Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: rhyme, mujarrad, murdaf, muqayyad, muassas, radif, meter. 

 

Jahon adabiyotiga nazar tashlaganimizda qofiyadan unumli foydalanish 

ijodkor salohiyatining muhim qirralaridan biri sifatida baholanishiga guvohi 

boʻlamiz.  Turk  she’riyatining  ilk  davri  yuzasidan  tadqiq  olib  borgan 

olimlarimizning ishlari orqali shuni koʻrishimiz mumkinki, ular she’riyatning 

qofiya  tomonini  vazn  hamda  badiiy  san’atlaridan  ham  avvalroq  tushunib 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

647 


yetganlar.  Shuningdek,  mazkur  unsur  yuzasidan  oʻzlarining  nazariy 

qarashlarini bayon qilganlar. Arab olimlari johiliya davridayoq she’rning qofiya 

jihatidan tahlil qilingan ayrim fikrlarini ham bildirib oʻtganlar. Islomiy davrda 

esa Ibn Qutayba (828-889)ning “She’r va shuaro”, Qudama ibn Ja’farning “Naqd 

ush-she’r”,  Asmaiyning  “Kitobi  fuxulat  ush-shuaro”,  Ibn  Xaldunning 

“Muqaddima”  asarlarida  ham  qofiya  nazariyasiga  doir  fikrlar  borligi 

mutaxassislar tomonidan tan olingan. Shuningdek, qadimgi yunon va hind she’r 

tizimini oʻrgangan buyuk allomlalarimiz – Farobiy va Beruniylarning asarlarida 

ham  qofiya  yuzasidan  bildirilgan  fikrlar  mavjud.  Biz  yuqorida  ta’kidlagan 

Qudama ibn Ja’farning “Naqd ush-she’r” asarida ham besh jihat yuzasidan nazm 

tahlilini amalga  oshirish kerakligi tushuntirilgan. Mana shu besh jihat: vazn, 

qofiya,  lug‘at  tarkibi,  syujet,  (tartib)  hamda  tanqiddan  iborat  ekanligi 

keltirilgan.  Ma’lumki,  “Naqd  ush-she’r”  asari,  asosan,  tanqidga  bag‘ishlangan 

hamda yuqorida keltirilgan toʻrt jihat esa boshqa olimlar tomonidan qilingan 

ishlarda  atroflicha  yoritilgan.  Ammo  Qudama  ibn  Ja’far  ham  nazmni 

farqlaydigan  va  barcha  olimlar  tomonidan  qabul  qilingan  toʻrt unsurni 

farqlanishi  haqida  mulohazalar  keltiradi.  Ularga:  tovush,  syujet,  vazn  va 

qofiyani kiritadi. Uning qarashlariga koʻra ham mazkur unsurlarning turli xil 

oʻzgarishlar  asosida  birlashishidan  nazm,  ya’ni  she’r  hosil  boʻladi.  Bilamizki, 

tovush, bevosita, vazn va qofiya bilan oʻlchanadi. Qofiya oʻz-oʻzidan mazmun 

bilan mutlaqo bog‘langan unsur hisoblanadi [1.360-bet].  

Poetika  ilmi  XI  asrdan  ilmi  adab,  ya’ni  adabiy  ilmlar  tizginida  faoliyat 

yuritgan.  Mahmud  Zamahshariy  ham  “Aruzi  Qistos”  asarida  adabiy  ilmlar 

haqida  oʻzining  qarashlarini  keltiradi.  Mazkur  termin  yuzasidan  bildirilgan 

nazariy qarashlar ilmi qofiya deb ataluvchi maxsus fanda tadqiq etilgan.  

Biz bu kabi ma’lumotlarni yanada koʻproq keltirishimiz mumkin. Negaki, 

qofiya  ilmi  ham  yuqorida  ta’kidlanganidek,  maxsus  fan  sifatida  shakllangan 

hamda uni oʻrganish barcha ijodkor uchun muhim sanalgan. Shu oʻrinda qofiya 

nazariyasiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, mazkur termin oʻz ichiga bir qancha 

ma’lumotlar va qoidalar tizimini qamrab oladi. Biz Alisher Navoiyning “Farhod 




 

648 


va  Shirin”  dostoni  misolida  ularning  vazn,  radif  kabi  poetik  unsurlar  bilan 

oʻzaro munosabati qay holda ekanligini tahlil qilmoqchimiz. Mazkur doston 54 

bob, 5782 baytdan iborat boʻlib, shundan muqaddima 11 bobni oʻz ichiga oladi. 

Biz bevosita ushbu dostonning  muqaddimda qismidagi qofiya,  vazn  va radif 

munosabatlarini  izohlashga  harakat  qilamiz.  Bilamizki,  “Farhod  va  Shirin” 

dostoni “…ishqiy sarguzasht dostonlar uchun moʻljallangan hazaji musaddasi 



mahzuf vazni (ruknlari va taqti'i: mafoiylun mafoiylun fauvlun V– – – V– – – V– 

)  da  yozilgan  [9.115-bet]”.  Mazkur  vaznning  ilk  bor  qoʻllanilishi  Xorazmiy 

ijodiga  borib  taqaladi.  U  oʻzining  oʻzbek  adabiyotida  ilk  noma  janriga  oid 

“Muhabbatnoma”  asari  bilan  mazkur  vaznni  qoʻllagan va aynan mana shu 

dostondan  soʻng  turkiy  adabiyotimizda  ishqiy  dostonlar  mazkur  vaznda 

yaratilishi odat tusiga aylangan. Hazaj bahrining ushbu sodda vazni yozuvchiga 

qofiyalarni yuzaga keltirishda qiyinchilik tug‘dirmaydi, balki sarguzashtlarni 

yorqin boʻyoqlarda akslantirish uchun ham xizmat qilgan. Faqat bugina emas, 

dostondagi vaznning tuzilishiga e’tibor qaratganimizda, ruknlarning joylashuvi 

ham ayni fikrimiz dalilidir. Yana bir bor doston yozilishiga asos boʻlgan vaznga 

e’tiborimizni qaratamiz: 



V– – – V– – – V– – 

chizmada keltirilgan vaznning choʻziq boʻg‘inlar soni qisqa boʻg‘inlarga 

nisbatan anchagina katta qismni tashkil etadi. Yana shu bilan birgalikda oxirgi 

(V–  –  fauvlun)  mahzuf  rukni  qofiyalanuvchi  soʻzlar  qaydli  qofiya  turi  orqali 

yuzaga kelganida, maqsur (V– ~ mafoiyl) shaklini oladi. Ayni vaziyatda bu kabi 

choʻziq unli va choʻziq hijolarning mavjudligi doston baytlarining musiqiylikka 

yaqin va oʻziga xos ohangga ega boʻlishiga zamin yaratadi.  

Mazkur  dostonning  1-  va 2-hamd  qismini  jadval  asosida 

ifodalaganimizda quyidagicha holatning guvohi boʻlamiz: 

1-, 2-bob: hamd 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish