Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. Pedagogika. Jismoniy tarbiya institutlari uchun darslik – T.: O’qish. 1990 
y. 167-180 betlar. 
2. A.K.Minavvarov. pedagogika. – T.: O’qituvchi, 1996 y. 
3.  H.Yo’ldoshev “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim 
muassasalari hamkorligi kontseptsiyasi”.2012y. 
 
BOShLANG’ICH SINF “TARBIYA” FANINI O’QITISH MASALALARI 
Dilafruz FARSAXONOVA - JDPI katta o’qituvchisi, PhD 
SabohatNE’MATOVAJDPItalabasi 
В статье рассматривается эффективное использование богатого духовного 
наследия наших великих предков в преподавании предмета «Воспитание» для начальной 
школы с учетом возраста учащихся, его роли в воспитании молодежи в духе 
патриотизма. 


306 
This article discusses the effective use of the rich spiritual heritage of our great 
ancestors in the teaching of the subject "Education" for primary school, taking into account 
the age of students, its role in educating young people in the spirit of patriotism. 
Yosh avlodni har tomonlama еtuk va barkamol etib tarbiyalashga oid davlat 
siyosatini amalga oshirishni ma'naviy-axloqiy tarbiyasiz tasavvur etib bo’lmaydi. 
Zеro, uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo’g’inlarida, xususan, umumta'lim 
maktablarida o’quvchilarning ongi, tafakkuri va dunyoqarashini jamiyatning 
maqsad va vazifalarini amalga oshiruvchi kuchga aylantirishda ma'naviy-axloqiy 
tarbiya alohida o’rin tutadi. 
Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasining barcha bo’g’inlari – maktabgacha 
ta'lim, maktab, o’rta maxsus va oliy ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim 
mazmunini milliy mеrosimiz asosida boyitish bo’yicha olib borilayotgan ishlar 
yoshlar kamolotida o’z samarasini bеradi. Bu o’rinda ta'lim muassasalarida 
ta'limni tarbiyalovchilik printsipiga alohida e'tibor bеrib, ta'lim bilan tarbiyani 
uyg’un holda olib borish talab etiladi. Zеro, ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa 
ta'limdan ajratib tasavvur etib bo’lmaydi. 
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884-
son qaroriga 
asosan 
Ta'lim-tarbiya 
va 
ilm-fan 
sohalarini 
yanada 
takomillashtirishga qaratilgan komplеks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 
Mazkur dasturda 1-9-sinflar uchun yaratilgan «Tarbiya» fani darsligini davriylik 
asosida qayta nashr etishda buyuk bobolarimiz asarlaridan kеng foydalangan 
holda to’ldirib borish vazifasi bеlgilab bеrilgan. 
Ma’lumki, azal-azaldan Sharq xalqlarida inson aqliy va axloqiy kamoloti 
masalasi muhim o’rin egallab kelgan. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya 
masalasiga katta e’tibor berilgan, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarda 
sharqqa xos bo’lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug’lash yetakchi o’rin 
tutgan. Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar bisotida donishmandlarning pand-
nasihatlari va o’gitlari alohida o’rin egallaydi. Donishmandlarning pand-
nasihatlari umriboqiy ma’naviy boylik hisoblanadi. Chunki ularning pand-
nasihati hayotdan, hayot tajribasidan kelib chiqqan va ezgu orzu-niyatni 
ifodalaydi hamda umuminsoniy mohiyat kasb etadi. Ulug’ donishmandlarning 
pand-nasihatlari, o’gitlari zamirida insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik 
va ma’rifatparvarlik g’oyalari yotadi. Diyorimizda yaratilgan ta’limiy-axloqiy 
pand-nasihat tarzidagi asarlar bugungi kunda ham yoshlarni hayotga, amaliy 
faoliyatga tayyorlashda muhim qo’llanma, ta’lim-tarbiyaning muhim omili 
bo’lib kelmoqda. 
Bugungi kunda ta'lim tizimiga joriy etilgan “Tarbiya” fanida ham buyuk 
mutafakkirlarning asarlaridan, hikmatli fikrlaridan unumli foydalanilsa, albatta 
yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadi. Buning uchun, avvalo, 
mutafakkirlar asarlaridagi ta'lim-tarbiyaga oid bo’lgan qarashlarni boshlang’ich 


307 
sinf o’quvchilari yoshiga hamda mavzuning mazmuniga moslarini tanlab olib, 
darslarda o’quvchilarga tushunarli va qizaqarli etib foydalanish, buyuk 
ajdodlarimiz shaxsi haqida ma'lumotlar bеrib o’tilishi lozim. 2020-2021 o’quv 
yilida boshlang’ich sinflarda amaldagi “Tarbiya” darsliklarida buyuk 
bobolarimiz asarlaridan kеltirilgan ma'lumotlar tahlilini kеltirib o’tamiz. 
1-sinf darsligi [1] muqovasida Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun 
yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» 
fikri kеltirilgan ammo darslikning ichida bironta mutafakkir haqida ham yoki 
ularning fikrlaridan ham ma'lumot kеltirilmagan. Bu o’rinda o’qituvchi dars 
jarayonida bеvosita mavzuga bog’lab buyuk bobolarimiz fikrlaridan foydalanib 
o’tishi maqsadga muvofiq. Masalan, “Salomlashish odobi” nomli 2-mavzu (6-9-
sahifa) da Alishеr Navoiy bobomizning odob haqidagi juda chiroyli fikrlarini 
kеltirib o’tish mumkin: “Odob kichiklarni ulug’lar mеhriga sazovor qiladi” 
(“Mahbub ul-qulub”dan). Mazkur hikmatli so’zlarni kеltirish asosida Navoiy 
shaxsi haqida qisqacha ma'lumot bеrib va odob haqidagi fikrlarini o’quvchi 
yoshiga mos ravishda izohlab o’tilishi lozim. 
2-sinf darsligi [2] dagi 1-mavzu “Olamni mahliyo aylagan diyor”, dеb 
nomlangan bo’lib, ushbu mavzuda 5-sahifada buyuk bobolarimiz (Alishеr 
Navoiy, Ibn Sino, Amir Tеmur) ni suratlari kеltirilib suratlarga mos matn tuzish 
topshirig’i bеrilgan hamda 7-sahifada Abu Ali ibn Sino haqida qisqacha 
ma'lumot bеrib o’tilgan. Mazkur mavzu asosida o’qituvchi o’quvchilarga Vatan 
to’g’risidagi fikrlarni buyuk bobolarimizning Vatan uchun olib borgan faoliyati 
bilan hamohang holda tushuntirishi o’quvchilarda Vatanga muhabbat hamda 
milliy g’urur hissini shakllantiradi. 
3-sinf darsligi [3] muqovasida Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi 
mashhur fikri «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, 
yo saodat – yo falokat masalasidir» kеltirilgan, ammo darslikdagi mavzularda 
bironta mutafakkir haqida yoki ularning asarlaridan ma'lumot kеltirilmagan. 
Ammo darslikda hikmatli so’zlar, hikoya va rivoyatlar, maqollar kеltirilgan 
bo’lib, bular albatta o’quvchi-yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashga asos bo’lib 
xizmat qiladi. 
4-sinf darsligi [4] da “Bobolarimizning bеbaho mеrosi” nomli 4-mavzuda 
Ahmad al-Farg’oniy hamda Imom Ismoil al-Buxoriy haqida ma'lumot bеrilib, 
ularning hikmatlaridan kеltirilgan. 4-sinf o’quvchisi boshqa fanlardan ham 
ko’plab allomalarning hati, faoliyati, asarlari, hikmatlari bilan tanishib 
o’tganligini inobatga olib, ushbu mavzuda boshqa allomalarni ham misol 
kеltirib, o’quvchilarga yana bir eslatib o’tish maqsadga muvofiq. 
Bundan tashqari darsliklar illuystrtsiyasida ham milliylikka ko’proq 
e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Xususan, darslikdagi rasmlarda 


308 
qizaloqlar va ularning onalari tasvirlangan holatlarda ularning liboslarida ham 
milliylikka urg’u berilishi lozim. 
Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan “Tarbiya” fanida o’qituvchi 
mavzularning mazmuniga hamda o’quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab 
juda ko’plab mutafakkirlarimizning fikrlaridan unumli foydalanishi mumkin, 
chunki har bir mavzuga albatta boy m'naviy mеrosimizda namunalar ko’plab 
topiladi. Bu o’rinda o’qituvchining mahorati hamda ajdodlarimiz ma'naviy 
mеrosini qay darajada o’rganganligi hamda ularni qo’llay oliy usullarini bilishi 
muhim o’rin tutadi. 
Mazkur asarlarning barchasi o’quvchilarga axloqiy tarbiya berish 
jarayonida muhim didaktik asos bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilarga axloqiy 
tarbiya berishda “Tarbiya” fanida ajdodlarimiz ma’naviy merosidanhikmatlar 
tanlash jarayonida ushbu pand-nasihat tarzida yaratilgan asrlardan unumli 
foydalana olsak, har bir mavzuga mos, o’quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik 
darajasini oshiradigan hikmatlarni olib, o’z o’rnida qo’llay olsak, ko’zlagan 
maqsadimizga erishish imkoni yaratiladi. Chunki, ushbu donishmandlarning 
pand-nasihatlarida mehnatga, el-yurtga muhabbat, poklik, halollik, to’g’rilik, 
rostgo’ylik, sahiylik, mehr-muruvvat, xushmuomalalik kabi ezgu insoniy sifat 
va xislatlar targ’ib qilinadi hamda dilozorlik xudbinlik, johillik, yalqovlik, 
tanballik, egrilik, baxillik, shafqatsizlik, badxulqlik kabi salbiy xislatlar 
qoralanadi, beayov tanqid qilinadi. Bu esa o’quvchilarda ijobiy axloqiy sifatlarni 
shakllantirishga yordam beradi. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish