Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

АДАБИЁТЛАР 
1. 
ДавлетшинМ. Г. Умумий психология. Т., ТДПУ, 2002. 
2. 
ИвановИ., ЗуфароваМ. Умумий психология. Ўз.ФМЖ., 2008. 
3. 
Немов Р.С. Психология. М.: Владос, 2003. 1-2-т. 
4. 
ҒозиевЕ.Г`.Онтогенез психологияси.-Т.: Ношир. 2010. 
 
O‘QUVCHIDA IZLANUVCHANLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH - 
IJODIY TAFAKKURGA QADAM 
Ismatullayeva  Inobat Nutfilloyevna
  
Buxoro 
sha
h
ar  9- maktab boshlan
g‘
ich
 sinf o‘qituvchisi
 
   
Bilish  faoliyati  ko‘p  qirrali,  murakkab  jarayon  bo‘lib,  uning  ta’limni  amalga  oshirishdagi 
samaradorligi  o‘quvchi  qobiliyati,  izlanuvchanligi,  tafakkuri,  kuzatuvchanligi  va  ijodiy  yondashuviga 
bog‘liq. Shuning uchun ham bilish jarayonida ijod muhim o‘rinni egallaydi. Ijod – insonning fan, texnika, 
ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi bilan 
bog‘liq  murakkab  psixologik  jarayondir.  Unda  inson  tafakkuri,  xotirasi,  tasavvuri,  diqqati,  irodasi  faol 
ishtirok  etadi,  ijodda  bilim,  tajriba,  iste’dod  namoyon  bo‘ladi.  Ijodkorlik  o‘quvchilar  egallayotgan 
bilimlarning  mustahkamligi  va  mukammalligini  ta’minlash,  ularda  faol  va  mustaqil  fikrlovchi  shaxs 
xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu holat 
bo‘lajak  mutaxassislarning  fan  asoslarini  o‘zlashtirishida,  bu  jarayonga  bevosita  rahbarlikni  amalga 
oshirishda, kasbiy ijodkorlikka asoslangan yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
Turli davrlarda ijod va izlanuvchilik faoliyati tushunchalariga berilgan ta’riflarda bu hodisa haqidagi 
o‘zgarib borayotgan tasavvurlar o‘z aksini topgan. Masalan, falsafiy lug‘atda  ijod biror narsani  yaratish 
bilan  bog‘liq  ekanligi,  ijod  qilish  qobiliyati  oliy  darajada  ilohga  xosligi,  inson  esa  faqat  ayrim  ijodiy 
harakatlarni bajarishi mumkinligi qayd etilgan. Keyinroq ijod mutlaqo yangi mahsulotni yaratish  sifatida 
tushunila boshlandi va u inson faoliyatining turli jabhalarida namoyon bo‘lishi qayd etildi. 
 
«Ijod» tushunchasi fikrlash tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat mualliflar fikrlashning ikki 
asosiy turini farqlaydi: reproduktiv fikrlash va ijodiy fikrlash. Izlanuvchilik shaxs mustaqil fikrlash sifatlari 
namoyon bo‘lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanadi. Unga berilgan tariflar bir-biridan jiddiy farq 
qilsa-da, uning ba’zi umumiy jihatlarini ko‘rsatish mumkin, bular: birinchidan, ijodkorlik natijasi sifatida 
olinadigan mahsulotning sifat jihatidan yangilikka ega bo‘lishi; ikkinchidan, ushbu jihatlarning ijodkorlik 
dastlabki  asoslarida  mavjud  bo‘lmaganligi;  uchinchidan,  har  qanday  ijodkorlik  faoliyati  intellektual 
izlanishni taqozo etishi bilan belgilanadi. 
 
Ijodkorlik  pedagogikasi  dialektik  asoslarining  tarbiya  va  o‘z  o‘zini  tarbiyalash  vositasida  uyg‘un 
ijodiy  shaxsni  shakllantirish  asosidagi  pedagogik  nazariyasi  A.Leontev,  F.Talizina,  P.Galperinlar 
tomonidan ishlab chiqildi. Ular tadqiqotlarida asosiy  e’tibor o‘quv faoliyatning maqsadga  yo‘naltiruvchi 
asoslarini aniqlash, teskari aloqa kabi omillarga qaratildi. 
 
V.V.  Davidov  izlanuvchanlikning  bu  turlari  o‘rtasida  jiddiy  farq  mavjudligini  qayd  etadi.  Uning 
fikricha,  «tafakkur,  formal  mantiq  doirasidan  chetga  chiqmaydigan  empirik  bilishning  dastlabki 
bosqichidir;  u  predmetning  muhim  xususiyatlarini,  uning  ichki  aloqalarini  qayd  etmaydi,  hodisalar  va 
mohiyatni  farqlashni  ta’minlamaydi.  Nazariy  fikrlash  esa,  o‘zining  alohida  mazmuniga  ega  bo‘lib,  u 


 
75 
 
empirik fikrlash mazmuniga o‘xshamaydi. Bu amalda o‘zaro bog‘langan, yaxlit tizimni  tashkil etadigan 
hodisalar sohasi, bu umumiy va ayrimning ob’ektiv aloqasidir». 
 
Ijodiy  izlanish  natijasida  hosil  bo‘ladigan  bilim  mazmuni  yangi  texnik  yechim,  badiiy  asar, 
matematik  formula,  nazariya,  qonuniyat  kabi  shakllarda  jamiyatga  taqdim  etiladi.  Ulardan  jamiyat 
bahramand bo‘lishiga erishilgandagina, ijod haqiqiy to‘laqonli namoyon bo‘ladi. 
 
Talabalar  ijodkorlik  faoliyatini  quyidagi  belgilariga  ko‘ra  tasniflash  mumkin:  ijod  turi  (texnik, 
texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, aralash); ijod darajasi (mono 
ijod,  multi  ijod,  mega  ijod);  ijod  qamrovi  (ixtisoslik,  mutaxassislik,  bilim  sohasi,  tarmoqlararo,  milliy, 
mintaqaviy, xalqaro, mintaqalararo); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli); 
ijodning  murakkablik  darajasi  (oddiy,  murakkab,  juda  murakkab);  ijodning  shakli  (innovatsion,  ilmiy-
tadqiqotchilik, ta’limiy, investitsion, aralash). 
 
Yangi  sifat – ijodkorlik mahsuli – faqatgina ikki  yoki  undan ortiq nisbatan avtonom tizimlar bitta 
yangi tizimga birikkanida yuzaga keladi.
 
Aynan ularning yangi tizim doirasida o‘zaro ta’sirlashuvi yangi sifatning yuzaga kelishini belgilab 
beradi.  Boshqa  sohalar  bilan  tutash  bilim  sohalari,  amaliy  hayotda  esa  odatda  o‘tish  davrlarida  ijodiy 
potensiali yuqori hisoblanadi. 
 
Turli-tuman, o‘zaro qarama-qarshi jihatlarni biriktirish izlanuvchilikning eng muhim manbalaridan 
biri  sanaladi.  Buning  muhim  jihati  yangi  hosil  qilingan  jihatning  dastlabki  mahsulotda  mavjud 
bo‘lmaganligidir.  Analogiya  bo‘yicha  xulosa  chiqarish  izlanuvchilikning  yana  bir  manbaidir.  Inson 
tomonidan turli buyumlardagi umumiylikni ko‘ra olishi abstrakt tafakkur bilan bog‘liq. Agar ikki voqea 
qaysidir jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, u sabab-oqibat bog‘liqligida o‘z aksini topadi. 
 
Analogiya  bo‘yicha  xulosa  chiqarish  izlanuvchilikning  san’at  va  falsafa  bilan  bog‘liq  turlarida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Eng umumiy jihatlariga ko‘ra ijodkorlik faoliyati turlarini uch guruhga bo‘lish 
mumkin:  a)  prinsipial  jihatdan  yangi  yechimlarni  ilgari  surish;  b)  ushbu  yangilikning  amaliy  qo‘llanish
 
imkoniyatlarini aniqlash maqsadida uni detallashtirish, konkretlashtirish, ishlab chiqish; v) yangi g‘oyalarni 
hayotga tatbiq etish, u yoki bu moddiy shaklda keltirish bilan bog‘liq faoliyat. 
 
Yaratilgan  ijod  mahsulini  ma’nosi  va  murakkabligiga  ko‘ra  uch  guruhga  ajratish  mumkin: 
ratsionalizatorlik taklifi – eng oddiy ijodiy ishlanma bo‘lib, mavjud va avvaldan qo‘llanilgan tizim, jarayon 
va  vaziyatlarning  ayrim  tarkibiy  qismlarini  takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  yangi  fikr;  ixtiro  –  yuqori 
darajada texnik ishlanma hisoblanib, mavjud bo‘lganlaridan jiddiy farq qiluvchi texnik yechim; kashfiyot 
– moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv mavjud qonuniyat, xossa va hodisalar aniqlanishi. 
 
Zehnlilik,  topqirlik,  sinchkovlik,  qiziquvchanlik,  izlanuvchanlik  sifatlari,  mustaqil  va  tanqidiy 
fikrlashning  tarkib  toptirilishi  shaxs  ijodkorlik  faoliyatini  tashkil  qilishning  asosiy  omillari  hisoblanadi. 
Ta’lim  jarayonlarining  ushbu  asosda  tashkil  etilishi  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  muloqotini  individual  va 
differensial yondashuvga asoslangan innovatsion texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi. Pedagogikada 
innovatsion  yondashuvni  joriy  etishda  ijodkorlik  faoliyatining  ma’naviy,  didaktik,  texnologik, 
tashkilotchilik kabi turlaridan keng foydalanish mumkin. 
  
Ijodiy  faoliyatni  pedagog  va  o‘quvchilarning  bu  jarayonga  psixologik  jihatdan  yetarlicha  tayyor 
emasliklari murakkablashtiradi. Aniq metod, shakl, vositalarga intilish ularni boshqalarni tan olmasliklariga 
olib keladi. Bu psixologik holat sifatida turli shakllarda bo‘lishi mumkin, jumladan: azaldan umuman fikr 
va  mulohazalarni  qabul  qilmaslik;  umumiy  qabul  qilingan  nuqtai  nazardan  qat’iy  himoyalanish;  yangi 
mazmun  va  vositalarga  nisbatan  eski  metodlarni  qo‘llash;  yangi  metodlarda  eski  shakllarning  saqlanib 
qolinishi; umuman yangi masalani an’anaviy yechish usullari kabilar. 
 
Mashg‘ulotlarni  tashkil  qilishda  o‘quvchilar  xulq-atvoriga  sezilarli  ta’sir  o‘tkazuvchi  maqsadlarni 
aniqlash va hisobga olish zarur. Bu borada pedagog ko‘proq yakuniy natijaga qadar bosqichma-bosqich 
amalga oshadigan oraliq maqsadlarni izlash va ulardan foydalanishi kerak bo‘ladi. Talabalar xulq-atvorini 
muayyan  yo‘nalishga  solishga  qaratilgan  maqsad  orqali  istalgan  loyihani  barqaror,  aniq  qilib  bajarish 
mumkin.  Ijodkorlik  jarayonida  maqsaddan  tashqari  inson  xususiyatlarining  psixologik  (bilim  olish 
jarayonining rivojlanish darajasi), ijtimoiy-psixologik (ishonch hosil qilish, munosabat, baho berish, did, 
urf-odatlar),  pedagogik  (ta’lim  berish  va  ta’lim  olish,  tarbiyalash  va  tarbiyalanganlik)  jihatlarini  ham 
hisobga olish kerak. 
 


 
76 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish