ID-020-30-A072
Shahnoza Isroilova
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi
SODIQIY HAYOTI VA IJODI MANBALARI HAQIDA
Annotatsiya. Ushbu maqolada Xiva adabiy muhiti vakili Sodiqiy hayoti va ijodi haqida
ma’lumot berilgan. Shuningdek, shoir ijodiy merosi jamlangan manbalar, shoir lirikasining
janrlar koʻlami haqida ham fikrlar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar: Sodiqiy, shoir, devon, toʻplam, bayoz, manba, matn, janr.
Annotation. This article deals with Sadiqiy’s creativity his lyric works proceedings
poetry’s and scientific descriptions lithographic manuscripts of divon. It gives information
about distinctions between lithographic and manual manuscripts.
Keywords: Sadiki, poet, devon, proceedings, bayoz, source, text, genre.
Rahmonquli – Sodiqiy Xiva adabiy muhiti vakillaridan. Shoirni Laffasiy
oʻz tazkirasida: “Sodiqiykim Rahmonquli toʻraki, mashhuri omu xos boʻlganidek,
ul Toʻramurod toʻraning oʻg‘li Said Muhammad xonning axtig‘i boʻlib, Rahimquli
yoshlig‘ zamonasida ilm tahsilin Xiva ulamo mudarrislaridin oʻqib, bir xili
ma’lumotli boʻladur” [1. 34-bet]. – deya tanishtiradi. Bundan tashqari,
Laffasiyning: “Rahmonquli forsiy va ham arabiy, hind lug‘atlig‘ asarlarini
goʻyoki oʻz ona tili kabi oʻqib, fasohatlisonlig‘ bila tarjima qiladur erdi…” –
ta’riflari shoir Sodiqiyning tarjimonlik borasida ham iqtidori boʻlgan degan
xulosaga olib keladi.
Shoirning ismi Rahmonquli toʻra Toʻramurod toʻra oʻg‘li boʻlib, u “Sodiq”,
“Sodiqiy” taxalluslari bilan she’rlar yozgan. Sodiqning tavallud sanasi haqida
aniq ma’lumot yoʻq. Biroq Laffasiy shoirni 1942-yili vafot etganini qayd qilib
oʻtadi. Xodim esa shoir Sodiqni 60 yoshga yaqinlashganda, 1937-yili vafot
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
642
etganini aytadi [1. 50-bet]. Demak, ushbu ma’lumotlarni umumlashtirganda,
shoir XIX asrning 80-yillarida tavallud topgani ayonlashadi.
Laffasiyning ma’lumot berishicha, Sodiq tarixni juda yaxshi bilgan, har
xil gazeta va jurnallarni muntazam mutolaa qilib turgan. Feruz koʻrsatmasi
bilan “Sodiq” taxallusini olgan va she’rlar yoza boshlagan. Ahamiyatlisi, Laffasiy
shoir Sodiq nazmi haqida yuksak baho beradi. Jumladan, shoir sheriyati haqida
Laffasiy quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “… Sodiqning har bir she’rlari nuqtaiy
nazzoraga bir doxili ishqi majoziy boʻlsa-da, asli ma’niy jihatdan oning har bir
nuqtasidin ilm g‘avvoslari minglarcha ma’niy mafhum hosil qilib, daryoyi
ummondin durri javohirlar-la’li durri noyob mavjud qilur erdilar”.
Bundan tashqari, Sodiq serqirra ijodkor boʻlib, u “xushxatu xushxon”
“xatti suls, xatti koʻfiy, xatti rayhoniy, xatti shikasta”larni ona tilidek oʻqib, ham
yoza olgan. Ammo negadir, Laffasiy shoir Sodiqning devon tartib bergani
haqida ma’lumot keltirmaydi.
Sultoniyning hayot yoʻli, ijodi haqida ma’lumot beruvch manbalardan
yana biri – Bobojon Tarroh Azizov – Xodimning “Xorazm navozandalari”
tazkirasidir.
Bobojon Tarroh Azizov – Xodimning “Xorazm navozandalari” asarida
Sodiq ijodi haqidagi quyidagi ma’lumotlar Laffsiy keltirgan ma’lumotlarga toʻla
mos keladi: “… Rahmonquli toʻra eski maktabni bitkarib, madrasa ta’limotini
toʻliq bitkargan. Forsiy, arabiy ilmlariga yaxshi olim edi. Oʻzi shunday ilmlarga
ega boʻlsa ham xalq bila aloqasi juda ham yaxshi edi. Men shunday ilmlarga
olimman degan davosi yoʻq edi. Ikkinchi bir odam bila soʻzlashmoqchi boʻlsa,
oʻzini kamtar tutar edi. Shoirliqi ham birinji oʻrinni olg‘on desa mumkin”.
Ma’lumotlardan koʻrinadiki, Sodiq nafaqat koʻplab ilmlar sohibi, balki inson
sifatida ham oʻrnak olsa arzirli shaxslardan boʻlgan.
Soʻnggi olib borgan izlanishlarimizdan ayon boʻldiki, Sodiq devon tartib
bergan boʻlib, ushbu devon hozirda OʻzFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. Bundan tashqari,
643
Feruz adabiy davrasi ijodkorlari asarlaridan namunalar koʻchirilgan ayrim
toʻplamlarda ham Sodiq she’rlari koʻchirilganini kuzatish mumkin.
Ta’kidlaganimizdek, “Devoni Sodiq” OʻzFA Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida №909 - raqami bilan
saqlanmoqda. Ushbu 909-raqamli qoʻlyozmada Sodiqdan tashqari, Sa’diy,
Sultoniy, G‘oziy va Asad kabi shoirlar lirik asarlari ham jamlangan qimmatli
manba hisoblanadi. Devon matni “nastaliq” xatida koʻchirilgan.
Sodiq ijodini asosan g‘azal, muxammas, musaddas, qasida kabi
janrlardagi lirik asarlar tashkil etadi. Afsuski, Sodiq ijodiga mansub lirik asarlar
haqida ilmiy jamoatchilik deyarli tasavvurga ega emas. Zero, shoir she’riyati
tadqiqi, ularning goʻzal badiiyat namunalari ekanini koʻrsatadi.
Kuzatuvlarimiz natijasida OʻzFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondidagi yana bir manbada Sodiq
she’rlaridan anchaginasi koʻchirilgani aniqlandi. Ushbu manba №8725- raqami
bilan saqlanada.
№8725 - raqamli toʻplam toshbosma manba hisoblanadi. Ushbu
toʻplamda Murodiy, Farrux, Sultoniy, Bayoniy, Oqil kabi ijodkorlar lirik asarlari
qatorida Sodiqning ham she'rlari koʻchirilgan. Ushbu manbadagi shoirning lirik
asarlari janriga koʻra tasnif etilsa, g‘azal, muxammas kabi she’rlar borligi ayon
boʻladi.
Sodiq she’rlari jamlangan yana bir manba Ahmad Tabibiyning “Majmuai
si shuaroi payravi Feruzshohiy” tazkirasidir. Zero, ushbu toʻplamda Sodiqning
yuzta g‘azali koʻchirilgan. Tazkiradagi she'rlar shaklan va mazmunan yuksak
darajadagi lirik asarlardir.
Ma’lumki, Tabibiy tazkirasidagi ilk g‘azal Feruzning “Topar kavnayn
ichra maqsad ila komini Feruz, Inoyating bila boʻlsa onga gar masnad paydo”
maqta’si bilan yakunlanadi. Ushbu she’rga yozilgan ikkinchi payrav g‘azal
(tazkiradagi uchinchi g‘azal) esa Sodiq qalamiga mansub.
644
Ma’lumki, Tabibiy tazkirasida shoirlarning payrav g‘azallari oldidan ular
haqida masnaviy koʻrinishidagi ma’lumotlar berib boriladi. Tazkiradagi Sodiq
haqidagi ilk masnaviy-ma’lumot:
Yetushganda Sodiqg‘a ushbu g‘azal,
Oʻqub komin etgach chuchuk chun asal,
Bu abyotni dedi ul nekinom,
Boʻlub berdi shohi oliymaqom, – tarzida keltirilgan.
Tabibiy tazkirasidagi shoir Sodiqning ilk payrav g‘azali:
Zihi xoliqqa boʻlmish san’ati birla jahon paydo,
Jahon ichra va xushu tayr birla insu jon paydo, – matla’si
bilan boshlanib
Iloho, ayla Sodiq koʻnglini ishqingg‘a band andoq,
Kim onda boʻlmasun g‘ayring xayolidin nishon paydo
maqta’si bilan yakunlanadi.
Laffasiy tazkirasida ham Sodiq haqida ma’lumot berilgandan soʻng, shu
payrav g‘azal keltirilgan.
Sodiqning tazkiradagi ikkinchi g‘azali Feruzning “manga” radifli g‘azaliga
payrav tarzida yozilgan boʻlib, ushbu g‘azal:
Kecha-kunduz garchi ish jurm ila isyondur manga,
Rahmatingdin lekin ummid farovondur manga, – maqtla’si
bilan boshlanadi.
Umuman olganda, Sodiq nafaqat XX asr boshlari Xiva adabiy muhitining,
balki oʻzbek adabiyotining oʻziga xos ijodkori sanaladi. Sodiq ijodi haqidagi
ma’lumotlarni jiddiy tadqiq etish, adabiyotshunosligimiz koʻlamini
kengaytiradi.
Xulosa qilib aytganda, shoir Sodiq ijodi shu paytga qadar oʻrganilmagan
mavzu hisoblanadi. Shoir hayoti va ijodiga doir manbalarni oʻrganish, asarlari
haqida toʻliq ma’lumotlar toʻplash, Sodiq lirik asarlarini joriy alifboda tabdil
qilish va ularni she’riyat mezonlari asosida tahlil va talqin qilish dolzarb ilmiy
muammolardandir.
645
Do'stlaringiz bilan baham: |