Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHILARIDA JISMONIY XATTI-HARAKATLARINI SHAKLLANTIRISH



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

O‘QUVCHILARIDA JISMONIY XATTI-HARAKATLARINI SHAKLLANTIRISH 
YO‘LLARI 
Abdullayeva Tamara Normamatovna, Murtazayeva Iroda Norqulovna 
Navoiy shahridagi 6- maktabning Boshlang’ich sinfo’qituvchilari 

Maktabda  jismoniy  tarbiyaning  xilma-xil  shakllari  mavjud.  Afsuski,  boshlang‘ich  sinflarda  faqat 
dars  shaklini  tashkil  qilish  va  o‘tkazish  bilan  cheklanib  qolinmoqda.  Bu  esa  o‘quvchilarda  harakatga 
bo‘lgan  talablarini  qoniqtirmaydi.  Pedagogik  kuzatishlarning  ko‘rsatishicha  jismoniy  tarbiya  darslari 
jarayonida  o‘quvchilar  hayot  uchun  zarur  bo‘lgan  harakat  faolligini  nihoyatda  kam  qismini  oladilar. 
O‘zbekiston xalq ta’limi Vazirligining 1989 yil 
30 yanvar, 45- sonli buyrug‘iga binoan haftasiga 3 soat jismoniy tarbiya darsini o‘tish mo‘ljallangan 
edi. Lekin jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bundan unumli foydalana ololmadilar. Bundan tashqari darslarni 
metodik jihatdan  to‘g‘ri tashkil qilinmasligi (ko‘pchilik maktablarda boshlangich  sinf o‘quvchilari bilan 
jismoniy tarbiya darsini mutaxassis bo‘lmagan o‘qituvchilar tashkil qiladi va o‘tkazadilar), o‘quvchilarning 
yosh  xususiyatlari  va  jismoniy  rivojlanishini  hisobga  olmagan  holda  mashqlar  tanlanishi  natijasida 
o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat malakalarini shakllantirish yetarli darajada emas. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni jismoniy rivojlantirish uchun zarur va faol dam olishiga qaratilgan 
tadbirlar:  mashg‘ulotgacha  o‘tkaziladigan  gimnastika,  katta  tanaffuslarda  qiziqarli  harakatli  o‘yinlar, 


 
85 
 
umumta’lim  darslar  jarayonida  o‘tkaziladigan  quvnoq  daqiqalar  va  boshqa  tadbirlarni  tashkil  qilishiga 
e’tibor berilmay qoldi. Natijada o‘quvchilarning harakat faolligi, ishchanligi tez pasayib boradigan bo‘ldi. 
Mustaqil  O‘zbekiston  Resupublikasining  strategik  vazifalaridan  biri  –  kelajakdagi  barcha  ezgu 
ishlarni  amalga  oshirishga  qadar  bo‘lgan  jismoniy  soglom  va  ma’naviy  barkamol  shaxsni  voyaga 
yetkazishdan iborat. 
Bu  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  o‘quv  ishlarni  rejalashtirishda  va  samarali  olib  borishda 
yangicha hamda ijodiy qarashimiz lozim, ishga tashabbuskorlik bilan yondashishmog‘imiz kerak. 
Demak,  maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalar  jismoniy  tarbiya  tizimini  rivojlantirsh  zarur, 
bolalarni harakat mahoratini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak. 
Maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalarning  tarbiyasida,  ularni  jismonan  baquvvat,  aqlan 
barkamol  bo‘lib  yetishishlarida  jismoniy  tarbiya  yetakchi  rolni  o‘ynaydi.  Bu  muammolarni  hal  etishda 
asosiy o‘rin bolalar orasida, o‘qituvchilar, ota-onalar o‘rtasida organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalari 
va talablarini o‘rgatish va tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini tartib etish egallaydi. Shu sababli birinchi 
navbatdagi  vazifa  bolalarni  har  tomonlama  to‘liq  rivojlanishiga  yordam  berish,  salomatligini 
mustaxkamlash, hayotga va mexnatga tayyorlash, yetuk shaxs bo‘lishiga hissa qo‘shishdir. 
O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashning turli xil shakllaridan foydalanish maktabda nafaqat jismoniy 
tarbiya o‘qituvchisining  vazifasi, balki boshlangich sinf o‘kituvchilarining, maktab jamoatchiligining va 
maktab  yoshlar  uyushmasi  faollarining  ham  bevosita  vazifasidir.  Ammo  ko‘pgina  maktablarda  jismoniy 
tarbiya  davlat  dasturida  ko‘zda  tutilgandek  tashkil  qilinmaydi.  Buning  birinchi  sababi  maktab 
o‘qituvchilarining  jismoniy  tarbiya  mas’ul  bo‘lganlarning  barchasida  jismoniy  tarbiya  nazariyasiga  va 
metodikasiga oid bilimlar yetarli emas. Bu muammolarni hal qilishga qaratilgan, metodik adabiyotlar va 
qo‘llanmalar ham juda kam. 
Respublikamiz mustaqilligining xalqimizga bergan eng buyuk ne’matlaridan biri yoshlar o‘rtasida 
jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirishga  berilayotgan  katta  e’tibordir.  Prezidentimiz  I.A.Karimov 
o‘zining «Barkamol  avlod  – O‘zbekiston  taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida  har  tomonlama 
rivojlangan yetuk va barkamol avlodni voyaga yetkazish, jismoniy kamolotni shakllantirishga va taraqqiy 
ettirishga alohida ahamiyat berish, omma orasida jismoniy tarbiya va sport madaniyatini yuqori saviyaga 
ko‘tarish lozimligini alohida uqtirib o‘tgan. 
Keyingi  yillarda  bolalar  sporti  va  jismoniy  tarbiyani  rivojlantirishga  katta  e’tibor  berilayotgani 
hammamiz  uchun quvonarlidir. Ammo shunga qaramay hali ta’lim muassasalarida bolalarning jismoniy 
tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish borasida qator muammolar mavjud. 
Olingan  ma’lumotlarga  ko‘ra  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  jismoniy  jihatdan  sog‘lomlik 
darajasi qoniqarli emasligi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida 
olingan  ma’lumotlarga  ko‘ra  bugungi  kunda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  to‘rtdan  uch  qismi 
birdaniga  ortiqcha  o‘quv  yuklamalari  bilan  band  etilganligi  oqibatida  odatdagi  o‘quv  predmetlarini 
o‘zlashtirishga qiynalmoqdalar. 
Sir  emaski,  ko‘pincha  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari  birinchi  sinfga  kelgan  o‘quvchilarining 
savodini tezroq chiqarish, ularni yozishga va o‘qishga, hisob-kitobga tezroq o‘rgatish uchun yozuv, o‘qish 
va matematika mashg‘ulotlariga asosiy e’tiborni qaratadilar-da, aksincha, bolalarning qiziqishi va ehtiyoji 
ko‘proq  seziladigan  jismoniy  tarbiya,  musiqa,  mehnat  kabi  mashg‘ulotlarni  ikkinchi  o‘ringa  surib 
qo‘yadilar.  Buning  natijasida  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchisi  rivojlanishida  ham  jismoniy,  ham  psixologik 
nosozliklar vujudga keladi. Bu esa, o‘z navbatida bolaning maktabdan, o‘qishdan tez bezib qolishiga sabab 
bo‘ladi. Maktab uning uchun o‘z imkoniyatlarini namoish etadigan, bilish, o‘qish va o‘rganish ehtiyojlarini 
qondiradigan,  uni  takomillashishga  bo‘lgan  intilishini  qanoatlantiradigan  joy  emas,  balki  uni  har 
tomonlama ezib qo‘yadigan zindonga aylanadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining jismoniy xatti-harakatlarga bo‘lgan ehtiyojining yuqoriligi uning 
yosh va fiziologik xususiyatlari bilan asoslanadi. Bu davrda bolaning suyak- muskul tizimi shakllanishda 
davom  etib,  uning  organizmida  suyaklashish  davri  kechayotgan  bo‘ladi.  Ana  shu  holatning  o‘zi  uning 
jismoniy xatti-harakatlarga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Ko‘p aqliy mehnat talab etadigan mashg‘ulotlarda 
vaqti-vaqti  bilan  fizkultdaqiqalarni  o‘tkazib  turishning  o‘zigina  bolaning  yuqorida  aytib  o‘tilgan 
ehtiyojlarini  qondirish  uchun  yetarli  hisoblanmaydi.  Hatto  haftada  ikki  marta  o‘tkaziladigan  jismoniy 
tarbiya  mashg‘ulotlarining  o‘zi  ham  o‘quvchilarda  jismoniy  ko‘nikmalarni,  qolaversa,  jismoniy 
madaniyatni talab darajasida shakllantirish uchun yetarli emas. 
Mutaxassislarning  ma’lumotlariga  ko‘ra,  bugungi  kunda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  faqat 
9%i - yuqori darajadagi, 57%i – o‘rta darajada, 34%i – past darajadagi jismoniy ko‘rsatgichlarga ega. 


 
86 
 
T.V.Korneyevaning  fikricha,  95,3%  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  darsdan  tashqari  paytlarda 
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydilar, 87,8 %i esa ertalabki badantarbiyani bajarmaydi, faqat 12% 
bolalar ota-onalari bilan faol dam oladilar. 
Bu ko‘rsatkichlar, albatta, bizni tashvishga soladi. O‘quvchilarda boshlang‘ich sinfdan, hatto undan 
ham  oldinroq  jismoniy  tarbiya  bilan  muntazam  shug‘ullanish  ko‘nikmalarini  shakllantirish,  sog‘lom 
turmush  tarzini  yo‘lga  qo‘yish  faqat  ta’lim  muassasalarining  emas,  balki  ta’lim-tarbiya  ishi  bilan 
shug‘ullanadigan barcha ijtimoiy institutlar – oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari, huquq-
targ‘ibot organlarining birgalikdagi bahamjihat faoliyat ko‘rsatishlariga bog‘liqdir. 
Xulosa  qilib  aytganda,  barcha  ijtimoiy  institutlar  ishini  bolalarda  jismoniy  madaniyatni 
shakllantirishga  oid  zarur  metodik  ko‘rsatmalar  va  tavsiyalar,  zarur  bilimlar  bilan  qurollantiradigan 
tashkilot – bu ta’lim muassasalaridir. Ta’lim-tarbiya ishi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning kasbiy 
tayyorgarligi va malakasini yuqori darajada takomillashtirish  ham muammoning yechimini topish uchun 
asosiy  shartlardan  biri  bo‘lib  hisoblanadi.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  jismoniy  ko‘nikmalar  va 
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy vositasi bu jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridir. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish