Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

ID-020-30-A072 

Shahnoza Isroilova 

Oʻzbek filologiyasi fakulteti  3-kurs talabasi 

 

SODIQIY HAYOTI VA IJODI MANBALARI HAQIDA 

 

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xiva adabiy muhiti vakili Sodiqiy hayoti va ijodi haqida 

ma’lumot berilgan. Shuningdek, shoir ijodiy merosi jamlangan manbalar, shoir lirikasining 

janrlar koʻlami haqida ham fikrlar bayon etilgan.  

Kalit soʻzlar: Sodiqiy, shoir, devon, toʻplam, bayoz, manba, matn, janr. 

 

Annotation. This article deals with Sadiqiy’s creativity his lyric works proceedings 

poetry’s and scientific descriptions lithographic manuscripts of divon. It gives information 

about distinctions between lithographic and manual manuscripts.  

Keywords: Sadiki, poet, devon, proceedings, bayoz, source, text, genre.  

 

 

Rahmonquli – Sodiqiy Xiva adabiy muhiti vakillaridan. Shoirni Laffasiy 

oʻz tazkirasida: “Sodiqiykim Rahmonquli toʻraki, mashhuri omu xos boʻlganidek, 

ul Toʻramurod toʻraning oʻg‘li Said Muhammad xonning axtig‘i boʻlib, Rahimquli 

yoshlig‘  zamonasida  ilm  tahsilin  Xiva  ulamo  mudarrislaridin  oʻqib,  bir  xili 

ma’lumotli  boʻladur”  [1.  34-bet].  –  deya  tanishtiradi.  Bundan  tashqari, 

Laffasiyning:  “Rahmonquli  forsiy  va  ham  arabiy,  hind  lug‘atlig‘  asarlarini 

goʻyoki  oʻz  ona  tili  kabi  oʻqib,  fasohatlisonlig‘  bila  tarjima  qiladur  erdi…”  – 

ta’riflari  shoir  Sodiqiyning  tarjimonlik  borasida  ham  iqtidori  boʻlgan  degan 

xulosaga olib keladi.  

Shoirning ismi Rahmonquli toʻra Toʻramurod toʻra oʻg‘li boʻlib, u “Sodiq”, 

“Sodiqiy” taxalluslari bilan she’rlar yozgan. Sodiqning tavallud sanasi haqida 

aniq ma’lumot yoʻq. Biroq Laffasiy shoirni 1942-yili vafot etganini qayd qilib 

oʻtadi.  Xodim  esa  shoir  Sodiqni  60  yoshga  yaqinlashganda,  1937-yili vafot 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

642 


etganini  aytadi  [1.  50-bet].  Demak,  ushbu ma’lumotlarni  umumlashtirganda, 

shoir XIX asrning 80-yillarida tavallud topgani ayonlashadi.  

Laffasiyning ma’lumot berishicha, Sodiq tarixni juda yaxshi bilgan, har 

xil  gazeta  va  jurnallarni  muntazam  mutolaa  qilib  turgan.  Feruz  koʻrsatmasi 

bilan “Sodiq” taxallusini olgan va she’rlar yoza boshlagan. Ahamiyatlisi, Laffasiy 

shoir Sodiq nazmi haqida yuksak baho beradi. Jumladan, shoir sheriyati haqida 

Laffasiy quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “… Sodiqning har bir she’rlari nuqtaiy 

nazzoraga bir doxili ishqi majoziy boʻlsa-da, asli ma’niy jihatdan oning har bir 

nuqtasidin  ilm  g‘avvoslari  minglarcha  ma’niy  mafhum  hosil  qilib,  daryoyi 

ummondin durri javohirlar-la’li durri noyob mavjud qilur erdilar”.  

Bundan  tashqari,  Sodiq  serqirra  ijodkor  boʻlib,  u  “xushxatu  xushxon” 

“xatti suls, xatti koʻfiy, xatti rayhoniy, xatti shikasta”larni ona tilidek oʻqib, ham 

yoza  olgan.  Ammo  negadir,  Laffasiy  shoir  Sodiqning  devon  tartib  bergani 

haqida ma’lumot keltirmaydi.  

Sultoniyning hayot yoʻli,  ijodi  haqida  ma’lumot  beruvch  manbalardan 

yana biri –  Bobojon  Tarroh  Azizov  –  Xodimning  “Xorazm  navozandalari” 

tazkirasidir.  

Bobojon  Tarroh  Azizov  –  Xodimning  “Xorazm  navozandalari”  asarida 

Sodiq ijodi haqidagi quyidagi ma’lumotlar Laffsiy keltirgan ma’lumotlarga toʻla 

mos  keladi:  “…  Rahmonquli  toʻra  eski  maktabni  bitkarib,  madrasa  ta’limotini 

toʻliq bitkargan. Forsiy, arabiy ilmlariga yaxshi olim edi. Oʻzi shunday ilmlarga 

ega  boʻlsa  ham  xalq  bila  aloqasi  juda  ham  yaxshi  edi.  Men  shunday  ilmlarga 

olimman  degan  davosi  yoʻq  edi.  Ikkinchi  bir  odam  bila  soʻzlashmoqchi  boʻlsa, 

oʻzini  kamtar  tutar  edi.  Shoirliqi  ham  birinji  oʻrinni  olg‘on  desa  mumkin”. 

Ma’lumotlardan  koʻrinadiki,  Sodiq  nafaqat  koʻplab  ilmlar  sohibi,  balki  inson 

sifatida ham oʻrnak olsa arzirli shaxslardan boʻlgan.  

Soʻnggi olib borgan izlanishlarimizdan ayon boʻldiki, Sodiq devon tartib 

bergan boʻlib,  ushbu  devon  hozirda  OʻzFA  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi 

Sharqshunoslik  instituti  qoʻlyozmalar  fondida  saqlanadi.  Bundan  tashqari, 




 

643 


Feruz  adabiy  davrasi  ijodkorlari  asarlaridan  namunalar  koʻchirilgan  ayrim 

toʻplamlarda ham Sodiq she’rlari koʻchirilganini kuzatish mumkin.  

Ta’kidlaganimizdek,  “Devoni  Sodiq”  OʻzFA  Abu  Rayhon  Beruniy 

nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida №909 - raqami bilan 

saqlanmoqda.  Ushbu  909-raqamli  qoʻlyozmada  Sodiqdan  tashqari,  Sa’diy, 

Sultoniy, G‘oziy va Asad kabi shoirlar lirik asarlari ham jamlangan qimmatli 

manba hisoblanadi. Devon matni “nastaliq” xatida koʻchirilgan.  

Sodiq  ijodini  asosan  g‘azal,  muxammas,  musaddas,  qasida  kabi 

janrlardagi lirik asarlar tashkil etadi. Afsuski, Sodiq ijodiga mansub lirik asarlar 

haqida ilmiy jamoatchilik deyarli tasavvurga ega emas. Zero, shoir she’riyati 

tadqiqi, ularning goʻzal badiiyat namunalari ekanini koʻrsatadi.  

Kuzatuvlarimiz  natijasida  OʻzFA  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi 

Sharqshunoslik  instituti  qoʻlyozmalar  fondidagi  yana  bir  manbada  Sodiq 

she’rlaridan anchaginasi koʻchirilgani aniqlandi. Ushbu manba №8725- raqami 

bilan saqlanada.  

№8725  -  raqamli  toʻplam  toshbosma  manba  hisoblanadi.  Ushbu 

toʻplamda Murodiy, Farrux, Sultoniy, Bayoniy, Oqil kabi ijodkorlar lirik asarlari 

qatorida Sodiqning ham she'rlari koʻchirilgan. Ushbu manbadagi shoirning lirik 

asarlari janriga koʻra tasnif etilsa, g‘azal, muxammas kabi she’rlar borligi ayon 

boʻladi. 

Sodiq she’rlari jamlangan yana bir manba Ahmad Tabibiyning “Majmuai 

si shuaroi payravi Feruzshohiy” tazkirasidir. Zero, ushbu toʻplamda Sodiqning 

yuzta g‘azali koʻchirilgan. Tazkiradagi she'rlar shaklan va mazmunan yuksak 

darajadagi lirik asarlardir.  

Ma’lumki,  Tabibiy  tazkirasidagi  ilk  g‘azal  Feruzning  “Topar  kavnayn 

ichra maqsad ila komini Feruz, Inoyating bila boʻlsa onga gar masnad paydo” 

maqta’si  bilan  yakunlanadi.  Ushbu  she’rga  yozilgan  ikkinchi  payrav  g‘azal 

(tazkiradagi uchinchi g‘azal) esa Sodiq qalamiga mansub.  



 

644 


Ma’lumki, Tabibiy tazkirasida shoirlarning payrav g‘azallari oldidan ular 

haqida masnaviy koʻrinishidagi ma’lumotlar berib boriladi. Tazkiradagi Sodiq 

haqidagi ilk masnaviy-ma’lumot:  

 

 



Yetushganda Sodiqg‘a ushbu g‘azal, 

 

 

Oʻqub komin etgach chuchuk chun asal,  

 

 

Bu abyotni dedi ul nekinom, 

 

 

Boʻlub berdi shohi oliymaqom, – tarzida keltirilgan.  

Tabibiy tazkirasidagi shoir Sodiqning ilk payrav g‘azali: 

 

 

Zihi xoliqqa boʻlmish san’ati birla jahon paydo, 



 

 

Jahon ichra va xushu tayr birla insu jon paydo, – matla’si 



bilan boshlanib 

Iloho, ayla Sodiq koʻnglini ishqingg‘a band andoq, 

Kim onda boʻlmasun g‘ayring xayolidin nishon paydo 

maqta’si bilan yakunlanadi.  

Laffasiy tazkirasida ham Sodiq haqida ma’lumot berilgandan soʻng, shu 

payrav g‘azal keltirilgan.  

Sodiqning tazkiradagi ikkinchi g‘azali Feruzning “manga” radifli g‘azaliga 

payrav tarzida yozilgan boʻlib, ushbu g‘azal:  

 

 

Kecha-kunduz garchi ish jurm ila isyondur manga, 



 

 

Rahmatingdin lekin ummid farovondur manga, – maqtla’si 

bilan boshlanadi.  

Umuman olganda, Sodiq nafaqat XX asr boshlari Xiva adabiy muhitining, 

balki  oʻzbek  adabiyotining  oʻziga  xos  ijodkori  sanaladi.  Sodiq  ijodi  haqidagi 

ma’lumotlarni  jiddiy  tadqiq  etish,  adabiyotshunosligimiz  koʻlamini 

kengaytiradi.  

Xulosa qilib aytganda, shoir Sodiq ijodi shu paytga qadar oʻrganilmagan 

mavzu hisoblanadi. Shoir hayoti va ijodiga doir manbalarni oʻrganish, asarlari 

haqida  toʻliq  ma’lumotlar  toʻplash,  Sodiq  lirik  asarlarini  joriy  alifboda  tabdil 

qilish va ularni she’riyat mezonlari asosida tahlil va talqin qilish dolzarb ilmiy 

muammolardandir.  



 

645 



Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish