ijodkorlikka, mustaqillikka, insonparvarlikka, o’zini qadrlay bilish va o’zgalarga
Tarbiyaviy tizim asosiga insonparvar psixologiya va pedagogika tamoyillari
ta`lim muassasasi faoliyatini demokratlashtirish asosi sifatida o’z-o’zini
41
Kuzatish
-
odatda
tabiiy
kuzatish
orqali
talabalarning
fanlarni
o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o’zgarishlarni hisobga
olish va tegishli ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun
qo’llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni
va hodisalarini biror maqsadni ko’zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda
kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob`ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish
uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Suhbat metodi - so’rashning bir turi bo’lgani holda tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko’rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita
aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini
yozmasdan erkin muomala formasida qo’llaniladi.
Pedagogik
so’rash metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan
o’quvchilarning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu
metodning asosini tashkil qiladi. So’rash savollarning mantiqiy o’ylangan
sistemasini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda
tutiladi. SHuningdek, qat`iy formadagi javobni ("ha","yo’q") ham taqozo etishi
mumkin.
Test savollaridan ko’zlangan maqsad oz vaqt ichida talabalarning bilimlarini
yoppasiga baholashdir.
16.3. Ta`lim-tarbiya jarayonining ajralmas bir qismi bo’lgan tarbiya ishida
aniq didaktik maqsadlarga ko’ra tahsil beruvchi va tahsil oluvchilarning o’zaro
aloqador biri ikkinchisini taqozo etuvchi hatti-harakatlari majmuasi yoki
muloqotda bo’lish usullariga ta`lim-tarbiya metodlari deb yuritiladi.
Rolli o’yin –bu auditoriya oldida o’ynaladigan kichik sahna asari. Muhim
darajada bu improvizatsiyadir (tayorgarliksiz ijod etish). Sahna ko’rinishining
mazmunini va asosiy fikrlarni belgilab, trener ya`ni seminarni olib boruvchi unda
ishtirok etishga rozi bo’lgan qatnashchilarga vaqt berishi kerak, bu vaqt ichida
qatnashchilar gapiradigan matnlarni (alohida yoki birgalikda )o’ylab oladilar. SHundan
keyin trener sahna o’yinini boshlash mumkin. Bu hikoya ko’rinishida (hikoyani
aytuvchi va asosiy personajlar bilan) yoki biron-bir vaziyatda (u erda asosiy
personajlar o’zaro harakat qilishadi, trener va boshqa ishtirokchilar yordamida dialog,
suhbat o’ylashlari mumkin) amalga oshirish mumkin. Rolli o’yin qisqa, uzoq davom
etmaydigan bo’lsa yaxshi natijalar beradi va keyingi muhokamaga ham vaqt qoladi.
Qatnashuvchilar izohlab yoki savollarga javob berishlari mumkin. Ba`zan
qatnashchilar agarda u ishga yordam bersa, fikrlar bildirish, savollar berish, hattoki
o’yinga kirishishlari uchun imkoniyat bo’lishi zarur.
O’quvchilar o’zlari munozarani olib borish yoki kichik guruhlarda
muammolarni hal qilish maqsadida birgalikda ishlab etakchi rolini ham o’ynashlari
mumkin. Rollarning bunday almashuvi ularga yo’lboshchilik malakalarini
egallashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: