Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  davlatning  ishtiroki



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3-§.  Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  davlatning  ishtiroki
Xalqaro  iqtisodiy  m unosabatlarni  tartibga  solish  tizim ida  davlat 
markaziy  o'rinda  turadi.  U  xalqaro  iqtisodiy  huquqning  va  um um an, 
xalqaro  huquqning  asosiy  subyekti  hisoblanadi.
Bunda  davlat  zimmasiga  muhim,  ayni  chog'da,  murakkab  vazifa 
yuklanadi.  Ya’ni,  davlat  mamlakatning  ichki  va tashqi  amaliy  faolligini 
rag'batlantirish  uchun  tegishli  shart-sharoit  yaratish  yo'li  bilan  ichki 
munosabatlarda ham, xalqaro miqyosda ham milliy iqtisodiyotning rivoj­
lanishiga  ko'maklashishi  kerak  bo'ladi.  Shu  maqsadda  davlat  o 'z  jis­
moniy  va  yuridik  shaxslarining  xorijiy  kompaniyalar  va  davlatlar  bilan 
o'zaro  hamkorligi,  ularning  xorijdagi  faoliyati  hamda  chet  el  jismoniy 
va  yuridik shaxslarining  o 'z  hududidagi  faoliyati  uchun  muayyan  huqu­
qiy  norm alar yaratuvchi  ikki  va  ko'p  tom onlam a  bitimlar  imzolaydi.
Davlat zimmasidagi vazifalarga,  shuningdek, xalqaro tijorat  arbitrajlari 
ishi  uchun  shart-sharoit  yaratish  masalasi  ham  kiradi.
Suveren  hisoblangan  davlat  muayyan  xususiy  mulkni  davlat  m ulki­
ga  aylantirish  huquqiga  ega,  milliy  m anfaatlar  taqozo  etgan  hollarda 
fuqarolari  zimmasiga  o'zlarining  xorijdagi  sarmoya  om onatlarini  repat- 
riatsiya  qilish  (o'z  vataniga  qaytarish)  majburiyatini  yuklashi  mumkin. 
Masalan,  jahon  urushlari  davrida  Buyuk  Britaniya  xuddi  shunday  yo'l 
tutgan.
Davlatning  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlardagi  o 'ta  muhim  vazifasi 
o 'z  fuqarolarini,  shuningdek,  o'zida  qayddan  o'tgan  kom paniyalam i 
diplomatik  himoyaga  olishdir.
Davlat  tijorat  faoliyatini  bajarayotgan  hollarda  uning  fuqaroviy-hu- 
quqiy javobgarligi  masalasi  muayyan  muammoni  yuzaga  keltiradi.  XX 
asrning birinchi  yarmida davlatning har qanday holda  ham to 'la   im m u­
nitetga  egaligi  g'oyasi  hukmronlik  qilardi,  ya’ni  davlat  nafaqat  sudga 
chaqirish  va  sud  qilish,  balki  oldindan  da’voni  ta ’min  etish  hamda  sud 
qarorini  ijro  etishda  ham  tegishli  immunitetga  ega  hisoblangan.  Ammo 
bu  risoladagidek  iqtisodiy  munosabatlar  uchun  to'sqinlik  qilgan,  nati- 
jada  «savdolashuvchi  davlat»  nazariyasi  paydo  bo'ldi  hamda  bunday 
davlatlar  funksional  im m unitet  atalmish  imtiyozga  ega  hisoblana  bosh- 
lagan.
«Funksional  immunitet»  tushunchasi  davlat  tijorat  faoliyatini  emas, 
balki  ommaviy-huquqiy  mazmundagi  faoliyatni  bajarish  chog'ida  uning
www.ziyouz.com kutubxonasi


tegishli  immunitetga  ega  bo'lish  huquqi  mavjudligini  anglatadi.  Imm u- 
nitetni  cheklashni  aniq  tartibga  soluvchi  qoidalar  ko'pincha  xalqaro 
shartnom alarda bitilgan  bo'ladi.  Odatiy amaliyotda esa  bu  borada  turli- 
cha  yondashuvlami  kuzatish  mumkin.  Masalan:
—  to'laligicha davlatga qarashli bo'lgan  korxona o 'z  davlatiga  m an­
sub  sud  oldida javob  beradi;
—  qo'shm a  korxona faoliyat  ko'rsatib turgan  davlat  milliy huquqiga 
bo'ysunadi,  am m o  uning  mulki  oldindan  da’voni  ta ’min  etish  va  sud 
qarorini  majburiy  ijro  etishga  nisbatan  imm unitetdan  foydalanadi.  F u­
qarolik javobgarlik  esa  yuridik shaxsning  mulki  ko'lam i  bilan  cheklana- 
di;
—  davlatlar o'rtasidagi  shartnoma asosida tashkil etilgan davlatlararo 
kom paniya  ana  shu  xalqaro  shartnom a  normalariga  amal  qiladi.  O dat­
da,  bunday  kompaniyalar o'z  vazifasini  bajarishi  zarur bo'lgan  doirada­
gi  im m unitetdan  foydalanadi.  Ulaming  mulkiga  davlat  mulkiga  nisba­
tan  bo'lganidek  yondashiladi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish