TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOS TOMONLARI Kamolova Dilobar Buxoro viloyat Gijduvon tuman 45 umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlangich sinf oqtuvchisi Bugungi kunda ta’lim samaradorligiga erishish uchun har bir fan o‘qituvchisi o‘zi o‘qitayotgan
fanning ta’lim texnologiyasi va ta’lim modelini to‘liq tarzda ishlab chiqishi lozim. Unda asosan fanning
xususiyatlaridan va talabalarning o‘zlashtirish darajalari kelib chiqish ko‘zda tutiladi. O‘quv mashg‘ulotining
ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish o‘qituvchi harakatlarining quyidagi izchilligini o‘z ichiga oladi: ta’lim
texnologiyasini loyihalashtirish va uning natijalarini ta’lim texnologiyasining modeli ko‘rinishida
rasmiylashtirish; texnologik xarita ko‘rinishida o‘quv mashg‘ulotida talabalar bilan hamkorlikdagi faoliyatini
bosqichma bosqich rejalashtirish; o‘quv jarayonining tashkiliy-didaktik ta’minotini ishlab chiqish (texnologik
xaritaga ilova qilingan o‘quv-uslubiy va vizual materiallarni).
O‘quv mashg‘ulotning ta’lim modeli jadval ko‘rinishida bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
o‘quv mashg‘ulotining maqsadli belgilanishini aniqlovchi didaktik maqsadi: shakllantirish/
chuqurlash/ tizimlashtirish/bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish, tayanch layoqatlilikni rivojlantirish;
O‘quv faoliyatining kutilajak natijalari – bu o‘qitish natijasida talaba egallashi va bajarishi lozim
bo‘lgan harakatlar. Ular lo‘nda va fe’l shaklida shakllantiriladi, tugallangan harakatni bildiradi (…..gapirib
beradi, …..sanab beradi, ….tavsiflaydi, …..echimini topadi va hokazo).
Natijalarga mos pedagogik vazifalar-talabaning o‘quv faoliyatini belgilangan natijasiga qarab
harakatlanishini tashkil etishda o‘qituvchi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlari(tushuntirish,ochib
berish);
Qurilgan ta’lim modeli – bu belgilangan vaqtda va mavjud sharoitda belgilangan maqsadni amalga
oshirish va bashorat qilingan o‘quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan ta’limning eng maqbul shakllari,
usullari va vositalari majmuidir;
rejalashtirilgan o‘quv natijalarini monitoringini amalga oshiruvchi qaytar aloqa yo‘l va vositalari
(kuzatuv, tezkor so‘rov, savol-javob, o‘quv topshirig‘i natijalarini taqdimoti, testlash, yozma ishlarni tekshirish
va boshq.)
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi o‘quv mashg‘ulotida ta’limtexnologiyasi tuzilishining
jarayonli (protsessual) bayonini aks ettiradi va jadval qo‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Texnologik xaritada ta’lim beruvchi faoliyati bilan birga, ta’lim oluvchining ham faoliyati, o‘quv
mashg‘ulotining bosqichlari va vaqti, ta’lim berishning usul, shakl va vositalari, ta’lim maqsadlarining o‘quv
yutuqlari monitoringi va baholashlari aniq ko‘rsatiladi.
Texnologik xaritaga ilova o‘z ichiga quyidagilarni oladi: talabalarbilimini faollashtirish maqsadida
qo‘llaniladigan savollar ro‘yxati; guruhlarda ishlash uchun yo‘riqnoma, o‘quv faoliyati natijasida talabalar
tayanishi mumkin bo‘lgan qoidalar (aqliy hujum qoidasi, guruhlarda ishlash qoidasi, munozara ishtirokchilariga
eslatma); o‘qituvchi tomonidan o‘quv jarayonida foydalaniladigan slaydlar, jadvallar, va boshqa vizual
materiallar; munozara o‘tkazish uchun qo‘shimcha savollar; guruhlarda va yakka holdagi faoliyatni baholash
mezonlari va ko‘rsatkichlari.
Bu yerda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga
keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
O‘quv mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasini amalga oshirish asosan quyidagi bosqichlardan iborat
bo‘ladi:
1.O‘quv mashg‘ulotiga kirish
2.O‘quv mashg‘ulotining asosiy bosqichi
3.O‘quv mashg‘ulotining yakuniy bosqichi
Har bir bosqich doirasida pedagog ko‘zlangan maqsad asosidagi natijalarga erishsagina, dars jarayonlari
samarali yakun topadi. Talabalarning o‘zlashtirishlari yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Ta’lim maqsadlarini
belgilash va natijalarni shakllantirishda ta’limning o‘zlashtirish darajalari hisobga olinishi lozim. Bilimlarni
o‘zlashtirish va o‘quv faoliyati yo‘llariga darajali yondashuv asosida ta’lim maqsadlarini belgilash yo‘llari besh
qismga bo‘linadi:
Bilishlikka oid (tanish bo‘yicha harakatlanish);
Tartiblilikka oid (algoritm,namuna,o‘xshashlik bo‘yichaharakatlanish);
Ijodiy fikrlovchilikka oid (evristik harakatlarni tanlash);
Ijodkorlikka oid (harakatlarni izlash).
Bilishlikka oid (tanish bo‘yicha harakatlanish) ta’lim maqsadlarini belgilashda maqsad va natijalari
shakllantirilishi hamda o‘quv faoliyatini baholash mezonlari quyidagicha bo‘ladi: