Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 


22 
1. Hasanboev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboeva O., 
Usmanov N. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. T.: “Fan va texnologiya”. 2009. 
121 – 189 b.
2. Bekmurotova N.A. Texnikaviy ijod va dizayn. – T.: “Fan va 
texnologiya”. 2006. 131 – 148 b.
3. Bulatov S.S., Axmedov M.B. Badiiy ta’limning falsafiy asoslari. – 
T.: “Fan va texnologiya”. 2010. 12 – 154 b. va h.k. 
 
TA’LIM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA MODULLI-KREDIT 
TIZIMI. 
DONIYAROV MAVLONBEK-JDPI o’qituvchisi, 
 
ESHQULOVA MOHIDIL-JDPI talabasi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonida nazarda 
tutilganidek oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, 
hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish 
asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom 
raqobat muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini 
bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish, xalqaro tajribalardan kelib 
chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv 
dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, oliy 
ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va 
iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, 
mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
tizimini yo‘lga qo‘yish kabi talablar eng ustuvor vazifa sifatida belgilib berildi. 
Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, modulli-kredit tizimning 
ahamiyati va mohiyati shundaki,XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik
taraqqiyot o‘zining yuksak cho‘qqilariga erishdi. Ilmiy texnik taraqqiyotining 
(ITT) hozirgi darajasi shundayki fan texnika va texnologiya rivojining 
erishilgan sur’atlarini mamlakat qay darajada rivojlangan bo‘lmasin alohida 
olingan mamlakatda uni ta’minlab bo‘lmaydi. ITT keyingi rivoji faqat turli 
mamlakatlardagi olim va mutaxassislarning hamkorligi ilmiy-tadqiqot 
ishlarning integratsiyasi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Fan texnika va 
texnologiyaning taraqqiyoti ta’lim taraqqiyoti darajasi bilan chambarchas 
bog‘liqligini e’tiborga oladigan bo‘lsak ta’lim sohasidagi xalqaro 
integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga aylanib qoladi. 
Bu kredit texnologiyani yaratilishini va qo‘llanishining dolzarbligini 
belgilaydi. Chunki ta’lim sohasidagi xalqaro integrallashuvi eng avvalo o‘quv 
jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etishiga tayanadi. 
Ta’lim sohasidagi integratsion jarayonlar ilk bor Evropada boshlangan 
edi. 1989 yilda Evropaning minglab talabalari Evropa hamjamiyatining 
ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University 


23 
students) TEMPUS va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
ERASMUS dasturi bo‘yicha Evropa hamjamiyati universitetetlari 
o‘rtasidagi talabalar almashinuvi sxemasi dastavval 145 oliy o‘quv yurtlarini 
qamrab olgan edi. 
ERASMUS dasturining yutuqlaridan biri bu Evropa universitetlaridagi 
o‘qitish natijalarini o‘zaro tan olish tizimi – (bu) (European Credit Transfer 
System (ESTS) ni yaratish, sinash va amaliyotga keng qo‘llash deb aytish 
lozim. 
2001 yilda o‘quv jarayonini tashkil etishning kredit texnologiyasi ESTS
Evropaning 1200 ta universitetlarida allaqachon qo‘llanilgan edi. 
2001 yilda 29 ta Evropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya 
deklaratsiyasining imzolanishi Evropa ta’lim hududini yaratilishida muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Bolonya deklaratsiyasiga ko‘ra diplomlarning o‘zaro tan olinishi, ya’ni 
o‘qitish natijalarini yakuniy ko‘rsatkichlarning o‘zaro tan olinish muddati – 
2010 yil deb belgilangan edi. 
Bolonya deklaratsiyasiga kirish uchun quyidagi dastlabki talablar 
qo‘yiladi: 
- Oliy o‘quv yurtigacha 12 yillik ta’lim: 
- ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura; 
- o‘quv jarayoni va o‘qitish natijalarini baholash ESTS kredit 
texnologiyasi asosida tashkil etilishi. 
Creditda “Kredit – shartli sinov birligi bo‘lib, talabaning o‘quv 
fanining ma’lum bir qismini o‘tganligi haqidagi ma’lumot beradi. Har bir o‘quv
faniga ma’lum miqdordagi kredit birliklari ajratiladi. Kredit birliklari soni
talabalarning mehnat sarfiga mos holda belgilanadi.
Talabaning mehnat sarfi – auditoriya mashg‘ulotlari mustaqil ishlar va 
o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. Ya’ni
ESTS kreditlari faqat auditoriya soatlari bilan chegaralanmasdan talabalarning 
to‘la yuklamasiga tayanadi. Shuning uchun ESTS kreditlarini talaba mehnat 
sarfining o‘quv fanlari bo‘yicha shartli-sonli ifodasi deb hisoblash mumkin. 
Odatda o‘quv rejasidagi fanlarga ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng
undan ko‘p va kam sonli fanlar ham mavjud. 
ESTSda kreditlar yig‘indisi semestrda – 30 o‘quv yilida – 60
bakalavriatdagi o‘quv davrida – 240 ni tashkil etadi. 
ESTS kreditlari barcha o‘quv fanlariga ya’ni majburiy va talaba tanlovi 
asosida fanlarga taqsimlanadi. Ular mazkur fan bo‘yicha kurs loyihalari va 
ishlarining mavjudligini hisobga olishlari zarur. 
O‘quv faniga ajratiladigan kreditlar miqdori, fanning murkkabligiga va 
o‘zlashtirish bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni har qanday murakkab fan ham katta 
miqdordagi kreditlarga ega bo‘la olmaydi. 
Ko‘rinib turganidek bizning mamalkatimizda birinchi va ikkinchi 
talablar bajarilgan. Endi navbat uchinchi talabni bajarishda – ya’ni o‘quv 
jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etish. 


24 
 Ushbu texnologiya asosida o‘quv jarayonini tashkil etishdan maqsad 
nimadan iborat
O‘quv jarayonini tashkil etishning ESTS kredit texnologiyasiga o‘tishda 
quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi: 
- xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart-
sharoit yaratish; 
- O‘zbekistonda ta’lim olgan muddatnini xorijiy davlatlarda tan 
olinishini ta’minlash; 
- Evropa oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalarini o‘rganish va shu asosida 
o‘quv jarayonini takomillashtirish; 
- Talabalar qobiliyatini to‘laroq ochilishiga va o‘qitishning yuqori 
natijalariga erishish.
Buning natijasida talaba yetarli bilimlarga va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. 
Modulli metodika asosida o‘qitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, 
modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish 
tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish