227
suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko‘paytirib borishni
ta’minlash, insonning atrof-muhitni yaxshilash uchun chora va tadbirlar
ko‘rishi zarurligi ta’kidlangan.
Umumta’lim maktablarida ham ekologik
yonalishdagi sinflarning
tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakillanishi yosh avlodga
maktab partasidanoq tabiatga munosabat ruhida tarbiya berishga astoidil
kirishilganini ko‘rsatadi.
Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygan
har bir yosh, qanday ixtisos egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, ekologik va
tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy hamda amaliy bilimlarga ega
bo‘lishi kerak.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o‘rganib
borishlariga
asoslanib, kichik yoshdagi o‘quvchilarda tabiat to‘g‘risida o‘z joyi va barcha
mamlakatning tabiiy boyliklari to‘g‘risida bir butun tasavvur shakllantirish
kerak.[3.90b.] O‘quvchilar vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar
o‘zlarining mehnat faoliyatida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari
lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog‘liq
ekanini ko‘rsatish g‘oyat muhimdir.
Shu talablarga ko‘ra kichik yoshdagi o‘quvchilarga:
-jonli va jonsiz tabiat haqida aniq ma’lumot berish;
-odam organizmi va salomatligini saqlash to‘g‘risida ma’lumot berish;
-tabiatda kuzatishlar o‘tkazish o‘quvi va ko‘nikmalari bilan qurollanish;
-tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko‘paytirishga
qaratilgan insonning mehnat faoliyatini o‘rgatish;
-jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o‘qitish jarayonida
dunyoni milliy materialistik tushunish asoslarini shakllantirish
uchun tabiatga
insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushuntirishni
tarbiyalash kerak.[2.89b.]
O‘quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga
ega, o‘quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan
bog‘liqdir. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o‘qitishda
og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi.
O‘qituvchisi ekologik ta’lim-tarbiya haqidagi
bilimlarni jamiyatimizdagi
har bir insonning hayot va mehnatidagi ulug‘vor kuchini chuqur anglashi, bunga
ishonch hosil qilishi lozim[3.113b.]. Shunday ishonchni o‘quvchilarda
tarbiyalashi zarurdir.
Bu ta’lim yosh avlodni tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga olib keladi:
unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etishdan
uni qo‘riqlash, asrash, tabiat inomlaridan oqilona foydalanish, ana shu
boyliklarni o‘z qo‘llari bilan yaratish va ko‘paytirishga o‘rganadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o‘qitish bo‘yicha
mashg‘ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi
o‘yinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog‘lamoq
zarur.[2.103b.]
228
Bularning hammasi o‘qituvchiga matematikani tabiatshunoslik darsi bilan
bog`liq holda o‘qitish bo‘yicha o‘quvchilar bilan shug‘ullana borib, ularni faqat
yaxshi
bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatishga ham imkon beradi.[2.38b.]
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish elementlaridan biri o‘quv
fanlarini ekologiyalashtirish, o‘quvchilarni inson bilan tabiatning o‘zaro
ta’sirini, bugungi kundagi ekologik fojianing oqibatlari va ziddiyatlarini anglash
hamda tushunishga, ularni sayyoramiz miqyosida fikr yuritishga o‘rgatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: