3
1-ma`ruza. Kirish. Avtomobillar texnik ekspluatasiyasi fanining predmeti,
vazifalari va manbalari.
O`quv moduli birliklari:
1.Respublikamizda avtomobil transportini rivojlantirishda hukumat qarorlari. 2. Avtomobil
transportini hozirgi holati va taraqqiyoti. 3. Avtomobil transportini ish qobilyatini ta`minlashda texnik
xizmat koprsatish va ta`mirlashni tutgan o`rni. 4. Transport vositalarini texnik Ekspluatatsiyasi
fanining maqsadi va vazifalari.
Tayanch so`z va iboralar
Avtomobil transportini hozirgi holati. Respublikamizda avtomobil transportini taraqqiyoti.
Avtmobil transportiga bog`liq hukumat qarorlari. Fanni vazifalari va maqsadi. Boshqa fanlar bilan
aloqasi
O`zbekiston Respublikasi transport tizimida avtomobil transporti yetakchi o`rinlardan birini
egallaydi. O`zbekiston xalq xo`jaligini avtomobil transportisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Avtomobil
ishlab chiqarish tarmog`ining afzalligi shundan iboratki, u boshqa ko‘plab sohalar bilan uzviy
bog`langan holda rivojlanadi va mamlakat taraqqiyotiga kuchli ta`sir koprsatadi.
O`zbekiston avtomobil sanoatiini rivojlantirish maqsadida muhtaram prezidentimiz
I.A.Karimov tashabbuslari bilan qisqa muddat ichida vatanimizda butkul yangi tarmoq-yuksak
texnologiyalarga asoslangan istiqbolli avtomobil ishlab chiqarish zavodi bar‘o etildi. Xalqaro
talablarga to`la javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodi tarbiyalandi.
O`zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish tarixiga bir nazar soladigan bo`lsak, I.A.Karimov
1992 yil Janubiy Koreya davlatiga ilk safarida DAEWOO pablik Motors avtomobil ishlab chiqarish
koMPaniyasi bilan tanishuvidan so`ng shu yilning iyul oyida hukumatimiz va DEU kor‘oratsiyasi
o`rtasida o`zaro hamkorlik to`g`risida bitim imzolandi. SHundan so`ng Andijon viloyatini Asaka
shahrida 1996 yilda DEU avtomobillarini ishlab chiqaruvchi «O`zDEUavto» zavodi ishga tushirildi.
Bundan tashqari Respublikamizni avtomobillarga bo`lgan ehtiyojini hisobga olgan holda 1998
yil Samarqand shahrida Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikda «Samkochavto» qo`shma
korxonasida «Otayo`l» avtobuslari va yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan bo`lsa, 2005 yildan boshlab
ya‘oniyaning USUZU koMPaniyasi bilan hamkorlikda USUZU avtobuslari ishlab chiqarilmoqda.
Bugungi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni nafaqat vatanimiz
yo`llarida, balki xorijiy mamlakatlar yo`llarida ham uchratish mumkin.
Avtomobil sanoatini rivojlanishi bilan birga, ularga texnik xizmat koprsatish va joriy ta`mirlash
bo`yicha yangi texnologiyalarni joriy etish, ishchi va xizmatchilarni ishlash sharoitini yaxshilash,
material texnika ta`minoti va ta`mirlash bazalarini rivojlantirish, texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash
ishlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomobil transportini xavfsiz harakatlanishini ta`minlash, atrof-
muhitga zaharli ta`sirinini kamaytirish lozim bo`ladi.
Ma`ruza matni institutning o`qituvchilari va talabalariga mo`ljallangan bo`lib, unda
avtomobillarni Ekspluatatsiya qilish sharoitlari, Ekspluatatsiya sharoitini avtomobillarni texnik
holatiga ta`siri, avtomobillarni texnik holatiga ta`sir qiluvchi tashqi va ichki omillar, avtomobillarga
texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash tizimi, avtomobillarga va uning mexanizm, tizim va
agregatlariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash texnologiyalari va ularda qo`llaniladigan jihozlar,
material-texnika resurslaridan oqilona foydalanish, omborxona xo`jaligini tashkil etish, avtomobillarni
maxsus sharoitlarda texnik Ekspluatatsiyasi va avtomobil transportini atrof-muhitga ta`sirini
kamaytirish chora tadbirlari koprib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: