Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§ .  Xalqaro  iqtisodiy  huquq  manbalari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

2-§ .  Xalqaro  iqtisodiy  huquq  manbalari
Xalqaro  iqtisodiy  huquq  m anbalari,  um um an  olganda,  umumiy 
xalqaro  huquq  m anbalarining  o'zidir.  Shu  bilan  birga,  ayrim  o'ziga  xos 
maxsus  manbalari  ham  mavjud.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xalqaro  iqtisodiy  huquq  maxsus  manbalarining  aksariyatini  xalqaro 
shartnomalar,  shuningdek,  xalqaro  «yumshoq»  huquq  normalari  tashkil 
etadi.  Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarni  tartibga  solishga  doir  qoidalar 
quyidagi  turli  xil  hujjatlarda  aks  etgan  b o ‘ladi:
1)  iqtisodiy  mazmundagi  maxsus  bitimlar;
2)  umumsiyosiy  hujjatlar;
3)  jahon  iqtisodiyotining  globallashuvi  munosabati  bilan  iqtisodiy 
masalalar  bo ‘yicha  shartnom alam ing  tobora  ko‘proq  qismini  tashkil 
etayotgan  ko‘p  tom onlam a  shartnomalar;
4)  xalqaro  iqtisodiy tashkilotlar,  shuningdek,  mintaqaviy  integratsi- 
yalashgan  birlashmalaming ta ’sis hujjatlari  va  ana shu  tashkilotlar ham ­
da  birlashmalar  qabul  qiladigan  hujjatlar.
Xalqaro  iqtisodiy huquq shartnomalarini  ishtirokchilar soni  (tarkibi) 
bo'yicha  ikki  guruhga  ajratish  mumkin.
—  Davlatlararo  (yoki  hukum atlararo,  tashkilotlararo  doirada  turli 
m am lakatlaming  bir  xil  maqomdagi  subyektlari  o'rtasida  tuziladigan) 
shartnomalar;
—  Diagonal,  ya’ni  davlat  bilan  boshqa  davlatning  jismoniy  yoki 
yuridik  shaxslari  o'rtasida  tuziladigan  shartnomalar.
Tartibga  solish  predmeti  bo'yicha  xalqaro  shartnom alar  bir  necha 
turlarga  bo'linadi.
1.
  Savdo  shartnomalari  (savdo  to'g'risida,  savdo  va  dengizda  suzish 
to'g'risida,  savdo  va  navigatsiya  to'g'risida)  davlatlar  nomidan  tuzilib, 
ratifikatsiya  qilinishi  zarur.  U lar  hukum atlararo  yanada  aniqroq  bitim ­
lar  tuzish  uchun  asos  bo'lib  xizmat  qiladi.  Savdo  bo'yicha  umumiy 
rejimdan tashqari, bunday shartnomalarda bojxona —tarif bo'yicha qaror­
lar  mavjud  bo'ladi,  ular  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  maqomini 
belgilaydi,  kema  qatnovi  va  transportning  boshqa  turlari  qatnovi  um u­
miy  rejimi va  hokazolarni joriy  etadi.  Bunday  shartnom alarda  hamkor- 
likning  institutsiyaviy  mexanizmlarini  tashkil  etish  haqidagi  qoidalarga 
tez-tez  duch  kelish  mumkin.  Aksar  hollarda  savdoga  taalluqli  qoidalar 
do'stlik  to'g'risidagi  shartnomalarga  kiritiladi.
2. 
Tovar  ayirboshlash  va  to'Iovlar  to'g'risidagi  shartnomalar  tovar 
ayirboshlashga  tegishli  mahsulotlar  kontingentini  (nomi  va  miqdorini) 
belgilaydi.  {Contingent  doirasida  tovarlarni  olib  kirish  va  olib  chiqish 
uchun  litsenziyalar  beriladi.  Ko'pincha  tovar  ayirboshlash  to'g'risidagi 
bitimlarda  to'Iovlar  haqidagi  qoidalar  mavjud  bo'ladi.  Bu  qoidalar  na­
faqat  tovar ayirboshlash  hisob-kitoblari,  balki  u  bilan  bog'liq  sarf-xara- 
jatlar,  transport,  sug'urta,  fraxt  va  boshqa  to'lovlarga  doir  masalalami 
ham belgilab beradi.  Bular,  odatda,  uzoq m uddatli savdo bitimlari bo'lib, 
har  yili  ularga  qo'shim cha  ravishda  nisbatan  aniq  masalalar  bo'yicha 
protokollar  imzolab  boriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. 
Kliring bitimlari tashqi  savdoda,  chet  el  valyutasini  ko‘chirmagan 
holda,  yuzaga  keladigan  muqobil  talab  va  majburiyatlarni  hisobga olish 
yo‘li  bilan  o ‘zaro  hisob-kitoblar  tartibini  belgilaydi.  Bundan  maqsad 
o 'zaro   to ‘lovlarni  m uvozanatlashtirishdan  iboratdir.  H isob-kitoblar 
amalga oshiriladigan valyuta kursi o'zgarib turishini nazarda tutgan holda, 
bunday bitimlarga «valyutaviy izoh» kiritiladiki,  unga ko‘ra, valyuta kursi 
o ‘zgarganda  kredit  hisob  raqamlaridagi  mablag‘  to ‘g‘ridan  to ‘g ‘ri  qayta 
hisoblab  chiqiladi.
4. 
Iqtisodiy,  ilmiy-texnik hamkorlik to'g'risidagi bitimlar sirasiga,  odat­
da, shu sohalardagi hamkorlikning uzoq muddatli dasturlari kiradi.  Ularda 
ko'pincha  ijro  mexanizmlarini  tashkil  etish  ko'zda  tutilgan  bo'ladi.
5. 
Kredit bitimlarida tom onlar kreditlashning asosiy shartlarini belgi- 
laydilar.  Bunda  banklar  va  firmalar  kreditlash  subyektlari  hisoblanadi. 
Bu  guruhga  xususiy  mulkni  davlat  mulkiga  aylantirishdan  (natsionali- 
zatsiyadan)  kafolatlovchi  investitsiya  rejimi  to'g'risidagi  bitimlar  ham 
kiradi.
6. 
Soliq  bitimlarining  mavzui,  odatda,  ikki  tom onlam a  soliqqa  tor- 
tishga  barham  berishdan  iborat  bo'ladi.
Universal  xalqaro  tashkilotlarning  aktlari  rezolyutsiyalar  va  dekla- 
ratsiyalar  shaklida  bo'ladi.  U lar  yuridik  hujjat  hisoblanmasa-da,  ijrosi- 
dan  bo'yin  tovlash  mumkin  bo'lm agan  o'ziga  xos  umumiy  normativ 
fon  yaratadi.
Xalqaro  iqtisodiy tashkilotlarning aktlari  bir necha turdan  iboratdir:
1)  konvensiyalar  —  a ’zo  davlatlar  to m o n idan  im zolanadi  yoki 
boshqacha  tarzda  barcha  xalqaro  shartnom alar  kabi  qabul  qilinadi;
2)  rezolyutsiyalar  va  deklaratsiyalar  —  majburiy  mazmunga  ega 
bo'lm agan  va  umumiy  fikmi  ifodalovchi  hujjatlar;
3)  tavsiyalar  —  rasman  majburiy  mazmunga  ega  bo'lm asa-da,  ak­
sariyat  hollarda  a ’zo  davlatlar  majburiy  hujjatlar  sifatida  qabul  qiladi. 
Ulaming bajarilmasligi a ’zo-davlatlaming o 'z manfaatlariga ziyon yetka- 
zishi  mumkin;
4)  asosiy  yo'nalishlar (umum iy tavsiyalar,  rahbariy  ko'rsatmalar)  — 
ular  o'zining  yuridik  aham iyati  jihatidan  tavsiyalarga  yaqin  turadi. 
Ularning  asosiy  mazmuni  a ’zolam ing  tegishli  soha  huquqiy  rivojidagi 
tendensiyalar  to'g'risidagi  fikrlaridan  iboratdir;
5)  muomala  kodekslari  XX  asming  70-yillaridan  e ’tiboran  davlat­
lararo  m unosabatlar  amaliyotiga  kirib  keldi.  Bu  alohida  toifadagi  sub­
yektlar  yoki  iqtisodiy  faoliyatning  muayyan  sohasi  (texnologiyalar  yu- 
borish,  cheklangan xizmat  amaliyoti  ustidan  nazorat) bo'yicha muomala 
qoidalari  majmuyidir.  Rasman tavsiyaviy mazmunga ega bo'lsa-da,  ular­
ning  ahamiyati  milliy  qonunchilikni  ishlab  chiqish  uchun  o'ziga  xos 
model  bo'lib  xizmat  qilishda  ko'rinadi.  Misol  tariqasida  Tarmoq  kon-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ferensiyalari  muomalasi  kodeksini  oladigan  boisak,  alohida  kema  qat­
novi  tarm og‘larida  ishlaydigan  kema  qatnovi  kompaniyalari  guruhlari 
ushbu  qoidalar  majmuyi  bo'yicha  faoliyat  yuritadi.  M uomala  kodeksi 
ushbu  qoidalarni  ozm i-ko‘pmi  universallashtiradi,  ya’ni  bu  qoidalar- 
ning  dunyo  miqyosida  uyg‘unlashuvi  yo'lida  xizmat  qiladi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish