45
Ushbu individual assotsiatsiyalar bir matnning ikki xil bayonidir.
Ikkinchi nutq erkak kishi jinsiga oid boʻlib, qisqaligi bilan farqlanadi va ijobiylik
ma’nosiga ega. Ya’ni soqovlik koʻp holatlarda foyda keltirilishi ta’kidlanadi,
hatto salbiy ma’noga ega boʻlgan likillatadi soʻzi ham ijobiy boʻlgan samimiylik
bilan izohlanadi. Birinchi nutq ayol jinsiga mansub boʻlib, unda likillatadi soʻzi
kommunikativ mazmunning salbiy ma’noga ega ekanligiga asoslanadi. Demak,
nutqda yashiringan informativ mazmun quyidagicha: baliqning soqovligi,
umuman hech narsaga e’tiroz bildirmasligini, muttasil dumini likillatishi
xushomadgoʻyligini bildiradi. Demak, eng aqlli degan ta’rif ham majoziy
ma’noga ega.
Ma’lumki, tildagi ma’noli birliklar semantikasi, tabiiy ravishda, yondosh
ma’nolar (yaqin, zid, oʻxshash ma’nolar) orqali ochib beriladi. Masalan, oq
leksemasining ma’nosiga qora leksemasining ma’nosi asosida aniqlik kiritiladi.
Bu jarayonda til birligining assotsiativ ma’nosi muhim oʻrin tutadi.
Leksemaning assotsiativ ma’nosi leksik ma’no kabi soʻz orqali reallashadi,
biroq leksik ma’no leksemada oʻz ifodasini topsa, assotsiativ ma’no til egalari
lisoniy ongida muayyan leksik birlik bilan bogʻliq tarzda shakllanadi.
Assotsiativ ma’no leksemaning nafaqat semantik jihati, grammatik shakli,
intonatsion xususiyati, soʻz yasalish strukturasi, uslubiy, dialektal belgisi kabi
lingvistik omillar, balki ekstralingvistik omillar asosida ham hosil boʻladi.
A. Zalevskayaning fikricha, assotsiativ ma’no tushunchasi oʻziga xos ichki
strukturani, insonda nutq va tafakkur orqali oʻrnashuvchi aloqa va
munosabatlarning tub modellarini aniqlash jarayonida shakllanadi, “kognitiv
tuzilma”lar asosida assotsiativ ma’no tushunchasi yotadi va uni faqat
soʻzlarning assotsiativ aloqasi tahlili orqali aniqlash mumkin boʻladi [11. 25-
bet]
Stimul soʻz (eshitilishi yoki oʻqilishi bilan xotirada boshqa birliklarning
yodga tushishiga turtki beruvchi soʻz) + javob reaksiyasi (eshitilgan yoki
oʻqilgan soʻzga javob reaksiyasi sifatida inson xotirasida gavdalanadigan birlik,
46
assotsiat) modelidagi assotsiativ struktura muayyan vaziyat ifodasi uchun
xizmat qila oladi.
Ushbu badiiy matnning stimul soʻzi ikkita: soqov, likillatadi. Yana bir
necha individual assotsiatsiyalarini koʻrib chiqaylik.
1. Dunyoda jonivorlarning juda koʻp turi mavjud. Bular orasida baliq juda
bebaho jonivor. Uning zarari yoʻq. U odamga qandaydir ruh bagʻishlaydi,
charchogʻini chiqaradi.
2. Soqovligi uchun kerakli, keraksiz joyda nooʻrin gapirib qoʻymaydi,
bekorchi safsatalar sotmaydi. Dumini muttasil likillatishi serharakat va
mehnatkash ekanligi, bundan tashqari sezgir, sergʻayratligi nazarda tutiladi.
3. Har doim gap qaytarmay “xoʻp” deydigan, doimo oʻzidan ustun boʻlgan
insonlar xizmatida shay turuvchi inson deb atash mumkin. Bunday insonlarni har
doim ham ijobiy baholash mumkinmi?
4. Baliqning soqovligi aqlli insonlarning kam gap boʻlishi kerakligini (ilmi
chuqur boʻlgan inson kam gapiradi, u koʻp tinglaydi), muttasil dumini harakatga
keltirishi aqlli insonlarning doimo mehnat bilan shugʻullanishini (qalbing
Allohda, qoʻling mehnatda boʻlsin) bildiradi.
Yuqoridagi misollardan faqat toʻrtinchi individual assotsiatsiya erkak
jinsiga mansubdir.
Ushbu badiiy matnning toʻqqiz xil individual assotsiatsiyasini (toʻrtta
erkak va beshta ayol kishi) tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
Do'stlaringiz bilan baham: