Rul mexanizmi porshenini tiklash. ZIL-130 avtomobili rul mexanizmi porshenining asosiy
nuqsonlari: sinadi va darz ketadi, tishlardagi tsementitlangan qatlam uvalanadi va qat-lamlanib
ajraladi, o`tqazilgan tiqin bo`shashib qoladi, vint bo`yin ostidagi teshiklar, porshen ariqchalari eni
bo`ylab va porshen diametri bo`ylab yeyiladi.
O`tqazilgan tiqinning bo`shashib qolganligi 7 MPa bosim ostida germetiklikka sinab
aniqlanadi. YOnilg`i A strelkasi tomonidan kelganda va u birikmalar orqali 15 g/min dan ortiq sizib
chiqqanda tiqinning o`tkazish joylari rolik bostirib shibbalanadi.
Boshqa nuqsonlar bo`lganda detal yaroqsizga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |