Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

YIGIRM ANCHI  MAVZU. 
XALQARO  ATR O F-M U H IT  H U Q U Q I1
1-§.  Xalqaro  atrof-muhit  huquqi,  uning  taraqqiyoti  va  prinsiplari
2 -§ .  Atrof-muhitning  xilm a-xil  turlarini  muhofaza  qilish
3 -§ .  Hayvonot  va  o'simliklar  dunyosi  muhofazasi
4 -§ .  0 ‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  ekologik  hamkorligi
5 -§ .  Xalqaro  atrof-muhit  huquqining  nazariy  muammolari
l - § .   Xalqaro  atrof-muhit  huquqi, 
uning  taraqqiyoti  va  prinsiplari
X alqaro  atro f-m u h it  huquqi  a tro f-m u h it  muhofazasi,  un in g  zaxi- 
ra la rid a n   u n u m li  fo y d a la n ish   b o ra sid a   x alqaro   h u q uq   su b y ek tlari 
o'rtasidagi  m unosabatlarni  tartib g a  soluvchi  xalqaro  huquq  prinsiplari 
va  norm alari  m ajm uyidir.
U zo q  davr  m obaynida  tabiiy  m uhitni  asrab-avaylash  na  jam iyat  va 
na  davlat  uchun  ustuvor  qadriyat  hisoblanm agan.  Bu  borada  B M T   us- 
tavidek  m uhim   dasturilam al  hujjatda  ham   tabiiy  muhit  haqida  biror 
so 'z  deyilm aganligini  eslatishning  o 'z i  kifoya.
Keyingi  o 'n   yilliklarda  tabiiy  m uhitni  asrab  avaylash  Y erda  hayot 
davom   etishining  zaruriy  sharti  sifatida  um um insoniy  qadriyatlardan 
biriga  aylanib  borm oqda.  A m m o  buni  anglab  yetish  jarayoni  ju d a  sust 
kechm oqda.  1972-yilning  iyun  oyida  um um insoniy  m iqyosdagi  ilk  a n -
1  Izoh:  Xalqaro  huquq  b o 'y ich a darsliklarda ushbu  mavzu  ikki  nom bilan  m a’lum:  «Xalqaro 
ekologiya  huquqi»  va  «X alqaro  a tro f-m u h it  huquqi».  U m um an  ushbu  ikki  n o m lan ish  
sin o n im   tarzida  ishlatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


jum an — A tro f-m uh it  m uam m olari  b o 'y ich a  B M T konferensiyasi  b o ‘lib 
o ‘tdi  va  u nda  dastlabki  m u h im   hujjat  —  BM Tning A trof-m u hit  m u a m ­
m olari  b o 'y ich a  Stokgolm   deklaratsiyasi  qabul  qilindi.
S hun dan  so'ng   xalqaro  atro f-m u h it  huquqi  ayrim   om illar  asosida 
rivojlana  boshladi.
B irinchidan,  xalqaro  «yum shoq»  huquq  hujjatlari  —  rezolyutsiyalar, 
deklaratsiyalarni  qabul  qilish  yo'li  bilan  rivojlandi.  Bunga  B M T   Bosh 
Assambleyasi  1980-yilda qabul  qilgan  «Davlatlarning Yer tabiatini  hozirgi 
va  kelgusi  avlod  u c h u n   sa q la b   q o lish   u c h u n   tarixiy  ja v o b g a rlig i 
to ‘g'risida»gi  rezolyutsiyasini,  shuningdek,  1982-yilda  X alqaro  n o h u ­
kum at  tashkilotlar  kongressi  to m o n id a n   qabul  qilingan  «Tabiat  u m u m ­
jahon  xartiyasi»ni  misol  sifatida  keltirish  m um kin.
1992-yil  R io -d e-Jan ey ro d a davlatlar, xalqaro tashkilotlarning  nufuzli 
vakillari,  olim lar  ishtirokida  bo 'lib   o 'tg a n   A trof-m uhit  va  taraq qiyo t 
b o 'y ic h a   B M T  konferensiyasi  m uhim   tarixiy  aham iyatga  ega  b o 'ld i. 
K onferensiyada  m azk u r  m u am m o n in g   holati  turli  nuqtayi  n a z a rla r 
b o 'y ich a  o'rganildi  va  uni  hal  etishning yangi,  zam onaviy y o 'llari  ishlab 
chiqildi.  X ususan,  R io  deklaratsiyasi  (G lobal  sheriklikning  yangi  sh ak l­
lari  n eg izid a  a tro f -m u h it  m u h o faz asi  b o 'y ic h a   x alqaro  h a m k o rlik  
kelishilgan  prinsiplarining  yangilangan  m ajm uyi),  «XXI  asr kun  tartibi» 
nom li  deklaratsiya  va  b ir  q a to r  konvensiyalar  qabul  qilindi.  A na  shu 
barcha  hujjatlarning  asosi  global  ham korlik  konvensiyasi  hisoblanadi. 
O 'zb ek isto n   Iqlim   o'zgarishi  to 'g 'risid a   va biologik  xilm a-xillik h a q id a ­
gi  ram kali  konvensiyalam ing  154  ta   ishtirokchisidan  biridir.
Ikkinchidan,  atro f-m u h itn i  m uhofaza  qilish  sohasiga  d o ir  xalqaro 
sh artn o m alam i  ishlab  chiqish  orqali.  H ozir  bunday  sh artn o m alam in g  
soni  ikki  yuztaga  yetdi.  Bu  xalqaro  sh artn o m ala r  ham korlikning  ayrim  
sohalariga  yoki  alohida ju g 'ro fiy   hududlarga  taalluqlidir.
X alqaro atrof-m uhit huquqi rivojida xalqaro tashkilotlar yetakchi o 'rin  
tutadi. Ayniqsa,  B M T ning o 'rn i alohida b o 'lib ,  Bosh Assam bleya bu b o ­
rada prinsipial rezolyutsiyalar qabul qiladi.  S huningdek,  Iqtisodiy va Ijti­
m o iy   k e n g a sh   (E K O S O S )  e k o lo g iy a   m a s a la la ri  b ila n   m u n ta z a m  
shug'ullanad i.  Bunda  B M T  tizim idagi  boshqa  tashkilotlar ham d a  uning  
m intaqaviy  kom issiyalari  ham   m uhim   aham iyat  kasb  etadi.  B M T ning 
S anoat  taraqqiyoti  b o 'y ich a  tashkiloti  (Y U N ID O ),  Y U N E S K O ,  A tom  
energiyasi b o'yicha xalqaro agentlik (M A G A T E ), Jaho n sog'liqni saqlash 
tashkiloti  (JST ),  O ziq-ovqat  va  qishloq  xo'jaligi  tashkiloti  (F A O )  kabi 
ixtisoslashgan  m uassasalarining  h a r biri  o 'z   sohasi  b o 'y ich a  atro f-m u h it 
m uhofazasiga  oid  qoidalarni  ishlab  chiqish  bilan  shug'ullanadi.
M axsus  xalqaro  tashkilot  —  Y U N E P   haqida  alohida  to 'x talib   o 'tish  
joizdir.  Y uridik  jih atd an   u  1972-yiIning  dekabrida  Bosh  A ssam bleya- 
ning  1972-yiIgi  Insonni o 'ra b  turuvchi atrof-m u hit  m uam m olari bo 'yicha
www.ziyouz.com kutubxonasi


B M T   konferensiyasi  tavsiyalariga  m uvofiq  barpo  etilgan  yordam chi  o r­
gan  hisoblanadi.  Y U N E P   doirasida  huquqiy  m asalalar  ishlab  chiqiladi, 
konvensiyalam i tayyorlash borasida tashabbuskorlik ko'rsatiladi.  Y U N E P  
vakillari  turli  m uam m olar  bo'yicha  bitim lar  ishlab  chiqish  m aqsadida 
o'tkaziladigan  ko'p lab   konferensiyalarda  ishtirok  etadi.
Y U N E P n in g   rahbariy  organi  58  nafar  a ’zodan  iborat  Boshqaruv- 
ch ilar  kengashi  b o 'lib ,  B M T  Bosh  Assambleyasi  to m o n id an   to 'rt  yil 
m uddatga saylanadi.  B oshqaruvchilar kengashi zim m asiga quyidagi vazi- 
falar yuklatilgan:
1)  tashkilot  faoliyatiga  um um iy  rahbarlik  va  B M T  tizim i  doirasida 
insonni  o 'rab   turuvchi  atro f-m u h it  sohasiga  taalluqli  dasturlam i  m u - 
vofiqlashtirish;
2)  yuzaga  keladigan  m u am m o lar  huk u m atlar  to m o n id a n   tegishli 
ta rtib d a   k o'rib  chiqilishiga  erishish  m aqsadida  jah o n   m iqyosida  atrof- 
m uhitning  holatini  m untazam   kuzatib  borish;
3)  atro f-m u h itn i  m uhofaza  qilish  sohasidagi  xalqaro  ham korlikka 
k o'm aklashish  va  hokazolar.
Y U N E P   qarorgohi  N ayrobida  (K eniya)  joylashgan.
A trof-m uhitni  m uhofaza  qilish  m asalalari  xalqaro  huquqning  inson 
huquqlari,  dengiz  huquqi,  havo  huquqi,  kosm ik  huquq  va  h atto   qurolli 
m ojaro lar  huquqi  kabi  turli  sohalariga  taalluqli  bitim larda  o'zig a  xos 
tartibga  solish  obyektiga  aylanm oqda.
Xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplari  xalqaro  ekologiya  huquqining 
um um iy   prinsiplari  hisoblanadi.
1972-yilgi  deklaratsiyada  o 'z   ifodasini  topgan  xalqaro  atro f-m u h it 
huquqining   maxsus  prinsiplar  quyidagilardan  iborat:
1)  insonning  atro f-m u h itg a  nisbatan  m unosib  va  farovon  yashash 
im konini  beradigan  darajadagi  huquqi;
2)  atro f-m uhitni hozirgi va kelgusi avlodlar farovonligi yo'lida m u h o ­
faza  qilish;
3)  tabiat  zaxiralaridan  ekologik  jih atd an   asoslangan  holda  oqilona 
foydalanish.
Quyidagi  bir  q ato r  tabiat  m uhofazasiga  qaratilgan  prinsiplar  esa 
xalqaro  huquqning  boshqa  tarm oqlaridan  o 'rin   oladi:
—  dengiz  m uhitini  ifloslantirishni  taqiqlash;
—  atrof-m u h itn in g   radioaktiv  zaharlanishiga  yo'l  qo'ym aslik;
—  tabiiy  m uhitga  t a ’sir  etuvchi  vositalardan  harbiy  m aqsadlarda 
yoki  boshqa  har  qanday  dushm anlarcha  foydalanishni  taqiqlash.
Bularning barchasi bir qadar um um iy prinsip —  atrof-m uhitni  m u h o ­
faza qilish prinsipining shakllanishiga  xizmat  qiladi. Ayni  cho g'da boshqa 
davlatlarning tabiatga ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik prinsipi shakl- 
lanayotir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


A tro f-m u h itn in g   alohida  turlari  xalqaro-huquqiy  jih a td a n   m u h o ­
faza  qilinadi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish