Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Jahon  savdo  tashkiloti:  maqomi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

8
-§.  Jahon  savdo  tashkiloti:  maqomi, 
tizimi  va  faoliyatining  asosiy  yo'nalishlari
Jahon  savdo  tashkiloti  (JST)  xalqaro  iqtisodiyot  sohasidagi  barcha 
bitimlarni  amalga  oshirishda  asosiy  o'rinni  egalladi.  Uning  asosiy vazi- 
falaridan  biri  —  savdo  va  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar sohasida yangi 
bitimlar  tayyorlash.  Dem ak,  JSTning  faoliyat  doirasi  savdo  sohasi  bi- 
langina  cheklanib  qolmaydi.
JSTga  a ’zolik  savdo  uchun  foydali  shart-sharoit  yaratishi  bois. 
ko'pchilik  davlatlar  unga  a ’zo  bo'lishga  intiladilar.  Ammo  bu  oson  ish 
emas,  chunki  buning  uchun  har  qaysi  nomzod  tegishli  talablarga javob 
bera  olishi,  aw alo,  uning  iqtisodiyoti  bozor  iqtisodiyotiga  asoslanganli- 
gi  tan  olinishi  kerak.
JST  rivojlangan  tashkiliy  tizimga  ega.  Uning  yuqori  organi  barcha 
a ’zo  davlatlar  vakillaridan  tarkib  topgan  va  ikki  yilda  bir  marta  chaqi- 
riladigan sessiyalarda faoliyat  yuritadigan 
Vazirlar konferensiyasi hisobla­
nadi.  U  JST  faoliyatini  ro'yobga  chiqarish  uchun  zarur bo’lgan  barcha 
masalalar  yuzasidan  qarorlar  qabul  qiladi  va  uning  nizomiga  rasmiy 
izohlar beradi.  Q arorlar  konsensus  asosida  qabul  qilinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


JST  ijro  organi  Bosh  kengash  bo'lib,  u  ham   barcha  a’zo  davlatlar 
vakillaridan  iboratdir.  Bosh  kengash  sessiyalar  oralig'idagi  davrda  maj- 
lislar  o'tkazadi  va  shu  davr  m obaynida  uning  vazifalarini  bajaradi. 
Uning  qo'l  ostida  Nizolarni  hal  etish  bo'yicha  organ,  Savdo  siyosati 
bo'yicha  organ  kabi  muhim  organlar,  turli  kengash  va qo'm italar faoli­
yat  yuritadi.
Nizolarni  hal etish  bo yicha  organ  aslida  Bosh  kengashning  tegishli 
o'rinlarda  nizolarni  hal  etish  bo'yicha  organi  sifatida  o'tkaziladigan 
maxsus  majlisidir.  Um um an  olganda,  ushbu  organning  ish  protsedurasi 
o'zida  arbitraj  bilan  murosaga  keltirish  protsedurasi  jihatlarini  jamlab 
aralash  mazmun  kasb  etadi.
Savdo  siyosati  bo'yicha  organ  ko'p  tom onlam a  savdo  bitimlarining 
ijrosini  kuzatib boradi.  Uning faoliyati  savdo  siyosatida va a ’zolar am a­
liyotida  ko'proq  «shafToflik»ka  erishishga  qaratilgan.  Organ  davlatlar­
ning  savdo  siyosatini  ular taqdim  etadigan  m a’ruzalar va JSTning  koti- 
biyatining  m a’ruzalari  asosida  ko'rib  chiqadi.  Natijalar xususida  Vazir­
lar  konferensiyasiga  axborot  topshiradi.  Organ  har  yili  barcha  xalqaro 
savdo  bilan  shug'ullanuvchilarda  katta  qiziqish  uyg'otadigan  xalqaro 
savdo  muhiti  rivoji  haqida  sharhlar  tayyorlab  boradi.
JSTning ishtirokchilar milliy huquqiga ta ’sir etish imkoniyatlari alo­
hida  e’tiborga  sazovordir.  JST  nizomida  qayd  etilishicha,  «har bir  a ’zo 
o 'z  qonunlari,  qarorlari  va  m a’muriy  protseduralarining  ilova  qilinadi­
gan  Bitimlardagi  majburiyatlarga  muvofiqligini  ta ’minlaydi».  Mutaxas- 
sislaming  hisob-kitoblariga  qaraganda,  JST  bitimlarining  amalga  oshi- 
rilishi tufayli jahon daromadi yiliga qariyb  235  milliard dollarga ko'payar 
ekan.  Jahon  savdosi  2002-yilga  kelib  yiliga  755  milliard  dollarga  o'sdi.
JST  faoliyatining  asosiy  yo'nalishlariga  to'xtalamiz.
Birinchi yo'nalish  —  tariflami  kamaytirish.  Rivojlanayotgan  m am ­
lakatlar  taraqqiy  etgan  m am lakatlar  sanoat  mahsulotlarining  72  foizi 
bo'yicha  belgilangan  tariflarning  38  foizini  bir  tom onlam a  tartibda 
oshirib  yubormaslikka  rozi  bo'ldilar.  O 'z  navbatida,  sanoati  rivojlangan 
mamlakatlar rivojlanayotgan  mamlakatlardan  import qilinadigan sanoat 
mahsulotlari  uchun  o'rtacha  tarifni  37  foizga  kamaytirishga  ko'ndilar.
Ikkinchi yo'nalish  —  qishloq  xojalik  mahsulotlari savdosini  Jiberal- 
lashtirish.  Bitimda  barcha  tarifsiz  to'siqlarni  tariflar  bilan  almashtirish 
ko'zda  tutilgan.
Uchinchi yo ‘nalish  —  mahsulotning kelib  chiqishiga  doir qoidalar ilk 
bor yuridik  majburiy kuchga  ega  shaklda JST bitimida  qayd  etilgan.  Bu 
qoidalar savdo  siyosatida  davlatlar zo'ravonligini  cheklash  va  mahsulot- 
lar  kelib  chiqishi  to'g'risidagi  milliy  qoidalami  proteksion  to'siqlarga 
aylantirishga  barham  berishga  qaratilgandir.
To'rtinchi  yo'nalish  —  ogohlantiruvchi  choralar  to'g'risidagi  bitim-
www.ziyouz.com kutubxonasi


larda,  agar milliy  sanoat jiddiy zarar ko‘rayotgan  yoki  importning misl- 
siz darajada ortib  ketishidan zarar ko'rishi  mumkin bo'lsa,  ahdlashayot- 
gan tomonlar uchun majburiyatlarni vaqtincha to'xtatib turish yoki  ularga 
o'zgartirishlar  kiritish,  shu  jumladan,  tariflar  bo'yicha  yon  berish  im- 
koniyatlari  ko'zda  tutilgan.
Beshinchi  yo'nalish  —  antidemping  choralari  milliy  sanoatni  unga 
nisbatan  kuchliroq  bo'lgan  xorijiy  raqibdan,  shuningdek,  xorijiy  kom- 
paniyalar  va  hukum atlarning  nohalol  savdo  siyosatidan  himoyalash 
maqsadi  ko'zda  tutilgan.
Oltinchi yo ‘nalish  — subsidiyalami cheklash  subsidiyalanadigan  eks- 
portga  qarshi  choralar  ko'rishga  tegishlidir.
Ettinchi yo ‘nalish  —  savdodagi  texnik  to 'siqlar tovarlarni  olib  kirish 
va  olib  chiqish  bilan  bog'liq  ko'p  sonli  va  xilma-xil  qoidalar,  ishlab 
chiqarish  va  sanitariya  standartlari,  sinovlar  va  hokazolardan  iborat. 
Bunday  to'siqlarga  barham  berishdan  ko'zlanadigan  maqsad  huquqiy 
tartibga  solishni  intematsionallashtirish,  savdo  kontraktlari  shartlarini 
soddalashtirish  va  bu  kabi  holatlarda  yuzaga  keladigan  nizolarni  hal 
etishdir.
Sakkizinchi yo ‘nalish  —  savdoni  xizmatlar ko ‘magida  tartibga  solish 
tobora muhim ahamiyat  kasb etib bormoqda.  Masalan, AQSHning um u­
miy savdo  hajmida xizmatlar savdosi  30  foizni tashkil etadi.  Hozircha u 
ko'p sonli  milliy hujjatlar hisobiga ushlab turilibdi  va yuzaga kelayotgan 
m uam m olar  mumkin  qadar  qulaylik  berish  rejimiga  muvofiq  ravishda 
o'zaro  yon  berishlar yo'li  bilan  hal  etilmoqda.
To ‘qqizinchi yo ‘nalish  —  intellektual mulk  huquqi.  Shu  paytga qadar 
maxsus  konvensiyalar  bilan  tartibga  solinar  edi.  Savdoning  intellektual 
mulkka  doir  jihatlari  bo'yicha  JST  bitimlari  mavjud  konvensiyalarga 
nisbatan  ilg'orligi  bilan  ajralib  turadi.  Ularda  himoyaning  nisbatan  yu­
qori  standartlari  belgilangani  buning  misolidir.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish