Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


YAPONIYA TA’LIMIDA HAMKORLIKDA O‘QITISH



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

YAPONIYA TA’LIMIDA HAMKORLIKDA O‘QITISH 
Astanova Marhabo Aslanovna 
Buxoro viloyat G`ijduvon tuman 45 umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlangich sinf o`qituvchisi 
 
Shaxsning  har  tomonlama  o‘sishi  uchun  boshlang‘ich  ta’limga,  xarakterining  shakllanishiga, 
shaxsning butun umri davomidagi kamolotiga ahamiyat beriladi. Barcha darajadagi o‘quv yurtlarida inson 
shaxsini hurmat qilishga qaratilgan tarbiya amalga oshiriladi, o‘quvchilarning demokratik va jamoatchilik 
tafakkuri rivojlantiriladi, ularning ijodiy imkoniyatlari va amaliy mahoratlari kashf etiladi.  
Institutlarga kirguncha o‘n ikki yillik ta’lim davomidagi har bir yilda yapon bolalari ilmiy fanlarni 
o‘rganib  boradilar.  O‘qitishning  ilk  bosqichida  ilmiy  tafakkurni  taraqqiy  ettirish  imkonini  beruvchi 
o‘qitishning guruh bo‘lib ishlash-hamkorlikda ishlash usuliga alohida e’tibor beriladi. Chunki Yaponiyada 
kishining qadri, uning jamoaga nisbatan o‘z burchini qanday ado etishiga ko‘ra baholanadi.  
Maktab  o‘qituvchisi  odatda  o‘quvchilarni  kichik  guruhlarga  ajratadi,  ular  o‘z  oldilariga  qo‘yilgan 
maqsadlarni  hal  etishgandan  so‘ng  erishilgan  natijalarni  butun  guruhga  e’lon  qiladi.  Bunday  holat 
o‘quvchilarda  o‘zaro  yordam  va  o‘z  jamoasi  muvaffaqiyatlari  uchun  g‘ururlanish  tuyg‘usini  tug‘diradi. 
Binobarin,  jamoatchilik  mezoni  yaponlar  qalbida  ularning  nafaqat  guruhning  balki,  umumiy  o‘rta 
ta’limning  ham  a’zosi  ekanligini  anglashga  o‘rgatadi.  Yapon  o‘quvchilari  xotirani  yaxshi  saqlabgina 
qolmay, balki yod olingan narsani qaytadan xotirada tiklay olishadi ham. 
 
Yaponlar 
pog‘onali 
subordinatsiyaga 
rioya 
qilishadi, 
ular 
keksalarga 
xonalarni yig‘ishtirishda, ovqat tayyorlashda, jamoat ishlarida ko‘maklashadilar. Yapon ta’lim tizimidagi 
ana  shunday  ijobiy  tajribani  e’tirof  etgan  holda,  pedagogik  jarayon  samaradorligini  oshirishning  asosiy 
sharti  bo‘lib  -  o‘quvchilar  jamoalarining  ta’limiy  va  tarbiyaviy  imkoniyatlariga  erkinlik  berish  bilan 


 
78 
 
zamonaviy  ta’lim  strategiyasi  ishlab  chiqiladi  (pedagog  tomonidan  o‘quvchiga  o‘z  imkoniyatlarini 
rivojlantirishda  yordam  berish  bilan  shaxsiy  va  ijtimoiy  maanfaatlar  yuzasidan  uning  kasb  va  hayotdagi 
o‘rnini belgilab olishi ). 
 
Bizda  ham  inson  har  tomonlama  kamol  topishi  va  farovonligi,  shaxs  manfaatlarini  ro‘yobga 
chiqarishning sharoitlari va mexanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini 
o‘zgartirish,  respublikada  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  asosiy  maqsadi  va  harakatlantiruvchi 
kuchidir.  
 
Jahon madaniyati va maorifining ilg‘or g‘oyalaridan oqilona va unumli foydalanish bilan birga bir 
necha o‘n asrlik tarixga ega bo‘lgan, hatto unutilish darajasiga borib qolgan milliy tuyg‘u, milliy xarakter, 
milliy  qiyofa,  milliy  didsiz  iymon,  e’tiqod,  vatanparvarlik,  soflik,  vijdonlilik,  rostgo‘ylik,  mas’uliyat  va 
burch kabi hislarni tarkib toptirib bo‘lmaydi. Milliy psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim-
tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, bunda tarbiyaga asosiy e’tiborni qaratish, uning birlamchi ekanligini tan 
oldirish muhimdir. 
 
Ta’lim  tizimida  o‘quvchilarning  barkamol  shaxs  sifatida  rivojlanishi  –  uning  faolligiga  bog‘liq. 
O‘quvchilar  bajaradigan  kasbiy  o‘quv  mehnati,  ijtimoiy  foydali  ishlar,  unumli  mehnat  yoshlarda  kasbiy 
malaka  va  ko‘nikmalar,  qobiliyat  va  xarakter,  boshqa  shaxsiy  sifatlarni  shakllantirishga  xizmat  qiladi. 
O‘qish va ijtimoiy foydali mehnat natijasida shaxsning fuqarolik qiyofasi tarbiyalanadi, shaxs va jamiyat 
manfaati yo‘lida xizmat qilish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, mehnatga va mulkka munosabat hissi rivojlanadi. 
Faoliyatning barcha turlarida izchil qatnashish o‘quvchining mustaqilligi va ijtimoiy faolligini oshirishda 
asos bo‘lib xizmat qiladi, ularda professional-kasbiy sifatlar va axloqiy fazilatlarni o‘stirishga imkon beradi. 
 
Bizningcha, nazariy tahlilga ko‘ra jahon tajribalarini e’tiborga olgan holda pedagog tomonidan ta’lim 
tizmida interfaol usullardan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, hamkorlikda o‘qitish usullaridan samarali 
foydalanish aynan ham zamonaviy, ham milliy ruhdagi kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish uchun asos 
bo‘ladi.  
Interfaol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, 
ularning  umumiy  mazmuni  interfaol  -  ya’ni  o‘zaro  harakat  qilmoq  ma’nosini  anglatadi.  Bunday  o‘zaro 
harakat  turlariga  “o‘quvchi  –  o‘qituvchi”  va  “o‘quvchi-o‘quvchi”ning  maqsadli  harakatlarini  kiritish 
mumkin.  
Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatning faol tashkilotchisi bo‘lib, o‘quvchi bu faoliyatning 
sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Interfaol o‘qitish bu bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy 
shakli  bo‘lib,  interfaol  o‘qitish  jarayonida  ta’lim  oluvchi  o‘qitishning  ob’ektidan  o‘zaro  hamkorlikning 
sub’ektiga aylanishi, o‘quv jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi. 
 
O‘qitishning interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli o‘yinlardan foydalanish, 
muammolarni  hamkorlikda  yechishda  ko‘rib  chiqiladi.  Interfaol  o‘qitish  o‘quvchilardan  axborotlarni 
o‘zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta’lim maqsadlarining 
to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi.  Bunda ta’limning quyidagi konsepsiyalari fundamental asos 
sifatida xizmat qiladi: 
 
    o‘qituvchining jadal faoliyati – o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lib, u 
mazkur harakatning sub’ekti va tashkilotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi; 
 
    o‘quv faoliyatining asosiy negizi va natijasi, mazkur faoliyatning sub’ekti – o‘quvchi 
hisoblanadi; 
 
    muvaffaqiyatli  o‘quv  faoliyatining  asosiy  ko‘rsatkichi,  uning  natijasi  o‘quvchining  fikrlash 
usullarini o‘rganish va amaliy masalalarni ijodiy hal etish, erkin, mustaqil harakat qila olish ko‘nikmalarini 
shakllantirishdan iborat; 
 
    o‘quv faoliyatning asosiy ko‘rsatkichi o‘quv topshiriqlari hisoblanadi. Bunda ta’lim jarayonining 
asosiy  sub’ekti  bo‘lgan  o‘quvchida  fikrlash,  bilish  harakati  usullarini  rivojlantiruvchi  o‘qitish  taktikasi 
muhim o‘rin tutadi
4
. Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va 
mustaqil  fikr  yuritishga  o‘rgatish,  shaxs  sifatida  onglilik,  mustaqillikni  tarbiyalash,  har  bir  o‘quvchida 
shaxsiy  qadr-qimmat  tuyg‘usini  vujudga  keltirish,  o‘z  kuchi  va  qobiliyatiga  bo‘lgan  ishonchni 
mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. 
 
Hamkorlikda  o‘qitish  texnologiyasi  har  bir  o‘quvchining  ta’lim  olishdagi  muvaffaqiyati  guruh 
muvaffaqiyatiga  olib  kelishini  anglagan  holda  muntazam  va  sidqidildan  aqliy  mehnat  qilishga,  o‘quv 
topshiriqlarini  to‘liq  va  sifatli  bajarishga,  o‘quv  materialini  puxta  o‘zlashtirishga,  o‘rtoqlariga  hamkor 
bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi. 
 
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasida o‘quvchilarni hamkorlikda o‘qitishni tashkil etishning bir 
necha metodlari mavjud: 


 
79 
 
 
1.  Komandada o‘qitish. 
 
2.  Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish. 
3.  Hamkorlikda o‘qitishni «Zig-zag yoki arra» metodi. 
4.  Hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi. 
5. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.  
Hamkorlikda  o‘qitish  har  bir  o‘quvchini  kundalik  qizg‘in  aqliy  mehnatga,  ijodiy  va  mustaqil  fikr 
yuritishga  o‘rgatish,  shaxs  sifatida  onglilik,  mustaqillikni  tarbiyalash,  har  bir  o‘quvchida  shaxsiy  qadr-
qimmat  tuyg‘usini  vujudga  keltirish,  o‘z  kuchi  va  qobiliyatiga  bo‘lgan  ishonchni  mustahkamlash,  tahsil 
olishda  mas’uliyat  hissini  shakllantirishni  ko‘zda  tutadi.  Bu  esa  ularda  mustaqillik,  erkin  fikrlashni 
tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va savodxonligini orttirish ularning 
ichki  ehtiyojiga  aylantirilishini  talab  etadi.  Vaholanki,  pedagogik  ta’lim  texnologiyalarning  psixologik-
pedagogik takomillashuvi: 
 
   
yodlashdan  eslab  qolish  funksiyasiga  o‘tish,  ya’ni  o‘zlashtirilganini  ishlatish  imkonini 
beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o‘tishda; 
 
   
bilimning  assotsiativ  statistik  modelidan  aqliy  harakatning  dinamik  tarkibiy  tizimlariga 
o‘tishida; 
 
   
o‘rtacha  o‘quvchiga  yo‘naltirilganlikdan  o‘qitishning  differensiallangan  va 
individuallashtirilgan dasturlariga o‘tishda; 
 
   
o‘quvchining  tashqi  motivatsiyasidan  ichki  ma’naviy  irodali  tartibga  solinishga  o‘tishda 
namoyon etadi. 
 
Demak, o‘quvchi turli fanlarni innovatsion texnologiyalar asosida o‘rganish natijasida  unda  bilim 
olishi kuchayadi, ya’ni o‘z ilm, tajriba va qobiliyatini ijtimoiy hayotga qo‘llash uchun shaxsiy intilish ortib 
boradi.  
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish