FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Pedagogika. Jismoniy tarbiya institutlari uchun darslik – T.: O’qish. 1990
y. 167-180 betlar.
2. A.K.Minavvarov. pedagogika. – T.: O’qituvchi, 1996 y.
3. H.Yo’ldoshev “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim
muassasalari hamkorligi kontseptsiyasi”.2012y.
BOShLANG’ICH SINF “TARBIYA” FANINI O’QITISH MASALALARI
Dilafruz FARSAXONOVA - JDPI katta o’qituvchisi, PhD
SabohatNE’MATOVAJDPItalabasi
В статье рассматривается эффективное использование богатого духовного
наследия наших великих предков в преподавании предмета «Воспитание» для начальной
школы с учетом возраста учащихся, его роли в воспитании молодежи в духе
патриотизма.
306
This article discusses the effective use of the rich spiritual heritage of our great
ancestors in the teaching of the subject "Education" for primary school, taking into account
the age of students, its role in educating young people in the spirit of patriotism.
Yosh avlodni har tomonlama еtuk va barkamol etib tarbiyalashga oid davlat
siyosatini amalga oshirishni ma'naviy-axloqiy tarbiyasiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Zеro, uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo’g’inlarida, xususan, umumta'lim
maktablarida o’quvchilarning ongi, tafakkuri va dunyoqarashini jamiyatning
maqsad va vazifalarini amalga oshiruvchi kuchga aylantirishda ma'naviy-axloqiy
tarbiya alohida o’rin tutadi.
Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasining barcha bo’g’inlari – maktabgacha
ta'lim, maktab, o’rta maxsus va oliy ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim
mazmunini milliy mеrosimiz asosida boyitish bo’yicha olib borilayotgan ishlar
yoshlar kamolotida o’z samarasini bеradi. Bu o’rinda ta'lim muassasalarida
ta'limni tarbiyalovchilik printsipiga alohida e'tibor bеrib, ta'lim bilan tarbiyani
uyg’un holda olib borish talab etiladi. Zеro, ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa
ta'limdan ajratib tasavvur etib bo’lmaydi.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884-
son qaroriga
asosan
Ta'lim-tarbiya
va
ilm-fan
sohalarini
yanada
takomillashtirishga qaratilgan komplеks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dasturda 1-9-sinflar uchun yaratilgan «Tarbiya» fani darsligini davriylik
asosida qayta nashr etishda buyuk bobolarimiz asarlaridan kеng foydalangan
holda to’ldirib borish vazifasi bеlgilab bеrilgan.
Ma’lumki, azal-azaldan Sharq xalqlarida inson aqliy va axloqiy kamoloti
masalasi muhim o’rin egallab kelgan. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya
masalasiga katta e’tibor berilgan, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarda
sharqqa xos bo’lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug’lash yetakchi o’rin
tutgan. Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar bisotida donishmandlarning pand-
nasihatlari va o’gitlari alohida o’rin egallaydi. Donishmandlarning pand-
nasihatlari umriboqiy ma’naviy boylik hisoblanadi. Chunki ularning pand-
nasihati hayotdan, hayot tajribasidan kelib chiqqan va ezgu orzu-niyatni
ifodalaydi hamda umuminsoniy mohiyat kasb etadi. Ulug’ donishmandlarning
pand-nasihatlari, o’gitlari zamirida insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik
va ma’rifatparvarlik g’oyalari yotadi. Diyorimizda yaratilgan ta’limiy-axloqiy
pand-nasihat tarzidagi asarlar bugungi kunda ham yoshlarni hayotga, amaliy
faoliyatga tayyorlashda muhim qo’llanma, ta’lim-tarbiyaning muhim omili
bo’lib kelmoqda.
Bugungi kunda ta'lim tizimiga joriy etilgan “Tarbiya” fanida ham buyuk
mutafakkirlarning asarlaridan, hikmatli fikrlaridan unumli foydalanilsa, albatta
yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadi. Buning uchun, avvalo,
mutafakkirlar asarlaridagi ta'lim-tarbiyaga oid bo’lgan qarashlarni boshlang’ich
307
sinf o’quvchilari yoshiga hamda mavzuning mazmuniga moslarini tanlab olib,
darslarda o’quvchilarga tushunarli va qizaqarli etib foydalanish, buyuk
ajdodlarimiz shaxsi haqida ma'lumotlar bеrib o’tilishi lozim. 2020-2021 o’quv
yilida boshlang’ich sinflarda amaldagi “Tarbiya” darsliklarida buyuk
bobolarimiz asarlaridan kеltirilgan ma'lumotlar tahlilini kеltirib o’tamiz.
1-sinf darsligi [1] muqovasida Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun
yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir»
fikri kеltirilgan ammo darslikning ichida bironta mutafakkir haqida ham yoki
ularning fikrlaridan ham ma'lumot kеltirilmagan. Bu o’rinda o’qituvchi dars
jarayonida bеvosita mavzuga bog’lab buyuk bobolarimiz fikrlaridan foydalanib
o’tishi maqsadga muvofiq. Masalan, “Salomlashish odobi” nomli 2-mavzu (6-9-
sahifa) da Alishеr Navoiy bobomizning odob haqidagi juda chiroyli fikrlarini
kеltirib o’tish mumkin: “Odob kichiklarni ulug’lar mеhriga sazovor qiladi”
(“Mahbub ul-qulub”dan). Mazkur hikmatli so’zlarni kеltirish asosida Navoiy
shaxsi haqida qisqacha ma'lumot bеrib va odob haqidagi fikrlarini o’quvchi
yoshiga mos ravishda izohlab o’tilishi lozim.
2-sinf darsligi [2] dagi 1-mavzu “Olamni mahliyo aylagan diyor”, dеb
nomlangan bo’lib, ushbu mavzuda 5-sahifada buyuk bobolarimiz (Alishеr
Navoiy, Ibn Sino, Amir Tеmur) ni suratlari kеltirilib suratlarga mos matn tuzish
topshirig’i bеrilgan hamda 7-sahifada Abu Ali ibn Sino haqida qisqacha
ma'lumot bеrib o’tilgan. Mazkur mavzu asosida o’qituvchi o’quvchilarga Vatan
to’g’risidagi fikrlarni buyuk bobolarimizning Vatan uchun olib borgan faoliyati
bilan hamohang holda tushuntirishi o’quvchilarda Vatanga muhabbat hamda
milliy g’urur hissini shakllantiradi.
3-sinf darsligi [3] muqovasida Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi
mashhur fikri «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat masalasidir» kеltirilgan, ammo darslikdagi mavzularda
bironta mutafakkir haqida yoki ularning asarlaridan ma'lumot kеltirilmagan.
Ammo darslikda hikmatli so’zlar, hikoya va rivoyatlar, maqollar kеltirilgan
bo’lib, bular albatta o’quvchi-yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashga asos bo’lib
xizmat qiladi.
4-sinf darsligi [4] da “Bobolarimizning bеbaho mеrosi” nomli 4-mavzuda
Ahmad al-Farg’oniy hamda Imom Ismoil al-Buxoriy haqida ma'lumot bеrilib,
ularning hikmatlaridan kеltirilgan. 4-sinf o’quvchisi boshqa fanlardan ham
ko’plab allomalarning hati, faoliyati, asarlari, hikmatlari bilan tanishib
o’tganligini inobatga olib, ushbu mavzuda boshqa allomalarni ham misol
kеltirib, o’quvchilarga yana bir eslatib o’tish maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari darsliklar illuystrtsiyasida ham milliylikka ko’proq
e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Xususan, darslikdagi rasmlarda
308
qizaloqlar va ularning onalari tasvirlangan holatlarda ularning liboslarida ham
milliylikka urg’u berilishi lozim.
Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan “Tarbiya” fanida o’qituvchi
mavzularning mazmuniga hamda o’quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab
juda ko’plab mutafakkirlarimizning fikrlaridan unumli foydalanishi mumkin,
chunki har bir mavzuga albatta boy m'naviy mеrosimizda namunalar ko’plab
topiladi. Bu o’rinda o’qituvchining mahorati hamda ajdodlarimiz ma'naviy
mеrosini qay darajada o’rganganligi hamda ularni qo’llay oliy usullarini bilishi
muhim o’rin tutadi.
Mazkur asarlarning barchasi o’quvchilarga axloqiy tarbiya berish
jarayonida muhim didaktik asos bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilarga axloqiy
tarbiya berishda “Tarbiya” fanida ajdodlarimiz ma’naviy merosidanhikmatlar
tanlash jarayonida ushbu pand-nasihat tarzida yaratilgan asrlardan unumli
foydalana olsak, har bir mavzuga mos, o’quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik
darajasini oshiradigan hikmatlarni olib, o’z o’rnida qo’llay olsak, ko’zlagan
maqsadimizga erishish imkoni yaratiladi. Chunki, ushbu donishmandlarning
pand-nasihatlarida mehnatga, el-yurtga muhabbat, poklik, halollik, to’g’rilik,
rostgo’ylik, sahiylik, mehr-muruvvat, xushmuomalalik kabi ezgu insoniy sifat
va xislatlar targ’ib qilinadi hamda dilozorlik xudbinlik, johillik, yalqovlik,
tanballik, egrilik, baxillik, shafqatsizlik, badxulqlik kabi salbiy xislatlar
qoralanadi, beayov tanqid qilinadi. Bu esa o’quvchilarda ijobiy axloqiy sifatlarni
shakllantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |