32
darajasini oshiradi. Bilishga qiziqish o’quvchilarni izlanishga o’rgatadi, ular
savollarga javob qidirishga o’rganadi. Bilishga qiziqish faqat ta’lim jarayoni
natijasiga ijobiy ta’sir qilib qolmay balki o’quvchining tafakkur, idrok, xotira,
diqqat kabi ruhiy jarayonlarining rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Boshlang’ich sinflarda barcha fanlardan ta’limiy o’yinlarni qo’llash
o’quvchilarning bilim samaradorligini oshirishda katta natija beradi.
Ona tili fanidan mavzularni o’tishda “Noto’g’ri jumla”, “Harflarni top”,
“Nima yo’qolib qoldi”, “So’zni top”, “Zanjir” kabi o’yinlardan foydalanish
mumkin. O’qish fanidan “Qarmoq”, “Davom ettir”, “O’yin-topishmoq” kabi
ta’limiy o’yinlar mavzularni o’quvchilarga etkazishda samarali usul hisoblanadi.
Matematika fanidan “Doiraviy misollar”, “Biz kamayib qoldik”, “Zinapoya”,
“Tez javob” kabi ta’limiy o’yinlar o’quvchilarning hisoblash malakalarini
rivojlantiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan o’yinlardan ayrimlaridan darslarda qanday
foydalanish usullariga to’xtalib o’tsak.
“Zanjir” o’yinini sinfdagi o’quvchilarni guruhlarga bo’lib tashkil etilsa
yanada qiziqarli bo’ladi. “Zanjir” o’yinidan savod o’rgatish davrida so’zlar
topish bo’yicha o’tkazish mumkin. O’yin qoidasiga ko’ra o’qituvchi bir so’z
aytadi. O’quvchilar shu so’z oxiridagi harfdan boshlanuvchi so’zni navbat bilan
aytadi. Qaysi bir o’quvchi so’z topa olmay qolsa shu yerda zanjir uziladi. Shu
o’quvchining guruhiga jarima belgilanadi. Masalan, nok- koptok- karam-
mashina-anjir-rost-tarvuz-zina-achchiq-qovun-novvot.
Bu o’yindan 3-4-sinflarning ona tili darslarida so’z turkumlari bo’limida
foydalanilsa, o’quvchilarning so’z turkumlarini farqlash malakalari yanada
rivojlanadi.
“So’zni top o’yini” dan 1-4-sinflarning ona tili darslarida foydalanish
mumkin. O’yinning mantiqi sarlavhasida ifodalangan bo’lib, o’yin qoidasiga
ko’ra o’quvchilar o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan so’zni
topishi kerak. O’yin umumiy holda o’tkazilgani ma’qul. O’qituchi: SHunday
o’qilsa, bola “b” o’rnida “l” kelsa, bo’ladi... O’quvchilar: lola. Bir harf bilan
ma’nosi va shakli o’zgaradigan so’zlar tilimizda juda ko’p uchraydi. Bola-tola-
lola-nola; loy-choy –moy- toy-soy-joy; sovun- qovun; sovuq- tovuq- qovuq,
bosh-tosh-qosh-dosh-mosh kabi so’zlardan o’yinda foydalanish mumkin. O’yin
davomida o’quvchilarning so’z boyligi oshadi, mustaqil fikrlash qobiliyati
rivojlanadi.
O’qish darslarida “Davom ettir” nomli o’yin boshlang’ich sinf
o’quvchilari uchun juda qiziqarli hamda katta ta’limiy ahamiyatga ega. O’yin
mantiqi sarlavhasidan ma’lum. O’yin qoidasi ham o’quvchilar uchun tushunarli.
O’yin o’quvchilar bilan umumiy holda o’ynaladi. O’qituvchi maqolning bir
qismini aytadi, o’quvchilar esa davom ettiradi. O’yin katta ta’limiy ahamiyatga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: