Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Key words: associative units, associative relation, associative field, lexical association, 

individual association, genderlect. 

 

 



Tashqi olam inson ongida bir-biri bilan aloqador turli obyektlar, voqea-

hodisalar hamrohligida aks etgani bois ular assotsiativ tarzda biri ikkinchisini 

yodga tushiradi. Nafaqat tashqi olamdagi obyektlar, balki insonning birgalikda 

va bir vaqtda boshidan kechirgan turli kechinmalari ham aloqadorlik tamoyili 

asosida bir-birini eslatib turadi. M.Vettler va R.Rappning qayd etishicha, “bir 

vaqtlar  birgalikda  his  qilingan  obyektlar  qoidaga  koʻra  xayolan  bir-biriga 

bogʻliq  obyektlarga  aylanadi.  Shu  bois  ulardan  biri  haqidagi  oʻy,  tabiiyki, 

boshqasi  haqida  ham  avvalgidek  birin-ketinlik  yoki  birga  mavjud  boʻlishlik 

tartibida oʻy surishga olib keladi”. [8] Bu jihatdan qaraganda, ongda aks etgan 

assotsiativ aloqalarning tilda ham ifoda topishi bejiz emas. 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

41 


Oʻzbek 

tilida 


leksik 

birliklarning 

assotsiativ 

bogʻlanishi, 

assotsiatsiyalarning xususiyatlari muammosiga munosabat bildirilgan ishlarni 

istisno etganda, bugungi kunda oʻzbek tilida leksik assotsiatsiyalarning hosil 

boʻlish  mexanizmlari,  verbal  assotsiatsiyalarning  til  egalarining  mentaliteti, 

milliy-madaniy  qarashlari  bilan  bogʻlanishi,  gender  belgisi,  ijtimoiylik 

xususiyatlari  nuqtayi  nazaridan  tadqiqi,  oʻzbek  tili  materiallari  asosida 

assotsiativ lugʻatlarni  yaratish  masalasi  dolzarb  muammolardan  biri  boʻlib 

qolmoqda.  Biz  mazkur  maqolada  verbal  assotsiatsiyalarning  til  egalarining 

gender belgisi nuqtayi nazaridan tadqiqi masalasiga toʻxtalamiz. 

 

XX  asr  boshlarida  dunyo  tilshunosligida  til  va  nutq  tadqiqiga  qiziqish 



boshlandi.  Jumladan,  Amerikalik  antropolog-tilshunos  E.Sapir,  daniyalik 

tilshunos  O.Jespersen  tadqiqotlarida  [1,6]  nutqning  struktur  xususiyatlari, 

xususan, fonetik, leksik, morfologik, sintaktik qurilishi borasida qiziqarli fikrlar 

keltirilgan. Keyinchalik, XX asrning 60-70- yillariga kelib, bu tadqiqotlar jinslar 

nutqidagi  oʻzaro  tafovutlarning  ochilishi  va  oʻrganilishiga turtki boʻldi.  [3,5] 

Ammo,  XXI  asr  ilm-fanida  genderolingvistik  izlanishlar  natijasida  ayol  va 

erkaklar nutqi – genderlektdagi farqli jihatlar qayta talqin qilina boshlandi. [7] 

Amerika  va  Yevropa  tilshunoslari  tomonidan  tadqiq  qilingan 

genderolingvistik  nazariyalar  koʻp  oʻtmay  rus  tilshunosligida  ham  katta 

qiziqish  bilan  oʻrganildi  hamda  rus  tili  asosidagi  gender  tadqiqotlari  davri 

boshlandi. [9] 

Bugungi  kunda  rus  tilshunosligida  mustaqil  fan  sohasi-gender 

tilshunosligining  mustaqil  shakllanish  jarayoni  kuzatilmoqda  va  zamonaviy 

gender  tadqiqotlari  rivojiga  juda  katta  hissa  qoʻshib  kelmoqda.  Til  va 

kommunikatsiyani  gender  tadqiqotlari  nuqtayi  nazaridan  oʻrganish va tahlil 

qilishda  yangicha  yondashuvlarning  vujudga  kelishi  bundan  dalolat  beradi. 

Gender kategoriyasi va unga bogʻliq boʻlgan jins va til tushunchalarining yangi 

nuqtayi  nazarining  vujudga  kelishi  natijasida  tilshunoslik  fani  tilda  jins 

muammolarini tadqiq etish yoʻnalishlari va konsepsiyalarini oʻrganishga yangi 

yoʻl ochib berdi. 




 

42 


Yuqorida  ta’kidlangan  ilmiy  ishlarda  erkak  va  ayollar  nutqining  qator 

farqli xususiyatlari ogʻzaki va yozma nutq misolida aniq ifodalangan. Jumladan, 

ayollar nutqiga xos diskursiv qurilmalarning uzundan-uzun, erkaklarniki esa 

qisqaroq  qoliplarda  tuzilishi;  ayollar  nutqidagi  sintaktik  qurilishda  gap 

boʻlaklarining oʻzgargan tartibi (inversiya) va erkaklarnikida odatdagi tartib 

amal  qilishi;  ayollar  nutqi  emotsionalligi,  hissiy  boʻyoqdorligi,  undovlardan 

koʻp  foydalanilganligi  jihatidan  erkaklarnikidan  farq  qilishi;  variativlikning 

ayollar nutqida koʻp uchrashi, sinonimlarni erkaklarga nisbatan koʻp qoʻllashi; 

umuman, ayollarning soʻz qoʻllashda erkaklardan ustunligi; ayollar nutqining 

maqsadsiz  va  aksincha,  erkaklar  nutqining  maqsadli  yoʻnaltirilishi;  ayollar 

nutqida  unlilarning  choʻziqroq  talaffuzi  va  erkaklarda  odatiy  qisqa  talaffuz 

qilinishi kabi qator differensialliklar misollar yordamida ochib berilgan. 

Oʻzbek  tilshunosligida  bunday  qarashlar  XX  asrning  90-yillariga kelib 

shakllana boshladi. Ilk tadqiqotlar davrida ayollar nutqiga xos ba’zi lingvistik 

jihatlar  ochib  berilgan,  ammo  ularda  erkak  va  ayollar  nutqining  differensial 

xususiyatlari maxsus tadqiqot obyekti sifatida olinmagan, shuningdek, gender 

termini umuman qoʻllanilmagan. Shu bois, masalaga erkak va ayollar nutqining 

oʻzbek tili ichki qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda yondashish zamonaviy 

oʻzbek  tilshunosligi  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa,  oʻzbek  tilida 

assotsiativ birliklarning gender oʻziga xosliklarini ochib berish oʻz yechimini 

kutayotgan dolzarb masalalardan biridir. 

Gender  tilshunosligi  quyidagi  muammolar  guruhini  har  xil  nuqtayi 

nazardan oʻrganadi:  

1. Til va unda jinsning ifodasi: nominativ tizim, leksikon, sintaksis, rod 

kategoriyasi  va  qator  oʻxshash  obyektlar.  Bunday  yondashishning  maqsadi 

turli xil jinsdagi shaxslarning tilda qanday namoyish etilishi, erkak va ayollarga 

beriladigan  baholar  va  ularni  qaysi  semantik  sharoitlarda  yanada  yorqin 

ifodalanganligini tasvirlash va tushuntirishdan iborat. Bu bir til yoki bir necha 

tillar boʻyicha chogʻishtirma tadqiqotlar boʻlishi mumkin.  



 

43 


2.  Kommunikatsiyada  yutuqqa  erishish  usullari,  leksik  birliklarning 

gender  spetsifikasiga  asoslangan  holda  qoʻllanilishi,  erkak  va  ayollarning 

nutqlarida  ajraladigan  oʻziga  xos  strategiya  va  usullar,  ya’ni  erkak  va  ayol 

nutqining  spetsifik  xususiyatlari.  Bu  oʻrinda  bir  qancha  konseptual 

yondashishlarni  ajratib  koʻrsatish  mumkin,  bular,  avvalambor,  ijtimoiy-

madaniy determinism va biodeterminizm nazariyalari.  

XX  asrning  60-yillari  oxiri  va  70-yil  boshlarida  gender  tadqiqotlariga 

boʻlgan  munosabat  butkul  yangicha  tus  oldi.  Aynan  shu  davrda  til  va  jins 

munosabatlarini  tadqiq  etish  metodlarining  farqlanishiga  koʻra,  bir  necha 

tilshunoslik yoʻnalishlari  shakllandi.  Shulardan  biri  jinsni  psixolingvistik, 

assotsiativ  yondashuv  nuqtayi  nazaridan  oʻrganishdir.  Kognitiv  tilshunoslik 

psixolingvistika  bilan  chambarchas  bogʻliq,  deyish  mumkin.  Chunki 

“psixolingvistika  fan  sifatida  lingvistik  gipotezalarni  psixologik  jihatdan 

asoslasa (yoki boshqacha aytganda, psixologik metodologiyaning tilshunoslik 

nazariyasiga tadbiq etilishi), kognitiv tilshunoslik esa psixologik gipotezalarni 

lingvistik (realligini aniqlab) isbotlaydi”. [9. 43-bet.] 

N.Hoshimovaning  “Прагматические  аспекты  при  исследовании 

ассоциаций”  deb  nomlangan  maqolasida  assotsiatsiyalarning  individuallik 

xususiyatlari  va  ularni  aniqlashga  pragmatik  yondashuv  masalasi  tahlil 

qilingan. Tadqiqotchi individual assotsiatsiyalarni yuzaga keltiruvchi tashqi va 

ichki  omillar  haqida  fikr  yuritgan.  Uning  qayd  etishicha,  tashqi  omillarga  til 

egalarining  millati,  yoshi,  jinsi,  ijtimoiy  mavqei,  kasbi  kabi  omillar  kiradi. 

Shuningdek, voqelikning har bir inson tomonidan turlicha idrok etilishi, soʻz 

bilan bogʻliq  holda  orttirilgan  bilim,  insonning  reprezentativ  tizimi,  soʻz 

ma’nosi  va  u  haqida  insonda  shakllangan  tushuncha  kabi  ichki  omillar  ham 

individual assotsiatsiyalarning hosil boʻlishiga olib keladi. [12. 10-bet] Albatta, 

assotsiativ  maydonda  oʻziga  xos  individual  assotsiatsiyalar  ham  uchraydi. 

Bunday assotsiatsiyalar nafaqat turli tillarda, balki bir til doirasida ham bir-

biridan farq qiladi. Individual assotsiatsiyalarni oʻzbek tili materiallari asosida 



 

44 


milliy-madaniy,  gender,  ijtimoiylik  va  boshqa  omillar  bilan  bogʻliq  tarzda 

tadqiq etish dolzarb muammolardan biridir.  

Tildagi gender markerli leksik birliklar aynan shunday belgiga ega leksik 

birliklar bilan assotsiativ bogʻlanishlarni hosil qiladi. Masalan, ayol leksemasi 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish