Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Xalqaro  iqtisodiy huquq  xalqaro  huquqning  alohida  tarm og'i  bo'lib, 
uning prinsiplari va normalari davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tar­
tibga solishga  xizmat  qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xalqaro  sohaning  aksariyat  huquqshunoslari  xalqaro  iqtisodiy  h u­
quq  hozirgi  xalqaro  huquqning  mustaqil  tarm og'i  bo'lib  xalqaro  huquq 
subyektlari (awalo, davlatlar)  o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 
hamda  ulaming  hamjihatlikdagi  xohish-irodasini  ifoda  etuvchi  mavjud, 
shuningdek,  shakllanish  va  rivojlanish  bosqichida  bo'lgan  prinsiplar  va 
normalar  majmuasidir,  degan  ta’rifni  m a’qullaydilar.
Iqtisodiyotning  globallashuvi jahon  taraqqiyotidagi  muhim  omildir. 
Hamjamiyatdan ajralgan holda iqtisodiy mustaqillikka erishish (avtarkiya) 
harakatlari,  tarixdan  m a’lumki,  hech  qachon  muvaffaqiyat  qozonm a- 
gan.  Sotsialistik  iqtisodiy  tizimning  tanazzuli  bunga  yaqqol  misol  bo‘la 
oladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  muhim  hayotiy  manfaatlari  m am - 
lakatimiz  iqtisodiyotining  faol  ravishda global  iqtisodiy xo'jalik jarayon- 
lariga  q o ‘shilishini  taqozo  etadi.
Hozirgi  zamon  xalqaro iqtisodiy  m unosabatlar negizini bozor iqti- 
sodiyoti  prinsiplari  tashkil  etadi.  Bu  xalqaro  iqtisodiy  m unosabatlar 
iqtisodiy  usullar  bilan  tartibga  solinishi  kerak,  deganidir.  Jahon  bo- 
zorining  ravon,  bozordagi  narx-navo  va  to v arlar  m iqdori  keskin 
o ‘zgarishlarga yuz tutm ay,  harakatlanishi  muvaffaqiyat  garovidir. Ayni 
vaqtda  xalqaro  huquq  subyektlari,  ya’ni  davlatlar  taraqqiyot  darajasi- 
dagi  keskin  farqlanishlar ham   bozor  rivojiga to'sqinlik  qiladi.  Shunday 
q ilib,  xalqaro  iqtisodiy  h u q u q   quyidagi  b ir  n ech a  m aqsad larg a 
yo'naltirilgan:
—  m on op olizm ,  ya’ni  bozorga  yagona  t a ’m ino tchi  hukm ron 
bo'lishiga  qarshi  kurashish;
—  risoladagidek  ishlash  amaliyotini  qo'llab-quw atlash;
—  subyektlaming  taraqqiyot  darajalarini  tenglashtirish;
—  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarni  rivojlantirish;
—  xalqaro  iqtisodiy  hamkorlikka  ko'maklashish.
Xalqaro  iqtisodiy  huquqning  bu  maqsadlari  uning  quyidagi  asosiy 
xususiyatlarini  belgilab  beradi:
1)  umumjahon  ahamiyatga  molik  ekanligi;
2)  turli  davlatlarning  xo'jalik  faoliyatiga  o'zaro  singib  keta  olishi- 
ning  natijasi  o'laroq,  xalqaro  va  ichki  huquq  o'rtasida  umumiy  xalqaro 
huquqqa  nisbatan  yaqinroq  darajada  aloqadorlik  mavjudligi.
Xalqaro  iqtisodiy aloqalar o ‘ta  murakkabligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu 
aloqalarning  asosiy  qismi jismoniy  va  yuridik  shaxslar  o'rtasida  amalga 
oshiriladi.  Bunday  faoliyat  bevosita  davlatlarning  ichki  huquqi  va  bil- 
vosita  (davlatlar orqali)  xalqaro  iqtisodiy  huquq  bilan  tartibga  soladi.
Xalqaro  iqtisodiy m unosabatlar amaliyotida  bir qancha  rejimlar yu­
zaga  kelganki,  davlatlar boshqa davlatlarni,  ularning jismoniy va yuridik 
shaxslarini  o 'z  hududlarida  ana  shu  rejimlar  asosida  faoliyat  yuritishiga 
ruxsat  etadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish