Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

 

Zamonaviy  oʻzbek  she’riyatining  tamal  toshi  oʻtgan  asr  boshlarida 

qoʻyilgan edi. Shundan soʻng oʻzbek she’riyati oʻzining shakllanish bosqichini 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

653 


bosib  oʻtdi.  Adabiyotshunoslar  tomonidan  ХХ  asr  she’riyati  davrlarga  boʻlib 

oʻrganiladi.  Ma’lum  bir  davr  she’riyatining  mazmun-mundarijasidan  tortib 

umumiy  poetik  tafakkur  koʻlamiga  qadar  bir-biridan  farq  qiladi.  She’rda 

qoʻllaniladigan detallar, obraz, tashbeh va ramzlar ham tafovutlidir. Shu oʻrinda 

poetik  tafakkurda  tabiat  unsurlarining  bevosita  ishtiroki,  she’rdagi  poetik 

funksiyasining  ildizini  topishga  ehtiyoj  tuyamiz.  Rossiyalik  adabiyotshunos 

S.N.  Shevchenkoning  tabiat  obrazlarining  konseptual-mundarijaviy 

komponentlari boʻyicha tadqiqotida bu savolga javob izlaydi. Shevchenkoning 

tadqiqoti XIX asrda yashab ijod qilgan amerikalik shoir Uilyam Kullen Brayant 

ijodi  misolida  oʻrganiladi,  chunki  Brayantning  lirikasida  tabiat  va  landshaft 

eskizlari muhim oʻrin egallaydi. Brаyantning e’tiborini ijtimoiy voqelik oʻziga 

jalb qiladi va u oʻsha davr Amerikasidagi partiyalar, ularning a’zolarini asosiy 

obyektlar va bosh qahramonlar qilib oladi. U oʻz she’riyatida ichki fikrlar va 

hissiyotlarini, gʻoyasini yetkazishda tabiatni oʻziga xos vositachiga aylantiradi. 

Natijada oʻrmonlar, dalalar, gullar oʻziga xos ramziy yoki allegorik obyektlar va 

obrazlarga  aylanadi.  Muallif  nazdida  “tabiat  fikrlarni  aytishda  “eng  yaxshi 

koʻmakchi”  boʻla  oladi.  Uning  fikricha,  odamning  oʻzi  tabiatning  bir  qismi 

ekanini idrok etishi lozim. Brayant inson tabiat bilan yaqin oʻzaro bogʻliq holda, 

ajralmas boʻladi, deb hisoblaydi”.[1. c. 34] 

Badiiy  konsepsiya  tarkibiy  jihatdan  koʻp  qirrali  boʻlib,  unda  turli  xil 

tarkibiy  qismlar  mavjud.  Ongda  sodir  boʻladigan,  atrofdagi  voqelikni  hissiy 

idrok etish belgilari; subyektiv baholash va falsafiy gʻoyalarning oʻzaro ta’siri; 

inson  atrofida  sodir  boʻlayotgan  voqelikning  mazmun-mohiyatini  va  oʻzini 

anglash, shuningdek, koinotning umumiy tizimidagi inson roli va ahamiyatini 

metaforik anglash badiiy kontseptsiyaning mohiyatini tashkil etadi. Xilma-xil 

ruhiy shakllanish  bosqichlarini  oʻz  ichiga  oladigan  poetik  konsepsiya 

san’atning  bir  turi  sifatida  yanada  murakkablashadi,  bu  yerda  voqelik  bilan 

bilvosita  bogʻliqlik  sodir  boʻladi,  mantiq  qonunlari  buziladi.  Shevchenko  oʻzi 

mavzu  qilib  tanlagan  Brayant  ijodiy  olamining  she’riy  tasviridagi  tabiat 

tushunchalarini koʻp qatlamli murakkab shakllanish ekanini qayd etadi. Tashqi 




 

654 


qatlamda  tabiatni  oʻylashdan  ilhomlangan  bir  nechta  rang-barang ruhiy 

tasvirlar  mavjud.  Ammo  ochiq  va  sodda  tasvirlash  orqali  mulohaza  yuritish 

taktikasi  Brayant  uslubi  uchun  yetakchi  omil  emas.  Uning  uchun  mavhum 

gʻoyalar  va  ong  ostida  yuz  bergan  anglam  bilan  toʻldirilgan  konsepsiyaning 

ichki qatlami alohida ahamiyatga ega. Tabiat tasvirlari shoir tafakkurining asl 

maqsadi emas; u ularni murakkab ramzlar sifatida, allegorik majoziy tilning 

birligi  sifatida  ishlatadi,  uning  yordamida  chuqur,  abstrakt  kechinmalarini 

oʻquvchiga  yetkazishga  harakat  qiladi.  Agar  she’riy  konsepsiyaning  tashqi 

qatlami hissiyotlar bilan ranglangan vizual va eshitish vositalariga asoslangan 

oddiy tasvirlar bilan toʻldirilgan boʻlsa, unda konsepsiyaning ichki qatlamlari 

mavhum  gʻoyalar,  axloq,  qadriyatlar,  hayotiy  pozitsiyalar  va  e’tiqodlarning 

namoyishiga olib keladigan mavhum fikrlash bilan bogʻliq. [2. 36-bet] Bunday 

holda, tabiat shoirning nutqi  va fikrlash faoliyatining maxsus kommunikativ 

vositasi (shakli, belgisi) vazifasini bajaradi. 

 Muallif  badiiy  olamidagi  ruhiy  shakllanish,  shuningdek,  uning 

gʻoyalarini ramzlar va metaforalarga berkitadigan tabiat tasvirlari bizga shoir 

qarashlarini  yaxlit  bir  tizimga  solishga  koʻmak  beradi.  Ijodkorning  tabiatga 

qarashi,  lirik  asarlaridagi  tabiat  tasviri  masalalarini  oʻrganish  shoir 

mahoratining ayrim qirralarini yoritishga imkon beradi.  

Tabiat  vositalari  chegaralanmagan,  shoir  atrofini  qurshab  turgan,  oʻzi 

yashab, his qilayotgan tabiatning istalgan boʻlagini poetik detal yoki obrazga 

aylantirib,  she’rga  olib  kira  olishi  mumkin.  Tabiat  unsurlarining  poetik 

vazifasini  anglash  orqali  shoirning  falsafiy-ijtimoiy  qarashlarini  tushunish 

osonlashadi. Lirik qahramon tashqi olam bilan aloqaga kirisharkan, jarayonni 

umumlashtiradi.  V.G.  Belinskiy,  “Buyuk  shoir  oʻzi  haqida,  oʻz  “men”i  haqida 

gapirarkan, umum haqida – insoniyat haqida soʻzlaydi, zotan, insoniyatga xos 

hamma  narsa  uning  tabiatida  mavjuddir.  Shuning  uchun  ham  har  bir  kishi 

uning  hasratida  oʻz  hasratini,  uning  qalbida  oʻz  qalbini  topib  oladi,  uning 

qiyofasida  esa  faqat  shoirni  emas,  balki,  insonni,  oʻz  bashariy  birodarini 



 

655 


koʻradi”,  deb  yozadi.  [3.  184-bet]  Lirik  kechinmada  fikr  va  hissiyot  qorishiq 

yashaydi. Tabiat esa tashqi olam, lirik kechinmaga bevosita aloqador boʻladi.  

 She’riyat  inson  xarakterining  ma’lum  bir  holatini  chizadi,  bu  holatni 

soʻzlovchining  aniq  bir  kechinmasi  orqali  ifoda  etadi.  Aniq  kechinma  esa, 

individual xarakterga ega boʻlib, undan obyektivlik talab qilishning iloji yoʻq. 

Chunki kechinma individual boʻlgan holida subyektiv hamdir. Tabiat unsurlari 

lirik qahramon kechinmasini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, 

ular badiiy tasvir vositalari boʻlib xizmat qiladi, she’riy san’atlar qoʻllanilganda 

tabiat unsurlari asosiy shakllantiruvchi vazifasini bajaradi. 

She’riy san’atlarning she’rda badiiylikning oshishi, lirik ifodaning chuqur 

emotsional tus olishiga xizmat qilishi hisobga olinsa, tabiat unsurlarining detal 

sifatida muhimlilik darajasini kuzatashimiz mumkin. She’riy san’atlar soni koʻp. 

“Ilmi bade’”ga asos solgan Muhammad binni Umar Roduyoniyning “Tarjimon 

ul-balogʻa” risolasida 124 ta she’riy san’at sanab oʻtilgan, XV asrda yashagan 

Atoullo Husayniy “Badoe’ ul-sanoe’” asarida 147 ta she’riy san’atni izohlagan. 

Adabiyotshunos olim Vahob Rahmonov “She’r san’atlari” kitobida 30 dan ortiq 

badiiylik  vositalarini  tavsiflab  beradi.  [4.  247-bet]  Tabiat  unsurlari  ushbu 

she’riy  san’atlarning  hosil  qilinishida  asosiy  detal  boʻla  oladi.  Ayniqsa, 

jonlantirish,  majoz,  koʻchim,  sifatlash  kabi  badiiylik  vositalarini  tabiat 

unsurlarisiz tasavvur etish mushkul.  

 Shu oʻrinda qayd qilish lozimki, Sharq poetik tafakkurida tabiatning toʻrt 

asosiy  unsuri:  suv,  havo,  quyosh  va  tuproq  yetakchi  rol  bajaradi.  Mirzo 

Abduqodir Bedilning shu toʻrt unsurga bagʻishlangan “Chor unsur” risolasi ham 

mavjud.  Alisher  Navoiy  asarlari  boshida  keladigan  hamd  qismida  tabiat 

unsurlariga tavsif beriladi. Bunda butun tabiatning yaratuvchisi sifatida Alloh 

taolo  aytiladi.  Borliqni  shu  toʻrt  unsur  ushlab  turadi,  kun-tun  almashishi, 

tiriklik,  hayvonotu,  nabototning  mavjudligi  ham  shu  toʻrt  unsurning  borligi 

bilan sifatlanadi. 

 Zamonaviy  oʻzbek  she’riyati  mumtoz  she’riyatdan  oʻsib  chiqqan  va 

mumtoz  an’analar  turli  koʻrinishlarda  namoyon  boʻladi.  She’riyat  boshqa 




 

656 


adabiy  turlarni  ham  oʻziga  singdira  olishi  bilan  xarakterli  ekanini  bilamiz. 

Mumtoz adabiyotda tartiblar muntazamligi mavjud. Zamonaviy she’riyat esa 

ma’lum  ma’noda  an’anaviy  andozalarni  buza  oldi,  bu  esa  yangi  adabiy 

tajribalar, jahon adabiy tendensiyalari bilan tanishuv zamirida yuzaga keldi. Bu 

jarayonda she’riyatning pozitsiyasi ham oʻzgardi, mavzular rang-baranglashdi, 

janrlar  xilma-xillashdi.  Mumtoz  adabiyotda  qoʻllanilgan  tabiat  unsurlari 

boshqa  simvollarni  bera  boshladi,  ammo  she’riy  san’atlarning  mumtoz 

adabiyotda  qoʻllanilgan  tashbehlar  tadrijining  davomiyligi,  ba’zi  hollarda 

takrori kuzatildi.  

 “Poeziya  hayot  dramasidir”,  deydi  N.G.  Chernishevkiy.[5.  152-bet] 

Buning ma’nosi adabiyot hayotni undagi qarama-qarshi tendentsiyalar kurashi 

orqali aks ettiradi deganidir. Hayot deganda biz borliqni tushunamiz. Shoirning 

nigohida  anglangan  olam  –  tabiat  obraz  va  metaforalar  vositasida  badiiy 

yozuqqa aylanadi. Aristotel “Poetika” asarida shunday yozadi: “Inson boshqa 

jonli mavjudotlardan oʻxshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham farqlanadi, 

hatto  dastlabki  bilimlarni  u  oʻxshatishdan  oladi  va  bu  jarayon  samaralari 

barchaga huzur bagʻishlaydi”.  

 Tabiat  unsurlari  kishi  koʻz  oʻnggida  turgani  uchun  u  bilan  bogʻliq 

obrazlar  oʻquvchi  tasavvurida  tiniq  namoyon  boʻladi.  Lirik  qahramonning 

abstrakt  va  oʻquvchiga  qorongʻu  kechinmasi  tabiatdagi  biz  qoʻlimiz  bilan 

ushlab, koʻzimiz bilan koʻrgan predmetga chogʻishtirilsa yoki oʻxshatilsa, oʻsha 

ramz  yoki  metaforani  ilgʻash  oson  kechadi.  She’rdagi  konkretlik  miqdori 

oshadi.  Modernistik  she’rlarda  shoir  abstraktlikka  koʻproq  e’tibor  qaratadi. 

Kutilmagan  metaforalar,  ramzlar  oʻquvchini  mushohada  etishga  undaydi. 

Ularning kalitini topish murakkablik tugʻdiradi.  

Puerto-rikolik  shoira  Izabel  Freyrning  quyidagi  she’ri  misolida 

fikrimizni asoslaymiz: 

Fosh etadi sevgim 

barmoqlarida 

yashiringan ipak kapalaklarni 




 

657 


yulduz boʻlib sachrar 

uning soʻzlari 

barmoqlari aro taralayotgan 

yorugʻlik singari yorishar oqshom 

(tarjima bizdan – X.S.) 

 Ushbu  she’rda  sevgining  barmoqlari,  barmoqlarda  yashiringan  ipak 

kapalaklar,  yashirilgan  kapalaklarning  fosh  boʻlishi,  yulduzga  oʻxshab 

sachrayotgan  (porlayotgan)  soʻzlar,  barmoqlardagi  kapalaklardan 

taralayotgan  yorugʻlik  oqshom  kabi  yorishayotgani  tadrijida  metaforani 

koʻramiz.  Sevgi  mavhum  tuygʻu,  lekin  tabiat  unsurlari  kapalak,  yulduzlar  va 

oqshom  vositasida  tasavvurimiz  konkretlashadi.  Endi  bizning  sezgimiz  lirik 

qahramonni  tuyishda  tayanch  vositalarga  ega.  Metaforani  tashkil  qilayotgan 

konkret predmetlar – tabiat unsurlari lirikqahramonning mavhum kayfiyatini 

oydinlashtira boradi. 

sevgim kashf etgan dunyolar 

bir dunyoki, unda 

yaltiroq tosh yangligʻ istaklar yashar 

bir dunyoki, musiqa - dunyo 

 bir dunyoki, koshonalari 

tongotarda xayolga tolar 

ochiq turgan koʻzlari ila 

Mening sevgim -  

sukunatda nur parchalarin  

 unutayozgan telba gul erur. 

She’rning davomida konkretlashuv takomillashadi va tongotar, yaltiroq 

tosh,  koshona,  ochiq  turgan  koʻzlar  kabi  detallar  vositasida  biz  lirik 

qahramonning kechinmasini yaxshiroq ilgʻaymiz, goʻyoki oʻz qalbida bir dunyo 

orzularga toʻla oqshomni kuzatadi, tong otishi esa bu ajib kechinmani boʻlib 

qoʻygan kabi va yakunda lirik qahramonning sevgisini yorugʻlik bilan oʻsadigan 

gulning oʻz ozigʻini unutgan telba gul qiyofasida koʻramiz.  




 

658 


 Tabiat  unsurlari  shoirning  mavhum  kechinmalarini  konkretlashtirish 

bilan  birga  u  aytmoqchi  boʻlgan  gʻoyani  anglatishda  muhim  signal  (ishora) 

boʻlib  xizmat  qiladi.  Poetik  tafakkur  sezgilar  vositasida  amalga  oshadi. 

Abdurauf  Fitrat  she’r  haqida  fikrlarini  bayon  etarkan,  “har  birimizda  jon  va 

ongimizni  tegramizdagʻi  narsalar  va  hodisalardan  chorlandurub  turgʻuchi 

“besh  sezgich”  (havvosi  xamsa)  bordir.  Jonimiz  shul  besh  sezgich  orqali 

dunyoning  tegramizga  erishkan  narsa  va  hodisalarni  bilib  turar  va  har 

birisindan  qaygʻi,  sevinch,  qoʻrquv,  qizish,  qaynash  kabi  sezgi  va  tuygʻilar 

oladir”,  deydi.  Fitratning  yozishicha,  “She’r  yurakimizda  hosil  boʻlgʻan  ana 

shunday  sezgilarni  hunarlicha  soʻzlar  bilan  boshqalarning  yuragiga 

oʻtkarmakdir”. [1. 7-bet] 

 Tabiat  poetikasi  shoir  uchun  chegaralanmagan  kengliklarni  ochadi. 

Zamonaviy oʻzbek she’riyatida tabiat unsurlarining poetik vazifasi turli shakl 

va  hollarda  namoyon  boʻladi.  Matnazar  Abdulhakim  va  Usmon  Azim  ijodi 

misolida ushbu muammoni oʻrganish ayni zamon she’riyatidagi badiiy-gʻoyaviy 

mushtarakliklarni  aniqlashda  koʻmaklashadi,  shuningdek,  zamonaviy  oʻzbek 

she’riyatidagi  tabiat  unsurlarining  ahamiyatlilik  darajasi  haqidagi 

tasavvurlarni umumlashtirish imkonini beradi.  

 Tabiatning  asosiy  toʻrt  unsuri  shoirlarning  poetik  talqinida  muhim 

nuqta sanaladi. Masalan, Matnazar Abdulhakimning quyidagi she’rini koʻraylik: 

“Yaqinlarim yigʻlab boʻlgandir,  

Umri tugagandir motamning.  

Shunchalik ham choʻziladimi  

Uqubati oʻlgan odamning.  

Marhummanmi — yoʻqmi harqalay,  

Quchogʻingga olding-ku biroq.  

Shuncha qattiq sogʻinganmiding,  

Xush koʻrishdik, azizim tuproq”. [4. 87-bet] 




 

659 


Ortiqcha  metaforalar,  murakkab  ramzlardan  xoli  bir  she’r.  Unda 

toʻgʻridan-toʻgʻri  tuproqqa  murojaat  etiladi.  Ammo  “tuproq”  tiriklik  bilan 

vidolashuv ma’nosini oʻzida aks ettiradi. 

Usmon Azimning quyidagi she’rida ham “tuproq” obrazi fanodan baqo 

sari safar mazmunini beradi: 

Dushmanim-a, toshlar otib 

Toʻymaydirsan— 

Tuproq boʻlay desam, nega 

Qoʻymaydirsan?...[5. 233-bet] 

Oʻzbek zamonaviy she’riyatida toʻrt unsur: tuproq, suv, havo va quyosh 

koʻp  ishlatiladigan  metaforik  birliklar,  badiiy  detallar  hisoblanadi.  Mumtoz 

adabiyotda ushbu toʻrt unsurning tiriklikni mujassamlashtiruvchi xilqat ekani 

koʻrsatiladi,  zamonaviy  she’riyatda  bu  qarash  davom  etadi  va  yangi  badiiy 

qirralari kashf etiladi.  

Toʻrt  unsur  oʻzida  tabiatning  barcha  qismlarini  mujassamlashtiradi. 

Tuproq oʻzida yer, sahro, choʻl, bogʻ, dala, dasht, tosh, tuproq, togʻ va boshqa 

shunga aloqador tabiat unsurlarini birlashtirsa, suv dengiz, ummon, koʻl, daryo, 

oʻzan, jilgʻa, buloq, chashma kabi qismlarni yaxlitlaydi.  

Suv emas, qoʻllarga toʻlmasmi Orol  

Nogiron qoldirib yosh-qarimizni.  

Qarmoq solib soʻngra baliq oʻrniga  

Tutib yemaymizmi qoʻllarimizni?. 

Ushbu  she’rda  Matnazar  Abdulhakim  “suv”  detali  orqali  ijtimoiy 

muammoni  oʻrtaga  tashlaydi.  Shoirning  ironiyasi  kelajakda  roʻy  berishi 

mumkin boʻlgan xavfni – falokatni urgʻulaydi.  

Hovuzning suvlari quridi qachon? 

Tollarni kim kesdi? Qayragʻoch qani? 

Qanday u yillarni saqlaysan omon, 

Xotiram manim? 



 

660 


Usmon Azimning bu she’rida esa “suv” detali orqali lirik qahramonning 

oʻtmishga  qaytish  holatini  koʻramiz.  Lirik  qahramon  suvi  qurigan  hovuz, 

kesilgan tolu qayragʻochga oʻtib ketgan umrni yodga oladi. Bu kayfiyat oʻquvchi 

qalbiga  koʻchadi  va  she’rning  ekspressivligi  yuqumli  bir  gʻamginlikni 

oʻquvchiga yuqtiradi.  

Har bir she’rning yuragi lirik qahramoni uning asos markazi hisoblanadi. 

Keyingi yillar lirik qahramoni zamona va zamondoshlariga tabiat manzaralari 

nigohi  bilan  boqa  boshladi,  she’riyatda  inson  va  tabiat  oʻrtasida  oʻziga  xos 

aloqa-robita  paydo  boʻldi.  Bu  aloqa  lirik  qahramon  qiyofasini  poetik 

mukammalashtirdi  ham.  Bu  davrdagi  lirik  qahramon  intellektual  jihatdan 

yetuk,  oʻzida  jamiyatning  barcha  voqeliklariga teran munosabatini jamlay 

olgan shaxs sifatida namoyon boʻldi. 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish