Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI 
SHAKLLANTIRISH SHART-SHAROITLARI 
Ashurova Dilfuza Azimovna 
Qiziltepa tumani 12-maktabning Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi 
 
Ma’lumki, maktab bu–o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish o`chog`idir. 
Ammo,  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarini  shakllantirish  jarayonlari  asosan  odobnoma 
darslari  yoki  darsdan  tashqari  sharoitlarga  mo`ljallab  amalga  oshiriladi,  to`g`ri,  bu  pedagogik  shart- 
sharoitlar  sifatida  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarini  shakllantirish  vositalari  sifatida  muhim 
ahamiyatga  ega  jarayondir.  Vaholanki,  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarini  shakllantirishning 
maqsad va vazifalarini hal etishda asosiy tashkiliy shakl – bu darsdir. 
Ko`zlangan  maqsadni  faqat  odobnoma  darslarida  emas,  har  qanday  fanni  o`tish  jarayonida  ham 
amalga  oshirish  mumkin.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ta’lim  va  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantirish bu yaxlit, bir butun pedagogik jarayondir. 
3-4-sinflarda  barcha  fanlarni  o`qitishda  didaktik  maqsadlar  bilan  bir  qatorda  o`qituvchi 
o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadini ham aniq belgilab olishi va ularni 
hal etishi lozim. Masalan, matematika-o`quvchilarning aqliy jihatdan ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, o`qish, 
ona  tili-boshlang`ich  sinf  o`quvchilarida  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarni  aniqlashning,  tabiatshunoslik–
o`quvchilarning  ekologik  jihatdan,  texnologiya  darsi-o`quvchilarning  iqtisodiy  va  mehnatga  oid  ijodiy 
fikrlash  qobiliyatlarining,  musiqa-estetik  tasviriy  san’at-o`quvchilarning  badiiy  jihatdan  ijodiy  fikrlash 
qobiliyatlarining  asosiy  vositalari  bo`lib  xizmat  qiladi.  Amaliyotda  ko`pchilik  3-  4-sinf  o`qituvchilari 
nafaqat  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarini  shakllantirish,  hattoki  ta’limiy  maqsadlarni  ham 
oldindan  aniq  belgilay  olmaydilar.  Ularning  dars-reja  ishlanmalarida  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash 
qobiliyatlarini  shakllantirish  maqsadlari  qo`yilmaydigan  hollar  ham  uchrab  turadi.  Ular  belgilab  olingan 
taqdirda  ham  umumiy  xarakterga  ega  bo`ladi.  Masalan,  darsning  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida «boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy fikrlash qobiliyatlarini 
aniqlash»,  «o`quvchilarning  ekologik  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarini  shakllantirish»  kabi  umumiy 
tushunchalar bilan cheklanadi. Bir soatlik dars davomida bu borada ko`zlangan maqsadga erishish mumkin 
emasligini  har  qanday  pedagog  tushunadi.  Demak,  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarini 


 
80 
 
shakllantirishdan ko`zlangan maqsad aniq qo`yilishi, u darsning o`quv materiali mazmunidan kelib chiqib 
oldindan aniq belgilanishi lozim. 
O`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadi dars jarayonida qanchalik aniq 
bo`lsa,  unga  erishish  yo`llarini  tanlash  ham  shunchalik  qulay  bo`ladi.  Yuqorida  o`quvchilarning  ijodiy 
fikrlash  qobiliyatlarini  shakllantirish  maqsadlariga  erishish  uchun  3-4-sinf  o`qituvchisi  suhbat,  hikoya, 
namuna,  uyaltirish,  topshiriq,  mashq,  rag`batlantirish  kabi  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlari 
usullaridan foydalanishi mumkin. Masalan, «Sen ham o`rtog`ingga yoki ukangga sumkangdan, qo`lingdagi 
shirinliklardan  berasanmi  yoki  bermaysanmi?»,  degan  savol  bilan  murojaat  qilib,  o`qituvchi  ayrim 
boshlang`ich sinf o`quvchilaridan aniq javob olishi, ayrimlarini uyaltirishi mumkin. 
Ma’lumki,  o`qish,  ona  tili  darslari  o`z  mazmun  va  mohiyatiga  ko`ra  kuchli  boshlang`ich  sinf 
o`quvchilarida  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlari  aniqlash  vositalaridan  sanaladi.  Ushbu  fanlar  dars  mavzulari, 
Vatanni  madh  etuvchi,  do`stlik,  to`g`rilik,  halollik,  jasurlik,  mardlik,  ezgulik  singari  g`oyalarni  ilgari 
suruvchi o`quv materiallariga boydir. Undagi ertak, doston, hikoya, rivoyat, maqol, topshiriq, she’r, badiiy 
asar  matnlarida  kishining  insoniy  fazilatlari  yuksaklarga  ko`tarilib,  salbiy  fazilatlar  esa  qoralanadi. 
O`qituvchi bolalarning badiiy qahramonlarining ijobiy fazilatlaridan namuna olishlari, salbiy fazilatlaridan 
esa  nafratlanishlari, ularning qarashlarini  chuqur tushunib etishlari uchun o`quvchilarning  ijodiy fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantirishning milliy usullaridan ham foydalanish kerak. 
Kichik  yoshdagi  maktab  o`quvchilarini  o`quv  jarayoniga  moslashtirish,  ularning  fanlarni  yaxshi 
o`zlashtirishlarini  ta’minlash  uchun  maktab  psixologlari  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarini 
shakllantirish  borasidagi  ishlarni  hamda  yakka  holda  yondashuv  uslublarini  amalga  oshirishsa  ma’qul 
bo`lardi.  Kichik  yoshdagi  bolalarning  oila  a’zolari  bilan  bo`ladigan  o`zaro  munosabatlarini  maqsadga 
muvofiq  tashkil  qilish  uchun  ayniqsa,  qishloq  oilalaridagi  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlarini 
rivojlantirishga o`g`il bolalarning ham otasiga, ham onasiga nisbatan bo`ladigan munosabatlariga alohida 
e’tibor berish, o`z navbatida ota-onalarning o`g`illariga nisbatan hissiy munosabatini oshirish, ular bilan 
ko`proq amaliy muloqotda bo`lishliklarini ta’minlash zarur. 
Demak, ta’lim mazmunida kichik yoshdagi maktab o`quvchilari ongiga milliy g`urur, inson sha’ni, 
insonga  mehr-muhabbat,  vatanparvarlik,  odamiylik,  to`g`rilik,  mardlik  kabi  insonparvarlik  g`oyalarini 
singdirish  muhim  ahamiyatga  ega.  Ma’lumki  vatanparvarlik  iymon,  e’tiqod  va  vijdon  amri  bilan  vatan 
oldidagi mas’uliyat hissini, muqaddas  burchni anglashdir. Vatanparvarlik, Vatanga hurmat va muhabbat 
bilan bog`langan tuyg`u sifatida shakllanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini 
tarbiyalashda o`zbek xalq maqollari va she’riyat ham muhim o`rin tutadi. Birinchi sinfga kelgan o`quvchi 
savod o`rgatish davridayoq, dastur talabiga muvofiq atrof-muhitni kuzatishi va sayohatlar vaqtida tevarak-
atrof haqida jonli taassurotlar olishi kerak. Bu bolalar tasavvuri- ni kengaytiradi, so`z boyligini oshiradi, 
nutqini o`stiradi. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish