BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISHDA
YUQORI SAMARADORLIKKA ERISHISH USULLARI
Tohirova Shozoda Shamsullayevna
Buxoro tuman 8-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Insonda yaxshi fazilatlar, ya’ni odob-ahloq, muomala madaniyati kabi fazilatlar ta’lim-tarbiya
bosqichlarida yillar osha shakllanadi. Bu borada boshlang’ich ta’lim muhim bosqich sanaladi.
89
Nutq va uning turlari gapirganimizda quyidagi natija orqali fikr yuritamiz. Kishilar tildan fikr bayon
qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o’z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda
o’ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan,
«o’ylangan» (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o’ziga qaratiladi. tashqi nutq tovushlar
yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi
nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi − tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush
chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o’stirishda birdan-
bir zaruriy vosita hisoblanadi. O’ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo’ladi. Ichki nutq o’quvchini tashqi
nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o’rgatadi. Ichki nutq jarayonida o’ylash o’quvchining nutqi va
tafakkurining o’sishida muhim vositadir.
Maktabda o’quvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o’stiriladi. Bolalar ichda
o’qishga o’rganadilar va ichki nutqda materialni o’zlashtiradilar, turli vazifalarni o’zlari hal qiladilar,
asosiysi − o’zlarining og’zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.
Fikrni ifodalash usuliga ko’ra nutq og’zaki va yozma bo’ladi. Og’zaki nutq yozma nutqdan
quyidagicha farqlanadi: og’zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og’zaki nutqda eshitish
sezgisi, yozma nutqda esa ko’rish va motor-harakat (qo’l harakati) sezgisi asosiy o’rin tutadi. Og’zaki nutq
ham, yozma nutq ham kishilarning o’zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og’zaki nutq aniq
hayotiy sharoitda, bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq sharoitdan
ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi.
Og’zaki nutq ko’pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo’ladi. Yozma nutq logik
izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay, ortiqcha takrorga yo’l qo’ymay
bayon qilishni talab etadi. SHuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi.
Boshlang`ich sinf darslar jarayonida o`quvchilarni og`zaki nutqini ostirish uchun ko’proq hikoya va
ertak o’qitilishi lozim.
Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga
solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar, o’z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish
vazifasini bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi.
O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
Nutq o’stirish nima? Agar o’quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko’zda tutilsa, nutq o’stirish
deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug’ati, sintaktik qurilishini, bog’lanishli nutqni) faol amaliy
o’zlashtirish tushuniladi. Agar o’qituvchi ko’zda tutilsa, nutq o’stirish deganda, o’quvchilarning tilning
talaffuzi, lug’ati, sintaktik qurilishi va bog’lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va
usullarni qo’llash tushuniladi. SHuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so’z,
gap, bog’lanishli nutq kabi qismlarni o’z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo’limlari «Xat-savod o’rgatish
va nutq o’stirish», «O’qish va nutq o’stirish», «Grammatika, imlo va nutq o’stirish» deb nomlangan.
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy o’stiriladi. Darsda
o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab yetishi uchun analiz,
sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil
ish uslublaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi
rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o’quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin,
ammo o’qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni so’raydi. Natijada o’qituvchi rahbarligida
hikoyaning chizmasi tuziladi. O’qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.
SHunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni
voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini analiz qilishni talab etadi. O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan
bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri turli
uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish
turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash
ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni
yuzasidan o’qituvchining savoli, o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi
bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida
qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. O’quvchilar asar mazmunini unda
ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi
anglab yetadilar. O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati
90
qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga, voqealarni izchil bayon qilinishga va
o’zaro bog’liqligini yoritishga yunaltirilishi lozim.
O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas,
sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o’zaro bog’lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular
yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi.
Ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi
tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar.
SHuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan,
qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritishga
undaydigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi
lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u
hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Otaqulova G. “Vatanni sevmoq iymondandir” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2001- yil №2 mart-aprel
12-13-bet
Azimova “O`zbekistonim mening” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2003-yil №15 mart-aprel 4-5-bet
3.Q.Rahimboyeva vatanim –yorug` maskanim Boshlang`ich ta`lim jurnali 2001- yil №1 mart-aprel 6-7- bet
Azimova Istiqlolim – istiqbolim Boshlang`ich ta`lim jurnali 2003-yil №5 martaprel 6-9-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |