabdur, 

Quyoshqa soya chirmoshmoq ajabdur. (FSh) 

Mazkur baytda ‘ajabdur’ radif‘ochmoq – chirmoshmoq’ soʻzlari  oʻzaro 

qofiyalangan.  Bu  soʻzlar  bir  qarashda  oʻzaro  qofiyadosh  koʻrinadi,  lekin 

qoʻshimchalarsiz oʻqilganda quyidagi holat yuz beradi: ‘och – chirmosh’.  

Yuqorida  keltirilgan  qofiya  ayblarining  iyto  turi  ayni  shu  soʻzlarning 

qofiyalanishini izohlaydi. Ya’ni iyto faqatgina mutlaq qofiyalarga (qofiya raviy 

bilan  yakunlansa,  muqayyad  qofiya;  raviydan  keyin  ham  harf  qatnashsa, 

mutlaq qofiya deb yuritiladi) tegishli boʻladi. Soʻzning oʻzak-negiziga koʻplik, 

shax-son, zamon va boshqa qoʻshimchalarni qoʻshish orqaligina qofiya yuzaga 

keltiriladi.  Qoʻshimchalar  bir  qarashda  qofiyani  shakllantirganday  boʻladi, 

ammo ularni oʻzakdan  ajratganimizda  ulardagi  nomuvofiqlik  yaqqol  koʻzga 

tashlanadi. 

Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  XV  asrdan  boshlab,  baytning  vaznini, 

qofiyasini  toʻg‘ri  qoʻllay  bilish  juda  muhim  sanalgan.  Ushbu  davr  ijodkorlari 

asarlarini  kuzatish  davomida  bunga guvoh boʻlamiz.  Alisher  Navoiy 

dostonlarini tadqiq qilish mobaynida duch kelgan bu kabi saktaliklarimizni esa 

bu hajman ancha katta va ma’lum bir syujet asosiga qurilgan asar boʻlganligi 

bois boʻlsa kerak deb taxmin qildik. Doston ma’lum bir voqelikni bayon qiladi. 

Uning  tarkibida  qahramonlar  harakatlanadi,  joylar  oʻzgaradi,  narsa-buyum 

nomlarigacha izohlanadi. Ayni shu jihatdan bu kabi holatlar onda-sonda uchrab 

qolishi mumkin.  



 

651 


Xulosa  oʻrnida  aytishimiz  mumkinki,  ijodkor  qoʻllayotgan  vazn,  radif 

hamda qofiya turlari oʻzaro bir butunlikka ega va ular ajralmas shaklni hosil 

qilgan.  Muallif  goh  u  qofiya  turini  qoʻllagan  holatda  shodlik  tuyg‘ularini 

tarannum qilsa, goh mahzunlik kayfiyatini boshqa bir qofiya turiga koʻchirish 

orqali  ifodlaydi.  Bundan  koʻrinib  turibdiki,  she’riy  unsurlarning  barchasi 

ijodkor  asarga  singdirmoqchi  boʻlgan  ma’no-mazmunnni  birgalikda  tashkil 

qiladi  va  ularni  toʻg‘ri  va  aniq  qoʻllay  bilish  ijodkordan  ulkan  mahorat  talab 

qilishi ham shubhasiz. Bizning oldimizda koʻndalang turgan vazifalardan biri 

esa bu kabi izlanishlarni yanada chuquqrroq oʻrganish va ijodkorning poetik 

mahoratini ifodalovchi ochilmagan qirralarini yana bir karra tahlilga tortishdir. 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish