141
N3 - me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam alomati 0,25 qilib belgilangan.
Mazkur
me’yor Markaziy bank tomonidan kunlik balans asosida tezkor (operativ) tarzda nazorat
qilib boriladi.
Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi - iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ushbu normativ bankning
omonatchilar oldidagi majburiyatlarini shu lahzada bajara olish qobilayatini anglatadi.
Joriy likvidlik ko‘rsatkichi likvid shakldagi bank aktivlarini 30 kungacha bo‘lgan
muddatda yo‘qlab olingungacha turadigan qisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlari
summasi orasidagi nisbatni bildiradi.
Bunda: LA - qaytarish muddati 30 kungacha muddatda
berilgan bankning likvid
aktivlari va kreditlar,
OV - qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan yo‘qlab olingungacha turadigan
majburiyatlari.
N4 - me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 0,3 ga teng.
Tajribadan shu narsa ma’lumki, ayrim tijorat banklari o‘rtasida yuqori daromadni
ko‘zlagan holda talab qilib olgunga qadar va qisqa
muddatda quyilgan omonatlar
hisobidan kredit berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq muddatli tartibda
joylashtiradilar. Jalb etilgan mablag‘larning muddati kelgan paytda esa bank
omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini muddatida bajarish imkoniga ega bo‘lmaydi.
Buning natijasida bank o‘z to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi. Bunday holat bankning o‘z
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina
qolmasdan, balki omonatchilarning moliyaviy
ahvoliga qolaversa, bank tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bank operatsiyalarini
bajarish bo‘yicha litsenziyasi qaytarib olingan banklar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bank amaliyotida aktiv va passiv
mablag‘larning miqdori va muddatlarini balanslash talablari o‘rnatildi. Bu to‘g‘rida jahon
bank tajribasining "bankning oltin qoidasi" deb nomlanuvchi qoidasi amal qiladi. Unga
142
binoan bankning moliyaviy talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori va
muddatlariga muvofiq kelishi shart.
N4 - normativining iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, qay darajada jami balans
aktivlarining likvid qismi talab qilib olingunga qadar bo‘lgan
majburiyatlarni bir
vaqtning o‘zida qaytarishi mumkinligidir. Madomiki bunday muddatli omonatchilar har
qanday vaqtda bankdan o‘z omonatlarini talab qilishlari mumkin.
Yuqoridagi shartlardan kelib chiqqan holda, mazkur normativ bank tomonidan
omonatchilardan jalb qilingan mablag‘lar muddati bilan ularning
aktiv operatsiyalarga
joylashtirish muddatlariga qat’iy muvofiq kelishini talab etadi.
Shuning bilan bir qatorda mazkur me’yorning buzilishi xalq xo‘jaligida bo‘ladigan
hisob - kitoblarni sekinlashtirishga olib kelishi mumkin.
Qisqa muddatli likvidlik ko‘rsatkichi bankning qaytarish muddati 30 kundan to 1
yilgacha bo‘lgan depozitlar, olingan kreditlari va boshqa qarz
majburiyatlariga nisbati
bilan xarakterlanadi.
Bunda: A - 30 kundan 1 yilgacha muddatga berilgan kreditlar.
D - 30 kundan 1 yilgacha muddatga jalb qilingan mablag‘lar va depozitlar.
K - Bank sarmoyasi.
Mazkur me’yorning eng yuqori o‘rnatilgan miqdori 1 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: