Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Diagnostika (yunon tilida «dia»- shaffof, «gnosiss»-bilim degan 
ma’noni bildiradi)-o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayon to‘g‘risida aniq 
ma’lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi [1, 14]. Pedagogik 
diagnostika-pedagog shaxsining va u bilan pedagogik faoliyatga kirishuvchi 
ta’lim sub’ektlarining didaktik va tarbiyaviy tizim natijalarini tahlil qilish, 
kvalimetrik o‘lchash, samarali natijalarni kafolatlash va tavsiyalar berish 
jarayoni [2, 18]. 
Maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy 
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi Moodle, Wordpress, PHP, Turbo 
Site, Bandicam, Audisity, Movavi Video, Editor Plus, AutoPley, Media Studio 
8, Macromedia Flash bajarilgan elektron axborot sinov vositasi asosida 
diagnostikani o‘tkazish mumkin. 
Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi o‘ziga xos tajribalardan kelib chiqqan 
holda pedagogik diagnostika nazariyasi asosida ta’lim samaradorligi 
prinsipining birinchi parametri “ta’lim-tarbiya jarayonining kafolatlangan 
natijaviyligini aniqlash” sifatida belgilandi. Mazkur parametr boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari faoliyati quyidagi indikatorlar asosida diagnostika qilinadi:  

davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari talablarini bajarish 
darajasi; 

ta’lim muassasasi o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasidagi 
umumiy natijalari; 

o‘quvchilarning bosqichli nazoratlardagi umumiy natijalari;ta’lim 
muasasasini bitirgan o‘quvchilarning akademik litsey, prafessional ta’limi 
muassasalarida o‘qishlarini davom ettirishlari; 

“Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari 
bo‘yicha bilimlar bellashuvi”dagi tuman, viloyat va respublika bosqichidagi 
natijalari;

fan olimpiadasining tuman va viloyat bosqichi natijalari;

“Tili bilimdonlari” va boshqa ko‘rik-tanlovlar natijalari. 
Pedagogik 
diagnostika:birinchidan
individual ta’lim jarayonini 
qulaylashtirishi, ikkinchidan, jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, ta’lim-
tarbiya natijalarini to‘g‘ri aniqlashni taminlashi, kafolatlashi, uchinchidan


35 
o‘ziga xos ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikni oqilona tanlashga yordam 
berishi kerak. Pedagogik diagnostika yordamida ma’naviy-ma’rifiy jarayon 
tahlil qilinadi va ta’lim-tarbiya natijalari aniqlanadi.
Tashxislashda nafaqat ta’lim-tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki 
ularning o‘zgarish dinamikasini ham nazarda tutish lozim. 
Pedagogik diagnostika quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
-birinchisi-shaxsni har tomonlama o‘rganish, tashxis qilish yoki o‘zini-
o‘zi tashxislash; 
-ikkinchisi- 
pedagoglar 
jamoasi 
tomonidan 
ta’limiy-tarbiyaviy 
jarayonning samaradorligiga erishishni ta’minlash. 
Pedagogik diagnostika o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tadqiq qiladi. Uning 
metodlari ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan shu bilan farq qiladiki, u 
alohida o‘spiringa yoki o‘quvchi-yoshlar guruhiga dolzarb pedagogik tadbirlarni 
qo‘llashni ko‘zda tutadi. 
O‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga xizmat qiluvchi 
pedagogik diagnostika har bir rejali o‘quv jarayonining ajralmas qismi 
hisoblanib, tahsil oluvchi o‘quv materialini qanday o‘zlashtirayotganini doimo 
kuzatib boradi, tarbiyaviy jarayondagi muammolarning yechimini topishga 
harakat qiladi. Mohir pedagog o‘quv jarayonida tug‘iladigan qiyinchiliklarni 
boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tushunadi. 
Shunday qilib, mamlakat taraqqiyoti uchun intellektual va ma’naviy 
salohiyati yuksak yangi avlod yoshlarni tayyorlashda boshlang‘ich 
sinflaridanoq bolalarda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda pedagogik diagnostika metodlaridan 
foydalanish va xalqaro baholash dasturlari bilan birga milliy diagnostik 
tizimlardan foydalanish zarurati mavjud bo‘lib, ular kelajakda ta’lim -
tarbiya sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish