Gidrokuchaytirgich nasosi valiklarini tiklash. Valikning asosiy nuqsonlari: ignali
podshipnik, shkiv vtulkasi va sharikli podshipnik o`tqaziladigan bo`yinlar yeyiladi, shlitslar qalinligi
bo`yicha yeyiladi.
Darzlar yoki siniqlar bo`lganda, shuningdek ignali podshipnik o`tqaziladigan bo`yinlar
yeyilganda va shlitslar me`yoridan ortiq yeyilganda valik yaroqsizga chiqariladi.
SHkiv vtulkasi va sharikli podshipnik ostidagi bo`yinlar xromlab yoki temirlab, so`ng ishchi
chizmasi o`lchamiga muvofiq ishlov berib tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |