Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


ko'pmillatli kompaniyalarbo‘[\b



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

ko'pmillatli kompaniyalarbo‘[\b,  davlatga mansub bo'lgan 
yoki  davlat  nazoratidagi  kompaniyalardan  iboratdir.  Ular  keyingi  tur 
kompaniyalarga  nisbatan  mumkin qadar ko'proq qulaylik berish  rejimi- 
dan  foydalanadilar;
ikkinchisi,  xususiy  shaxslarning  mulki  hisoblanadigan 
transmilliy 
kompaniyalardir.
Transmilliy  korporatsiyalar  (TMK)  xalqaro  iqtisodiy  aloqalarda  to- 
bora ahamiyatli subyektlarga aylanib bormoqda. Jahon savdosining uch­
dan  bir  qismi  TM K   bilan  munosabatlar  tizimidagi  ichki  firma  savdosi 
hissasiga to 'g 'ri  kelmoqda.  Texnologiya yetkazib berish  bo'yicha barcha 
to'lovlarning uchdan  ikki  qismidan  ko'prog'ini TM K amalga oshirm oq- 
dalar.  Jahon  iqtisodiyotining  aksariyat  masalalari  davlatlar  emas,  ayni 
ana  shu  korporatsiyalar tom onidan  hal  etilyapti.
TM K  huquqiy  maqomining  o'ziga xosligi  o'z  korxonalarini  bir  necha 
mamlakatlarda  tashkil  etishi  natijasida  uning  davlatlarga  nisbatan  ko'proq 
mustaqil ekanida namoyon bo'lmoqda. TM K iqtisodiy nochor davlat  bilan 
yakkama-yakka  bellashadigan  bo'lsa,  uning qo'li  baland  kelishi  tabiiydir.
Xalqaro  maydonda  TM K erkin bozor faoliyatiga ziyon  yetkazishi  va 
risoladagidek  ishlash  amaliyotiga  to'sqinlik  qilishi  m um kin,  chunki 
xalqaro savdoning yopiq tizimlarini tashkil etish TM K doirasida amalga 
oshiriladigan  rejalashtirish  sirasiga  kiradi  va  bunda  savdoning  kattagina 
qismi  bitta  guruhga  mansub  korporatsiyalar  nazorati  ostidagi  firmalar 
o'rtasida  bajariladi.  Bundan  tashqari,  TM K   ishlab  chiqarishni  m ono- 
pollashtirishga  harakat  qiladi  va  buning uchun  yetarli  darajada  imkoni- 
yatlarga  ham   ega  bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shu  bilan  biiga,  TMKga  mutlaq  ofat  sifatida  qarash  ham   to'g'ri 
emas.  TM K  o'zining  investitsiyaviy  harakatchanligi,  aloqa  tizimi,  shu 
jumladan,  hukum atlar bilan  ham  aloqasining  kengligi,  ilmiy  va  yuksak 
texnologiyalashgan  ishlab  chiqarishni  tashkillashtirish  borasidagi  ulkan 
imkoniyatlari  bilan  jahon  iqtisodiyoti  rivojida  muhim  omil  bo'lib  xiz­
mat  qiladi.  U lar  o'zining  sarmoya  kiritish,  yangi  texnologiyalar  yetka- 
zib  berish,  korxonalar  tashkil  etish,  mahalliy  xodimlaming  malakasini 
oshirish  orqali  qabul  qiluvchi  mamlakatlar  milliy  iqtisodiyotiga  ham 
ijobiy  ta ’sir  ko'rsatishga  qodir  hisoblanadi.  U m um an  olganda,  TM K 
davlatga  nisbatan  ko'proq  samaradorlik  va  ozroq  to'rachilik  mavjud 
tashkilot  ekani  bilan  farqlanadi  va shu bois ular  iqtisodiy  muammolarni 
davlatga  qaraganda  osonroq,  muvaffaqiyatliroq  hal  etadi.
Shunday ekan,  TM K faoliyatini  cheklash  emas,  balki ulam ing salo- 
hiyatini  ijobiy sotsial  maqsadlarga xizmat  qildirish uchun  tegishli  shart- 
sharoit  yaratish  haqida  gap  borgani  m a’quldir.  Korporatsiyalar  marka- 
zini  o'zida  qayd  etuvchi  davlatlardan  tortib,  qabul  qiluvchi  davlatlar- 
gacha  ulam ing  faoliyati  ustidan  tegishli  nazorat  o'm atilishini  yoqlaydi. 
Ammo  korporatsiyalar  o'zining  korxonalari  va  aktivlari  bir  qator  dav- 
latlarda  joylashganligi  faktini  ro'kach  qilgan  holda,  hech  bir  qiyinchi- 
liksiz  davlat  nazoratini  chetlab  o 'ta  oladi.  Shu  m a’noda,  bu  borada 
faqat  xalqaro  nazoratgina  yaxshi  samara  berishi  mumkin.
M uam m oning  ahamiyatini  hisobga  olgan  holda,  BM T  Iqtisodiy  va 
Ijtimoiy  kengashi  (EKOSOS)  tom onidan  TM K  bo'yicha  markaz  ham ­
da  TM K  bo'yicha komissiya ta ’sis  etilgan.  Komissiyada TM K  m uom a- 
lasi  kodeksi  ishlab  chiqilgan bo'lib,  undagi  qoidalar tavsiyaviy  m aqom ­
ga  ega.  Bu  qoidalarga yuridik kuchga egalik  maqomi  berishning  imkoni 
bo'lm agan,  chunki fuqarolari  ko'plab TMKni  nazorat  qiluvchi  davlatlar 
ularning  manfaati  nuqtayi  nazaridan  kelib  chiqib,  ikki  taraflama  po- 
zitsiyani  egallaganlar.  Siyosiy  darajada  ular  kodeks  g'oyasini  qo'llab- 
quw atlagan bo'lsa, yuridik jihatdan kodeks qoidalarining ro'yobga chiqa- 
rilishiga  qarshilik  ko'rsatganlar.
Sanoati  rivojlangan  m am lakatlarining  xalqaro  iqtisodiy  tashkiloti
—  Iqtisodiy  ham korlik  va  rivojlanish  tashkiloti  (O ESR )  tom on idan 
ko'pm illatli  korporatsiyalar uchun  «Rahbariy  asoslar»  qabul  qilingan 
bo'lib,  u  ham   majburiy  xarakterga  ega  emas  va  xalqaro  «yumshoq» 
huquq  toifasiga  kiradi.  Bu  ulam ing  ta ’sir  kuchini  nafaqat  davlatlar­
ga,  balki  ular  qatorida  korporatsiyalarga  ham   joriy  etish  im konini 
beradi.
«Rahbariy  asoslar»ga  muvofiq,  korporatsiyalarning  davlatga  m an­
subligi  quyidagi  ikki  mezon  bo'yicha  aniqlanadi,  ya’ni  TM K   mazkur 
davlat  huquqi  bo'yicha  tashkil  etilgan  va  uning  boshqaruv  markazi  shu 
davlat  hududida joylashgan.  Jismoniy shaxs  misolida  bo'lgani  kabi  dav-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lat  bilan  real  aloqa  mavjud  bo'lishi  talab  etilmaydi.  Bunday  davlat  kor- 
poratsiyalami  diplomatik  himoya  qilish  huquqiga  egadir.
TM K  muammosi  O'zbekiston  uchun  ham  dolzarbdir.  Birinchidan, 
ko'plab  TM K  bizning  bozorimizga  intilayotir.  Ikkinchidan,  TM Kning 
huquqiy  jihatlari  faoliyati  bevosita  kechadigan  davlatlar,  shuningdek, 
uchinchi  mamlakatlar  bozorlari  bilan  bog'liq  bo'lgan  qo'shm a  korxo- 
nalarga  taalluqlidir.  M D H   Iqtisodiy  ittifoqini  tuzish  to'g'risidagi  shart­
nom ada  tom onlarning  «qo'shma  korxonalar,  transmilliy  ishlab  chiqa­
rish birlashmalari tuzish»ga ko'maklashish yuzasidan majburiyatlari qayd 
etilgan.  Bu  qoida  rivojlantirila  borib,  bir  qator  shartnom alar  im zolan­
gan  ham da  davlat  ishtirokidagi  va  ishtirokisiz  ko'plab  qo'shm a  korxo­
nalar tashkil  etilgan.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish